Laboratoriya ishi №2 Mavzu: Sun’iy intelekt texnologiyasini MatLab dasturi yordamida modellashtirish. Ishdan maqsad



Download 1,37 Mb.
bet1/4
Sana06.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#532395
  1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya ishi-2 79613


Laboratoriya ishi №2

Mavzu: Sun’iy intelekt texnologiyasini MatLab dasturi yordamida modellashtirish.




Ishdan maqsad:



  1. MatLab dasturini o’rnatish jarayonini oʻrganish;

  2. Sun’iy intellekt texnologiyasi bilan ishlashda MatLab dasturi imkoniyatlari bilan tanishish.



1.Qisqacha nazariy ma’lumot.
MATLAB vaqt sinovidan o’tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu narsa tizimning nomi — MATrix LABoratory- matritsaviy laboratoriyada o’z aksini topgan.
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqdi algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob`ektlarni modellashda keng qo’llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob`ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo’lib hisoblanadi. Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo’lishi mumkin.
Xozirgi vaqtda MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan
chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. Umuman olganda, MATLAB matematikaning rivojlanishi davomida to’plangan matematik hisoblashlar bo’yicha tajribani o’zida mujassamlashtirgan va uni grafik vizuallash va animatsiya vositalari bilan uyg’unlashtirilgan. MATLAB tizimi ilova kilinadigan katta hajmdagi hujjatlar bilan birgalikda EHMni matematik ta`minlash bo’yicha ko’p tomli ma`lumotnoma (bildirgich, spravochnik) vazifasini bajarishi mumkin.
MATLAB tizimini Moler (S. V. Moler) ishlab chiqgan va 70-yillarda undan katta EHMlarda keng foydalanilgan. Math Works Inc firmasining mutaxassisi Djon Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh klassidagi kompyuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik MATLAB tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar bo’yicha jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan. Xozirgi vaqtda tizimning eng yangi versiyasiyalari MATLAB-9.9 va MATLAB-9.10 mavjud.
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an`anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo’lgan
va imkoniyatlari keng modellash vositalari bilan ta`minlashdir. MATLABning imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va
texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin.
MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
• matematik hisoblashlar;
• algoritmlarni yaratish;
• modellash;
• ma`lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish;
• ilmiy va injenerlik grafikasi;
• ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar.
MATLAB ochiq axitekturaga ega, ya`ni mavjud funktsiyalarni o’zgartirish va
yaratilgan xususiy funktsiyalarni qo’shish mumkin. MATLAB tarkibiga kiruvchi Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funksional bloklardan tuzilgan modellar ko’rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. Simulink juda katta va foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi mumkin bo’lgan bloklarning kutubxonasiga ega. Bloklarning parametrlari sodda vositalar yordamida kiritiladi va o’zgartiriladi.
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos holda guruhlarga bo’lingan: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz, chiziqli bo’lmagan, matematik funktsiyalar va jadvallar, signallar va tizimlar.
MATLAB ning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. Tizimning qo’shimcha pog’onasini toolbox kengaytmalar paketi tashkil etadi. U tizimni turli sohalardagi masalalarni yechishga yo’naltirish imkoniyatini beradi.
Bunday sohalarga misol tariqasida matematikaning mahsus bo’limlari, fizika va astronomiya, telekommunikatsiya vositalari, matematik modellash, hodisaviy boshqariluvchi tizimlarni loyihalash va boshqa sohalarni keltirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, MATLAB foydalanuvchilarning masalalarini yechish uchun yuqori darajadagi moslashuvchanlikka ega. MATLAB tizimi kuchli matematik-yo’naltirilgan yuqori darajali dasturlash tili sifatida yaratilgan. Bunday yo’nalish tizimning afzalliklaridan biri bo’lib xisoblanadi va uni yangi, yanada murakkab matematik masalalarni yechish uchun qo’llash mumkinligidan dalolat beradi.
Sun’iy intellekt yo’nalishida ishlaganda ham MATLAB dasturi o’zining bu yo’nalish uchun foydalaniladigan Machine Learning Toolbox, Deep Learning Toolbox va Fuzzy Logic Toolbox kabi toolboxlari bilan keng imkoniyatlar taqdim eta oladi.



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish