Qiyin eriydigan moddalar xosil bo‘ladigan reaksiyalar.
Ko‘pincha qiyin eriydigan moddalar xosil bo‘lishi kuzatiladi va ular reaksion muxitda cho‘kma xolida ajraladi, masalan:
Ca(NO3)2 Na2CO3 CaCO3 2NaNO3
Yoki ionli reaksiya tenglamasi:
Ca2 CO32 CaCO3
Kuchli elektrolitlarni, masalan tuzlar to‘yingan eritmalardagi muvozanatini o‘rganish, bu eritmalarda cho‘kma xosil bo‘lish yoki erish sharoitlarini aniqlashga imkon beradi. Ionli kristol panjaraga ega bo‘lgan elektrolit kristallari eriganda, eritmaga molekulalar emas, balki ionlar o‘tadi.
Qandaydir tuzning to‘yingan eritmasi bilan cho‘kmasi (masalan, CoCO3) orasida muvozanat sodir bo‘ladi:
CaCO3 Ca2 CO32
qattiq tuzning eritmadagi
bog‘langan ionlari erkin ionlari
Ionlarni suyuq fazoga o‘tishi faqqat qattiq moddaning yuzasida ro‘y beradi va qattiq moddaning massasiga bog‘liq emas.
Vaqt va yuza (sirt) birligida eritmaga o‘tayotgan molekulalar sonini k1 bilan belgilaymiz. Bu miqdor ionlarni eritmaga o‘tish tezligini bildiradi, ya’ni v1 k1. Bu miqdor, faqatgina modda tabiatiga va haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Qaytar jarayon-ionlarni eritmadan cho‘kmaga o‘tish eritmadagi ionlar konsentratsiyasiga bog‘liq. Bu jarayonni tezligi quydagi tenglik bilan ifodalanadti:
v2 k2 Ca2 CO32,
bunda k2 teskari reaksiyaning tezlik koeffitsenti, miqdor jixatdan Ca2 va CO32 larni teng birlikdagi konsentratsiyasida eritmadan cho‘kma yuzasi birligiga ionlar o‘tish tezligiga teng.
Muvozanat xolatda:
v1 v2 va k1 k2 Ca2 CO32.
k2 ni chap tomonga o‘tkazib, topamiz:
Demak, to‘yingan eritmada ionlar konsentratsiyasini ko‘paytmasi doimiydir. Bu kattalik eruvchanlik ko‘paytmasi deyiladi va EK bilan ifodalaniladi.
Berilgan haroratda kam eriydigan elektrolitni to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyasini ko‘paytmasi eruvchanlik ko‘paytmasi deyilad:
EK(CaCO3) Ca2 CO32,
SHunday qilib, eruvchanlik ko‘paytmasi qattiq elektrolitni ma’lum haroratdagi eruvchanligini ifodalaydi. Ikkita bir xil turdagi tuzlardan qaysi birining eruvchanlik ko‘paytmasi kichik bo‘lsa, uni eruvchanligi past bo‘ladi.
Eslatib o‘tish kerak, EK tenglamasi asosida bajarilgan hisoblar quyidagi xollarda aniq bo‘ladi:
1) tuzlarning eruvchanligi juda kam.
2) eritmada begona ionlar bo‘lmasiligi kerak.
Eritmadagi ionlarni konsentratsiyasini o‘zgartirib, muvozanat xolatini cho‘kma tushish yoki erish tomoniga siljitish mumkin. Bir xil turdagi ionlarni konsentratsiyasini oshirish cho‘kma tushishiga sabab bo‘ladi.
Misol. CaCO3 ni to‘yingan eritmasiga Na2CO3 ni konsentrlangan eritmasini qo‘shilsa, eritmadagi CO32 CaCO3 cho‘kmasi xosil bo‘lish tomoniga siljitadi.
Ionlarni kam dissotsilanadigan molekulaga biriktirish orqali, ular konsentratsiyasini kamaytirish cho‘kmani erishiga sabab bo‘ladi.
Misol. CaCO3 ni to‘yingan eritmaga HCl qo‘shilganda cho‘kma bilan ionlar orasida reaksiya sodir bo‘ladi:
CO32 2H H2CO3.
Natijada eritmadagi ionlarni konsentratsiyasi kamayadi. Bu esa to‘yingan eritmadagi muvozanatni yangi CO32 ionlarini xosil bo‘lishi va cho‘o‘kma erish tomoniga siljitadi.
Ba’zan shunday reaksiyalarni uchratish mumkinki, ularda reaksiyaga kirishmayotgan va xosil bo‘lmayotgan moddalar qatorida kam eriydigan moddalar shitirok etadi, masalan:
BaCO3 Na2SO4 BaSO4 Na2CO3.
Bunday xolatlarda muvozanat eruvchanlik ko‘o‘paytmasi kam bo‘lgan modda xosil bo‘lish tomoniga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |