Laboratoriya ishi №3 metallni (MG) gramm- ekvivalent massasini xajmiy usulda aniqlash va interaktiv usulda o‘rganish



Download 26,86 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2022
Hajmi26,86 Kb.
#514711
  1   2
Bog'liq
lab -3


LABORATORIYA ISHI № 3
METALLNI (MG) GRAMM- EKVIVALENT MASSASINI XAJMIY USULDA ANIQLASH VA INTERAKTIV USULDA O‘RGANISH.
Ishning maqsadi : Kimyoviy birikmalar tarkibiga kiruvchi elementlar o’zaro ma’lum va doimiy og’irlik miqdorlarda (tarkibning doimiylik qonuni) bo’ladi bu nisbat tegishli ravishda ekvivalentga mos keladi. Agar element vodorot yoki kislorod bilan birikma hosil qilsa, unda bu elementlarning ekvivalenti ayni shu brikmaning o’zidan aniqlanishi mumkin (to’g’ridan to’g’ri aniqlash usuli).
Agar element vodorodni uning brikmalaridan siqib chiqarsa, unda bunday elementlarni ekvivalenti ajralib chiqadigan vodorodning miqdoriga qarab aniqlanadi (siqib chiqarish usuli).
Kerakli reaktivlar:Nitrat kislota HNO3, (konsentrlangan va 2n), sulfat kislota H2SO4(2n), Mg lentasi.
Kerakli asboblar: texnik tarozi, ekvivalentni aniqlash uchun asboblar (shtativ, byuretka, probirkalar, gaz chiqaruvchi nay o’rnatilgan probkalar (2ta), barometr, termometr, shtativ halqasi bilan, gorelka, eksikator, chinni kosacha (2ta),varonka, byuks, asbest setkasi.
Nazariy qism: Har bir toza modda o‘ziga xos fizik xossalar bilan xarakterlanadi: rangi, mazasi, hidi, zichligi, suyuqlanish va qaynash temperaturalari, qattiqligi, qovushqoqligi va h.k. Kimyo zavodlari mahsulotlarni TU (texnik shartlar) yoki Davlat Standartiga muvofiq chiqaradi. Zavodda tayyorlangan mahsulot shu zavod laboratoriyasida analiz qilinadi va analiz natijalariga ko‘ra hamda davlat standarti asosida bu mahsulotni ma’lum aniqlikdagi kvalifikasiyaga kiritiladi: "KT" (kimyoviy toza), "T" (toza), (texnik toza), "AUT"-analiz uchun toza.


Tajribaviy qism:
T ajriba № 1.Metall ekvivalentini vodorodni siqib chiqarish usuli bilan aniqlash
15-rasmda ko‘rsatilganidek asbob yig‘ing. Byuretkani (a) rezina nay bilan ulang, voronka orqali shisha nayni (b) suvga to‘ldiring. Byuretka va kolbacha (g) shisha naylar o‘tkazilgan probkalar bilan yaxshilab berkitiladi. Tajriba boshlashdan oldin asbobning germetikligini tekshirib ko‘ring. Buning uchun shisha nayli (b) voronka 10-15 sm ko‘tarib, mahkamlab qo‘yiladi, keyin 3-5 minut davomida byuretkadagi suv sathining holati kuzatiladi. Shu vaqt ichida suv sathi o‘zgarmasa, asbob yaxshi yig‘ilgan bo‘ladi, ishni boshlash mumkin. Tarozida taxminan 0,03 g ga yaqin magniy bo‘lagidan yoki kukunidan tortib oling. Probirkadagi probkani chiqarib oling, voronkalishisha nayni yuqoriga yoki pastga surib, byuretkadagi suv sathini nolda yoki undan pastroqda to‘xtating. Suyultirilgan sulfat kislotadan 5-6 ml o‘lchab oling va uni kichkina voronka orqali kolbachaga quying (nima uchun?). Kolbachaning devoriga kislota tegmaydigan qilib magniy lentasini yopishtiring. Kolbachani probka bilan maxkam bekiting, bunda magniy lentasi kislotaga tegmasin. So‘ngra voronkani yuqoriga va pastga surib byuretkadagi va voronkadagi suv sathlarini tenglashtiring (nima uchun?). Byuretkadagi suv sathini pastki menisk bo‘yicha 0.1 ml aniqlik bilan hisoblang va yozib qo‘ying. Kolbachani silkitib metallni kislotaga tushiring. Nima sodir bo‘ladi? Metallning hammasi erib bo‘lgach, kolbachani uy tamperaturasigacha sovitib, byuretkalardagi suvning sathini yozib qo‘ying. Tajriba vaqtidagi uy temperaturasini (t) va barometrdagi (P) ni yozib qo‘ying.

Download 26,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish