Kuzatilgan hodisalarni yozish tartibi:
1. Magniyning og‘irligi - V,g
2. Temperatura - t, 0C
3. Bosim - P, mm. sim. ust.
4. Byuretkadagi suvning reaksiyagacha bo‘lgan sathi - a1
5. Byuretkadagi suvning reaksiyadan keyingi sathi - a2
Tajriba natijalarini ishlab chiqish
1. t-temperaturada va P-bosimda magniy siqib chiqargan vodorodning hajmini hisoblash:
V = a2 - a1
2 . Topilgan hajmni quyidagi formula bo‘yicha normal sharoitga keltirish:
bu yerda , T = t + 273 - absolyut temperatura:
h - shu temperaturadagi suv bug‘ining bosimi (ilovadagi 1-jadvalga qarang).
3. Normal sharoitda birmol vodorod 22,4 l kelishini bilgan holda, siqib chiqarilgan vodorodning massasi (D) hisoblab topiladi.
4. E = B/D formula bo‘yicha magniyning ekvivalenti hisoblanadi, bu yerda B - tajriba uchun olingan magniyning massasi, D - ajralib chiqqan hajmdagi vodorodning massasi.
5. Magniyning topilgan ekvivalentini uning nazariy ekvivalenti bilan solishtirib, necha foiz xato qilinganligi quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
Elementlar bir-biri bilan o‘zlarining ekvivalentiga proporsional miqdorlarda birikadi. Shu qoidadan foydalanib, metall ekvivalentini bevosita aniqlash mumkin. Masalan: magniy metali ekvivalentini bevosita aniqlash uchun ma’lum miqdor metall olinib, u oksidga aylantiriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan oksiddagi metall bilan kislorod miqdorini aniqlab metallning ekvivalenti hisoblab topiladi.
Tajriba № 2.Tajriba quyidagicha olib boriladi:
Tarozida 0,2 g magniy kukuni tortib olinadi va uni shu tarozida avvval tortib qo‘yilgan chinni tigelga solinadi. Shundan so‘ng magniyni mo‘rili shkafda nitrat kislota eritmasida eritiladi. 0,2 g magniyni to‘la eritish uchun 2 n nitrat kislota eritmasidan qancha kerakligini hisoblang. Kislota eritmasini tigelga oz-ozdan magniy to‘liq eriguncha quying. Hosil bo‘lgan magniy nitrat eritmasini ehtiyotlik bilan bug‘lating. So‘ngra tigelda qolgan qattiq moddani ochiq alangada cho‘g‘languncha qizdiring (mo‘rili shkafda). Nima uchun? Modda cho‘g‘langach tigelni alangadan oling va eksikatorda sovuting. Sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini ish daftariga yozib qo‘ying.
Tigel sovigandan keyin uni (ichidagi moddasi bilan birga) texno-kimyoviy tarozida torting. So‘ngra tigeldagi modda ikkinchi marta cho‘g‘ holigacha qizdiriladi va eksikatorda sovitilgandan keyin yana tortiladi. Bu jarayon so‘nggi ikkita tortish natijasi bir xil bo‘lguncha (ya’ni magniy nitrat batamom parchalanguncha) takrorlanaveradi. Topilgan natijalar asosida magniyning ekvivalenti hisoblab chiqariladi.
Tajriba natijalarini hisoblash.
1. Chinni tigelning og‘irligi (a).
2. Magniy kukunining og‘irligi (v).
3. Chini tigelning magniy oksid bilan og‘irligi (s).
4. Hosil qilingan magniy oksidning og‘irligi (s-a).
5. Magniy bilan birikkan kislorodning og‘irligi (s-a)-v.
6. Magniyning ekvivalenti:
E=8b/(s-a)-b
Mavzuyuzasidan savol va masalalar.
1.Ekvivalentlar qonunini ta’riflang.
2.Ekvivalentliklarning aniqlashda qaysi moddlarni ekvivalentini dastlab qo’llashadi.
3.0,87 g metallni oksidlaganda 0,97 g okdid hosil bo’gan. Metallni ekvivalentini hisoblang
4.Magniy oksidi tarkibida 33,3% magniy va 66.7% kislarod bor. Magniyni ekvivalentini hisoblang.
5. Quydagi berilganlardan foydalanib metall ekvivalentini hisoblan:0.0205 gr metall kislatadan 27.4 ml vadarodni 190 da va 755mm.sim.ust. siqib chiqardi.Metall ekvivalentini hisoblang.
6. Azot oksidining tarkibida 25.93% azot va 74.07% kislarod bor.Azot ekvivalentini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |