2. Laboratoriya ishini bajarish tartibi
Matlab dasturini o’rnatish.
Ushbu laboratoriya ishida biz MATLAB dasturining eng so’ngi versiyalaridan biri bo’lmish 9.10 versiyasini o’rnatamiz. Bu versiya MATLAB 2021 deb ham ataladi. Odatda MATLAB R2021b ning o’rnatilish fayli .iso formatida bo’ladi. Bu format Windows 8, Windows 10 operatsion tizimlarida tizim bilan birga o’rnatilganligi uchun .iso formatini ochish dasturini o’rnatish talab etilmaydi.(2.1-rasm)
2.1-rasm. Matlab dasurini o’rnatish fayli.
O’rnatish faylini ishga tushirgandan so’ng, o’rnatish usuli tanlanishi kerak(2.2-rasm).
2.2-rasm. O’rnatish usulini tanlash.
B izda MATLAB R2021b dasturining o’rnatish kaliti fayli (File Installation key) mavjud bo’lganligi uchun biz shu tanlovni amalga oshirdik. Shundan so’ng ekranga MATLAB dasturining litsenziya shartnomasi chiqadi (2.3-rasm). Biz bu litsenziya shartlariga rozilik bildirib, keyingi qadamni bosamiz.
2.3-rasm. MATLAB dasturining litsenziya shartnomasi.
B undan so’ng MATLAB R2021b dastur fayliga kirib R2021b_Windows papka ochiladi. Uning ichidan Crack papkasi ochilib, ichidan _ReadmeWin.txt fayl ochiladi. Bu faylning ichidan bizga kerakli bo’lgan fayl o’rnatish kaliti (File installation key) ko’chirib olinadi (2.4-rasm) hamda hosil bo’lgan keying oynadagi so’ralgan joyga o’rnatiladi va Next tugmasi bosiladi (2.5-rasm).
2.4-rasm. Fayl o’rnatish kalitini ko’chirib olish.
2.5-rasm. Fayl o’rnatish kalitini so’ralgan joyga qo’yish.
Shundan so’ng litsenziya faylini o’rnatish oynasi ochiladi. Bunda biz yana yuqoridagi holat kabi, MATLAB R2021b dastur fayliga kirib R2021b_Windows papkani ochamiz. Uning ichidan Crack papkasi ochiladi va license.lic fayl tanlanadi hamda ochish (Открыть) tugmasi bosiladi (2.6-rasm), keyin Next tugmasi bosiladi(2.7-rasm).
2.6-rasm. license.lic fayl tanlash oynasi.
2.7-rasm. Litsenziya faylini o’rnatish oynasi.
Shundan so’ng Sistema MATLAB R2021b dasturini o’rnatiladigan manzilini ko’rsatadi (2.8-rasm). Bu holatda siz dastur o’rnatiladigan manzilni o’zgartirshingiz yoki shunchaki Next tugmasini bosishingiz mumkin.
2.8-rasm. Dasturni saqlash joyini ko’rsatuvchi oyna.
Keyin MATLAB dasturiga tegishli fayllarni tanlash oynasi ochiladi (2.9-rasm). Odatda hamma tegishli fayllar belgilangan bo’ladi. Shuning uchun shunchaki Next tugmasini bosish kifoya qiladi.
2.9-rasm. Dasturga tegishli fayllar oynasi.
Keyingi oynada MATLAB dasturini ishchi stoldan(Desktop) ishga tushirish tugmasini hosil qilish va MathWorks ning maxsus sayti orqali dasturni yaxshilash imkoniyatilari belgilanadi va Next tugmasi bosiladi (2.10-rasm).
2.10. Dastur qulayliklarini tanlash.
MATLAB R2021b dasturini o’rnatish uchun unga doir bo’lgan 105 ta fayl tizimga o’rnatiladi va buning uchun shaxsiy kompyuteringiz doimiy xotirasidan qariyib 31 Gigabayt bo’sh joy talab etiladi, hamda faydalanuvchi MATLAB R2021b dasturi bilan ishlayotganda tezkor xotiraning 3 Gigabaytdan ortiq qismi band qilinadi. Agarda yuqorida talab etilgan talablar mavjud bo’lsa, o’rnatishni boshlash mumkin (2.11-rasm).
2.11-rasm. O’rnatishni boshlash.
2.12-rasm. O’rnatilish jarayoni.
O’rnatilish jarayoni yakunlangach Close tugmasini bosing.
2.13-rasm. O’rnatishni yakunlash.
O ’rnatilish yakunlangandan so’ng, MATLAB R2021b dastur fayliga kirib R2021b_Windows papka ochiladi. Uning ichidan Crack papkasi ochilib, ichidagi libmwlmgrimpl.dll fayldan nusxa olinadi va quyidagi C:/Program Files/MATLAB/R2021b/bin/win64/matlab_startup_plugins/lmgrimpl manzilga joylanadi. (2.14-2.15 rasmlar)
2.14-rasm. libmwlmgrimpl.dll faylini ko’chirish.
2.15-rasm. C:/ProgramFiles/MATLAB/R2021b/bin/win64/matlab_startup _plugins/ lmgrimpl manzilga ko’chirilgan faylni joylash.
Do'stlaringiz bilan baham: |