Laboratoriya ishi № 36
GALOGENLAR
XLOR
Galogenlarning davriy sistemadagi o‘rnini, atomlarining tuzilishini va o‘lchamini va ular namoyon qiladigan valentligini ko‘rsating.
Xlor bilan bajariladigan barcha ishlar mo‘rili shkafda o‘tkaziladi. Xlor bilan zaharlanganda o‘qituvchiga murojaat qilish kerak. Zaharlangan kishini tezda toza havoga olib chiqish va quyidagi choralarni ko‘rish kerak: suyultirilgan ammiak eritmasini yoki etil spirtini xidlatish, tomog‘ va ko‘krak qismlarga sovuq kompress qo‘yish kerak.
Agar zaharlanish yuqoriroq darajada bo‘lgan bo‘lsa tez yordam chaqirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |