6.1-rasm. Bir fazali transformatorni tekshirish uchun model
Laboratoriya ishni bajarish uchun transformatorlarning kerak bo‘ladigan ko‘rsat-kichlari 6.1-jadvalda keltirilgan
6.1-jadval
Transformator turi
|
SH [kBA]
|
UK[%]
|
PK [Vt]
|
R10 [Vt]
|
I10 [%]
|
TС-10/066
|
10
|
4,5
|
280
|
90
|
7
|
TС-16/066
|
16
|
4,5
|
400
|
125
|
5,8
|
TС-25/066
|
25
|
4,5
|
560
|
180
|
4,8
|
TС-40/066
|
40
|
4,5
|
800
|
250
|
4,0
|
TС-63/066
|
63
|
4,5
|
1090
|
355
|
3,3
|
TС-100/066
|
100
|
4,5
|
1500
|
500
|
2,7
|
TС-160/066
|
160
|
4,5
|
2060
|
710
|
2,3
|
Quyida TС-100/066 turidagi transformator misol tariqasida tekshirilgan.
Transformatorning almashtirish sxemasi ko‘rsatkichlarini xisoblash ma’lum ifodalar bo‘yicha amalga oshiriladi [2].
Transformatorning ko‘rsatkichlarini sozlash oynasi 6.2-rasmda ko‘rsatilgan. Oyna maydonida ketma-ket quyidagilar beriladi: transformator quvvati va chastotasi;
birlamchi cho‘lg‘am almashtirish sxemasining effektiv kuchlanishi va nisbiy ko‘rsatkichlari;
ikkilamchi cho‘lg‘am almashtirish sxemasining effektiv kuchlanishi va nisbiy ko‘rsatkichlari;
magnitlanish shaxobchasining nisbiy ko‘rsatkichlari;
Multimeter bloki orqali tekshirilayotgan transformatorning o‘zgaruv-chan xolatlari, ular Om da o‘lchanadi.
6.2-rasm. Transformatorning
ko‘rsatkichlarini sozlash oynasi
Multimeter blokidan foydalanilmaganligi uchun, Measurement maydonidagi ochluvchi menyudan None opsiyasi tanlangan.
Ta’minlash manbasi ko‘rsatkichlarini sozlash oynasi 6.3-rasmda ko‘rsatilgan. Oyna maydonlarida quyidagilar beriladi:
manba kuchlanishining amplitudasi (V);
kuchlanishining graduslardagi boshlang‘ich fazasi;
kuchlanishining chastotasi (Gs);
Multimeter bloki bilan o‘lchanadigan o‘zgaruvchilar.
Manba kuchlanishining qiymati va chastotasi transformator ko‘rsatkichlariga mos kelishi kerak.
Yuklama ko‘rsatkichlarining sozlash oynasi 6.4-rasmda ko‘rsatilgan.
Oyna maydonlarida R, L, S yuklamalarning kattaliklari beriladi.
Reaktiv elementlarni yo‘qqa chiqarish uchun induktivlik nolga, sig‘im esa – cheksizlik (inf) ga teng deb olinadi.
6.3-rasm. Ta’minlash manbasi ko‘rsatkichlarini
sozlash oynasi
6.4-rasm. YUklama ko‘rsatkichlarining sozlash oynasi
Quvvat o‘lchagich ko‘rsatkichlarining sozlash oynasi (6.5-rasm) da aktiv i reaktiv quvvat o‘lchanayotgan chastota ko‘rsatiladi.
6.5-rasm. Aktiv va reaktiv quvvat o‘lchagich ko‘rsatkichlarining
sozlash oynasi
1.6-rasmda displeyning sozlash oynasi ko‘rsatilgan. Oyna maydonlarida sonli natijalarni namoyon qilish formati ko‘rsatiladi, Decimation (bo‘laklash) maydonida xisoblardagi qadamlar soni beriladi, va ularga mos ravishda qiymatlar displeyga chi-qariladi.
6.6-rasm. Displeyning sozlash oynasi
5. ISHNI BAJARISH TARTIBI
Ishni bajarish uchun, transformatorning turi o‘qituvchi tomonidan beriladi. Mus-taqil ishlarda ushbu ma’lumotlarni 6.1-jadvaldan olish mumkin. Modellashtirishning ko‘rsatkichlarini sozlash oynasi 6.7-rasmda ko‘rsatilgan.
