LABORATORIYA ISHI №9.
Ishning maqsadi: Ma’lum metallarning elektrokimyoviy faolligini o’rganish.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Probirkalar va ular uchun shtativlar, metallardan:
magniy, rux, temir , qalay , qo’rg’oshin, mis; eritmalardan: magniy, rux, temir (II), qalay (II), qo’rg’oshin (II), mis (II)-tuzlari.
Nazariy ma’lumot.
Metallarni ularning birikmalaridan boshqa metallar siqib chiqarishini N.N.Beketov mukammal o’rgangan. Beketov metallarni kimyoviy aktivligini pasayib borishi tartibida «siqib chiqarish qatori» deb atalgan qatorga joylashtirdi. Hozirgi vaqtda Beketovning siqib chiqarish qatori metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori deb ataladi. Metallar bu qatorga ularning standart elektrod potensiallari qiymatlarining ortib borishi tartibida joylashtirilgan:
K, Na, Ca, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Ni, Sn, Pb, H2 , Cu, Hg, Ag, Pt, Au.
Bu qator standart (normal) elektrod potentsiallari qatori ham deb ataladi.
Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatoriga vodorod ham joylashtirilgan bo’lib, u qaysi metallar kislotalarning suvdagi eritmalaridan vodorodni siqib chiqara olishini aniqlashga imkon beradi. Bu qator elektrokimyoviy sistemaning tutgan o’rni hamda oksidlovchi-qaytaruvchi qobilyatini Harakterlaydi. Elektrod jarayonida ishtirok etuvchi hamma moddalarning majmuasi elektrokimyoviy sistema deb tushuniladi.
Standart elektrodlar potentsiallari qatori oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining borish yo’nalishini aniqlashga imkon beradi. Agar elektrokimyoviy sistemadan galvanik element tuzilsa, elektronlar manfiy qutbdan musbat qutbga o’ta boshlaydi, ya’ni kichik elektrod potentsialiga ega bo’lgan elektrokimyoviy sistemadan kattaroq elektrod potentsialiga ega bo’lgan sistemaga o’tadi. Bundan birinchi sistema qaytaruvchi, ikkinchi sistema esa oksidlovchi vazifasini bajaradi. Galvanik elementlarda oksidlovchi sifatida nisbatan yuqori elektrod potentsialiga ega bo’lgan elektrokimyoviy sistema ishtirok etsa, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi o’z-o’zidan boradi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo’nalishi amalda oksidlovchi va qaytaruvchining qatorda o’zaro joylanishiga bog’liqdir. Masalan, rux (Eo = - 0,763 V) misni (Eo = + 0,337 V) uning tuzlari eritmalaridan siqib chiqara oladi.
Standart elektrod potensiallari qiymatiga qarab, reaksiyalarning qaysi tomonga o’z-o’zidan borishini aniqlash mumkin. Masalan, quyidagi reaksiyalarning yo’nalishini aniqlash lozim:
K2MnO4 + Cl2 = 2KMnO4 + 2KCl Bu tenglamaning ion - molekulyar shakli: MnO42- + Cl2 = MnO4- + 2Cl-
Do'stlaringiz bilan baham: |