Quyidagi tajriba ishida induktiv va sig ‘im elementlar o‘zaro ketma-ket ulangan zanjirda kuchlanishlarning taqsimoti, hamda rezonans holda zanjirning to ‘liq qarshiligi o‘rganiladi.
Tajriba ishini bajarishdan maqsad elementlari ketma-ket ulangano‘zgaruvchan tok zanjirida kuchlanishlar taqsimotini amalda o‘rganish, xamda zanjirda sig ‘im qarshilik va induktiv qarshilik teng bo ‘lgan rezonans holatni (kuchlanishlar rezonansi) tadqiq qilishdan iborat.
Kirish
2 - laboratoriya ishida o ‘zgaruvchan tok zanjirlarida induktiv yoki sig ‘im elementlar ulangan xolatlarni aloxida o ‘rgandik. Lekin amalda bir vaqtning o ‘zida aktiv, sig ‘im va induktiv elementlarga ega o ‘zgaruvchan tok zanjirlari ko ‘proq uchraydi. Masalan oddiy yoritish tizimida keng tarqalgan kunduzgi lampalarni olaylik. Uning tarkibida sig ‘im element (quvvat koeffitsientini oshirish uchun ulangan kondesator) va induktiv g ‘altak (tok kuchini chegaralash uchun ulangan drossel) mavjud, yoki elektr dvigatel ulangan sistemalar, transformatorli sistemalar va boshqa ko ‘plab elektrotexnik qurilmalar tarkibida sig ‘im va induktiv elementlar mavjud. Bunday sistemalarning asosiy xususiyati shundaki elektr tarmog ‘idan olinayotgan quvvatning ma‘lum bir qismi reaktiv ko ‘rinishda bo ‘lib sistemaning foydali ish koeffitsientini kamaytiradi.
Qisqacha nazariy tushunchalar.
Sig ‘im qarshilik va induktiv qarshiliu o ‘zaro ketmag ‘ket ulangan o ‘zgaruvchan tok zanjirini ko ‘rib chiqamiz (1- rasm).
~
L
Zanjirning to ‘la qarshiligi g ‘altakning induktiv qarshiligi, kondensatorning sig ‘im qarshiligi va g ‘altakning aktiv qarshiliklaridan iborat
Z = (RL2 + (XL - XS )2 ) 1/2 . (1)
Agar (1) ifodada XL = XS shart bajarilsa zanjirning qarshiligi faqat aktiv qarshilikdan iborat bo ‘lib qoladi va bu aktiv qarshilik g ‘altakning aktiv
qarshiligidir (kondensatorning aktiv qarshiligi juda kichik bo ‘lgani uchun xisobga olmaslik mumkin). Natiaja zanjirdagi tok kuchi keskin ortib ketadi va zanjirning quvvat koeffitsienti
Elektr zanjiridagi bu xolat rezonans deb yuritiladi. Sig ‘im va induktiv elementlar ketma-ket ulanganligi uchun ulardagi reaktiv kuchlanishlar qo ‘shiladi, bu kuchlanishlarning son qiymatlari teng fazalari esa qarama-qarshi bo ‘lib, yig ‘indi kuchlanish nolga teng bo ‘ladi va zanjirda faqat g ‘altakning aktiv qarshiligi xisoga yuzaga keluvchi aktiv kuchlanish qoladi. G ‘altakning aktiv qarshiligi ancha kichik bo ‘lganligi uchun zanjirdagi tok kuchi katta bo ‘ladi. Elektr zanjirlaridagi bunday xolat kuchlanishlar rezonansi deb yuritiladi.