Qiyin eriydigan tuzlarni xosil bo‘lishi.
Uchta probirkaga 23 ml dan bariy, stronsiy va kalsiy xlorid eritmalaridan soling. Birinchi probirkaga natriy sulfat eritmasini, ikkinchisiga kaliy sulfatni to‘yingan eritmasini va uchinchisiga esa, stronsiy sulfatni to‘yingan eritmasini qo‘shing.
Eruvchanlik ko‘paytmasi qoidasidan foydalanib kuzatilgan xodisalarni tushintiring. Reaksiyalarni ionli va molekulyar tenglamalrini yozing.
Cho‘kma xosil bo‘lishiga bir xil ionlar konsentratsisining ta’siri.
Ikkita quruq probirkaga kaliy xlorat KClO3 ni to‘yingan eritmasidan soling. Birinchisiga ozroq kaliy xlorid KCl ni to‘yingan eritmasidan qo‘shing, ikkinchisiga natriy xlorat NaClO3 ni to‘yingan eritmasidan soling. Probirkadagi eritmalarni aralashtiring. Nima kuzatiladi? KClO3 ni eruvchanlik ko‘paytmasini ifodasini yozing. Kuzatilagan xodisalarni eruvchanlik ko‘paytmasi qoidasi bilan tushintiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |