Laboratoriya ishi №22 KimYOviy muvozanat



Download 1,58 Mb.
bet51/89
Sana29.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#105236
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89
Bog'liq
22-53 (копия)

Laboratoriya ishi № 37

Xlorni metallmaslar bilan ta’sirlashishi.

  1. Yoqish uchun mo‘ljallangan qoshiqchaga ozroq qizil fosfor soling, uni yoqing va xlorli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.

  2. Ikkita probirka oling. Ularning birini xlor bilan, ikkinchisini Kipp apparatidan foydalanib, vodorod gazi bilan to‘ldiring. Probirkalarning og‘zini barmog‘ingiz bilan berkitib, ularni shunday birbiriga yaqinlashtiringki, xlorli probirka tepada bo‘lsin. Probirkalarni ajrating va tezda alangaga tuting. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing. Qanday gaz hosil bo‘layotganini qanday bilash mumkin?

Xlorning murakkab moddalar bilan reaksiyasi.

  1. Filtr qog‘ozni olib, uni bir necha tomchi yangi tayyorlangan skipidar bilan namlang va qisqichda ushlagan holda xlorli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.

  2. Yoqish uchun mo‘ljallangan qoshiqchaga sham bo‘lagini (donachasini) mahkamlang va uni xlorli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz?

Tajriba tugagandan so‘ng bankaga namlangan lakmus qog‘ozini tushiring. Reaksiya natijasida qanday mahsulotlar hosil bo‘ldi?

Vodorod xlorid va uning suvda eruvchanligi.

Vodorod xlorid olish uchun qurilma yasang. Kolbaga 5-6 g natriy xlorid va 10-12 ml 70%li sulfat kislota eritmasini joylashtiring. U-simon trubkaga suvsiz kalsiy xlorid joylashtiring. 25-50 ml li qalin devorli shisha idishni ajralib chiqayotgan vodorod xloridi bilan to‘ldiring. Idish to‘lganini qanday bilamiz?

Idishni kapillyarli probka bilan berkiting. Kapillyar idish ichiga kirishi kerak. Idishning tagini tepaga qilib ag‘daring va uning tomog‘ini suvli vannaga botiring, kuzatilgan hodisani tushintiring. Vodorod xloridning suvda eruvchanligi qanday?

Xlorli suv va uning xossalari.

a) 4-5 ml distillangan suvni xlor bilan to‘yintiring. Ehtiyotlik bilan hosil bo‘lgan eritmaning rangini va xidini aniqlang. Xlorli suvda qanday moddalar mavjud? Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan xlorli suvni indigo eritmasiga va bo‘yalgan matoga ta’sirini o‘rganing. Nimani kuzatdingiz? Qanday modda oqartirish ta’siriga ega?

b) Probirkaga 2-3 ml xlorli suv soling va unga tomchilatib natriy gidroksid eritmasidan quying. Olingan eritmani xidlang. xlorli suvning rangi va xidining yo‘qolishini qanday tushintirish mumkin? Xlor va suv o‘rtasidagi muvozanat reaksiyasining siljishiga ishqor qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Probirkaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan kislotali muhit hosil bo‘lguncha quying va yana xidlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Hodisani tushuntiring.



Javel suvining olinishi va xossalari.

5-7 ml kuchli sovitilgan (-100C) kaliy gidroksidining 10%li eritmasidan vodorod xloriddan tozalangan xlorni o‘tkazing. Eritmali idishni muz va sovitgich aralashma solingan stakanga tushiring. Reaksiya tugganligini qanday isbotlash mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing.

Olingan eritmani indigo va bo‘yalgan matoga ta’sir ettiring. Nimani kuzatdingiz? Kaliy gipoxlorit eritmasi barqarormi? Karbonat kislotasi gipoxlorit kislotasining tuzlaridan uni siqib chiqara oladimi? Gipoxlorit va karbonat kislotalarning dissotsilanish konstantalarini solishtiring.

Xlorli ohakning olinishi va xossalari.

2 g toza so‘ndirilgan ohakga 10-15 ml suv quying va yaxshilab aralashtiring. Olingan aralashmani suv bilan sovitilgan kichkina stakanga soling va undan vodorod xloriddan tozalangan xlorni (buni qanday qilish mumkin) 10-20 min. davomida o‘tkazing.

Xlorli ohakning to‘yingan eritmasini tayyorlang. Buning uchun olingan moddaning bir qismini 10 ml suv bilan aralashtiring va erimagan moddalarni filtrlab ajrating. Olingan eritmadan ozgina olib indigoga va bo‘yalgan matoga ta’sirini o‘rganing.

Olingan eritmaning bir qismiga 1n sulfat kislota eritmasidan kislotali muhit hosil bo‘lguncha quying va ehtiyotlik bilan xidlang. Reaksiya tenglamasini yozing.



Bertole tuzi.

Stakanga 5 ml kaliy gidroksidning to‘yingan eritmasidan (50%li) quying, uni qizdiring va vodorod xloriddan tozalangan xlor o‘tkazing. Reaksiyaning tugallanganligini qanday bilish mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing. Ajralgan kristallarni filtrlovchi tubi bo‘lgan voronkada filtrlang va oz miqdordagi kuchli sovitilgan suv bilan yuving. Olingan modda Bertole tuzi ekanligini qanday isbotlash mumkin?



Bertole tuzining xossalari.

(Tajribalar mo‘rili shkafda o‘tkazilsin).

a) Kichkinagina farfor idishga Bertole tuzining bir necha kristallini soling va ehtiyotlik bilan 3-4 tomchi 96%li sulfat kislotasi eritmasi bilan namlang. Nimani kuzatdingiz? Bunda qanday hodisa sodir bo‘ldi? Reaksiya tenglamasini yozing.

b) 0,5 g. mayda kristalli bertole tuzini tortib oling va ehtiyotlik bilan teng miqdordagi yaxshilab maydalangan shakar bilan shisha tayoqcha yordamida aralashtiring. Aralashmani tigel qopqog‘iga ehtiyotlik bilan soling (mo‘rili shkafda) va uni 2-3 tomchi konsentrlangan sulfat kislotasi eritmasi bilan namlang. Nimani kuzatdingiz? O‘tkazilgan tajriba Bertole tuzining qanday xossasini namoyon qiladi?


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish