To‘liq gidroliz.
Probirkaga alyuminiy tuzi eritmasidan olib, uning ustiga natriy karbonat Na2CO3 eritmasidan quying. Probirkani qizdiring hosil bo‘lgan cho‘kmani filtirlab oling; cho‘kmani qaynoq suv bilan ortiqcha Na2CO3 ni yo‘qoting. Hosil qilingan cho‘kma alyuminiy karbonat bo‘lmay, balki alyuminiy gidroksid ekanligini isbot qiling. Alyuminiy karbonatning hosil bo‘lish va gidrolizlanish reaksiyalari tenglamalarini tuzing.
Laboratoriya ishi № 35
Vodorod peroksidning oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida ikki yoqlamalilik.
a) Probirkaga 2-3 ml KI eritmasidan quying va uning utsiga 1 ml H2SO4 bilan 1-2 ml H2O2 eritmalaridan qo‘shing. Eritmani rangiga e’tibor qiling. Bu reaksiyada I2 ajrishini e’tiborga olib oksidlanish-kaytarilish reaksiya tenglamasini yozing.
b) Probirkaga 2-3 ml KMnO4 eritmasidan quying va uning utsiga 1ml suyultirilgan H2SO4 qo‘shib utsiga rangsizlanguncha tomchilab H2O2 eritmasidan qo‘shing. Gaz ajralib chikishiga e’tibor qilib, reaksiya tenglamasini oxirigacha etkazing:
KMnO4 + H2O2 + H2SO4 → MnSO4 + K2SO4 +…
Do'stlaringiz bilan baham: |