6.7-rasm. Modellashtirishning ko‘rsatkichlarini
sozlash oynasi
Ish mazmuning 3.1 punkti bo‘yicha almashtirish sxemasining ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni berilganlar bilan taqqoslash, 6.2-rasmdagi sozlash oynasida salt yurish va qisqa tutashuv usullari yordamida amalga oshiriladi
Salt yurishda yuklama uzib qo‘yilgan, transformator nominal kuchlanishdan manbalangan bo‘ladi. Transformatorning salt yurish-dagi kuchlanish va toklarining effektiv qiymatlari Powergui bloki (6.8-rasm) da aniqlanadi.
6.8-rasm. O‘lchash natijalari berilgan Powergui blokining oynasi
Eslatamizki, salt yurishdagi aktiv quvvat transformator o‘zagidagi isroflarga tengdir. Magnitlanish shaxobchasining nisbiy ko‘rsatkichlari ma’lum ifodalar bo‘yi-cha xisoblanadi [2]. Qisqa tutashuv tajribasi ikkilamchi zanjir qisqa tutashtirilganda o‘tkaziladi. Budna ta’minlash manbasining kuchlanishi transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi (Uk = 29,7 V) ga teng bo‘lishi kerak
Shuni eslatamizki, nominalga teng birlamchi qisqa tutashuv tokidagi qisqa tuta-shuv rejimida aktiv quvvat transformator cho‘lg‘amlaridagi isroflarni aniqlaydi. Taj-ribalar o‘tkazilgan va ko‘rsatkichlar xisoblangandan so‘ng, ularni 6.2-rasmdagi ko‘r-satkichlar oynasiga kiritilganlar bilan solishtirish zarur.
Transformatorning yuklama va ishchi tasniflarini olish, yuklama qarshiligi (0,2 …1,2) Rnom oralig‘ida o‘zgarganda, 6.1-rasmdagi modelda amalga oshiriladi. Bunda modellashtirish yuklama qarshiligining xar bir qiymati uchun xosil qilinadi. Nominal yuklama qarshiligi quyidagi ifoda orqali xisoblanadi
Bu erdagi belgilashlar 6.2-jadvalga mos keladi. Tekshirishlar o‘tkazilganda 6.2-jadval ketma-ket to‘lg‘azilib boriladi.
6.2-jadval
YUKLAMA
|
O‘LCHASHLAR
|
XISOBLASHLAR
|
R11
[Om]
|
R1
[Vt]
|
Q1
[VAr]
|
U1
[V]
|
I1
[A]
|
P2
[Bt]
|
Q2
[VAr]
|
U2
[V]
|
I2
[A]
|
1
(grad)
|
sos1
(grad)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xisoblashlar quyidagi ifodalar orqali olib boriladi:
η = P2 / P1; φ1 = arctg(Q1 / P1)
|
(6.2)
|
Jadval ma’lumotlari bo‘yicha transformatorning yuklama tasnifi bir rasmda, aloxida boshqa rasmda esa – ishchi tasniflari quriladi. Transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amlaridagi kuchlanish va tokning Scope ossilloskopi yordamida olingan shak-llari 6.9-rasmda keltirilgan.
6.9-rasm. Transformatorning ikkilamchi cho‘lgamidagi kuchlanish va tokning shakllari
6. HISOBOT MAZMUNI
1. Modelning sxemasi va virtual bloklarning ifodalanishi.
2. Transformatorning salt yurish hamda qisqa tutashuv tajribalaridan aniqlangan va berilgan ko‘rsatkichlarini taqqoslash jadvali.
3. Transformatorning yuklama tasnifi 11= f(I2).
4. Transformatorning ishchi tasniflari cos1, , R2, U2=f(I2).
7. NAZORAT SAVOLLARI
1. Virtual laboratoriya qurilmasi nimalardan tarkib topgan?
2. Transformatorning salt yurish hamda qisqa tutashuv tajribalaridan qanday ko‘rsatkichlar aniqlanadi?
3. Transformatorning yuklama va ishchi tasniflarini olish qanday modelda amal-ga oshiriladi?
4. Manba kuchlanishining qiymati va chastotasi transformator ko‘rsatkichlariga nima uchun mos kelishi kerak?
5. Nominalga teng birlamchi qisqa tutashuv tokidagi qisqa tutashuv rejimida qanday quvvat transformator cho‘lg‘amlaridagi isroflarni aniqlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |