Laboratoriya ishini bajarish tartibi
Laboratoriya ishini bajarish uchun dasturdan foydalangan holda kerakli boʻlgan tarmoqni loyihalab olish kerak boʻladi.
CISCO PACKET TRACER dasturiga kerakli bo’lgan qurilmalarni chiqaramiz menga shart bo’yicha 2 ta router, 2 ta switch va 25 ta komputer ulanishi kerak. Ushbu qurilmalrni chiqarib olamiz. Va ularni bir birlarini ulab mos portlari orqali ulab chiqamiz.
Men router uchun Cisco dasturidagi 2901 rusumli CISCO kompaniyasiga tegishli routerni tanlab oldim. Quyida uning ko’rinishi:
Routerning sozlamalar oynasiga kirib ularni mos ravishda nomlaymiz misol uchun 1 – routerni Toshkent 2- routerni Moskva deb nomlaymiz
Ushbu sozlamalar oynasidan GigabitEthernet portlarini tanlab ularga IP larni berib chiqamiz. Ushbu routerda 2 ta GigabitEthernet portlari mavjud ular mos ravishda GigabitEthernet 0/0 va GigabitEthernet 0/1 deb tartiblangan. Toshkent nomli routerning GigabitEthernet0/0 portiga 192.168.2.1 IP manzilni beramiz va Subnet Mask avtomatik tarzda 255.255.255.0 ni qabul qiladi. Hamda Port Status degan joyga belgini qo’yib portni yoqamiz. Ushbu jarayoni Moskva nomli routerda ham bajaramiz ammo uning IP manziliga 192.168.2.2 deb beramiz. Ushbu Routerlar GigabitEthernet portlari orqali bir biriga ulangan. GigabitEthernet nima ekanligini laboratoriya ishi songida tushuntirib o’taman.
Etib o’tganimdek ushbu routerda 2 tadan GigabitEthernet portlari mavjud bo’lganligi uchun ularning 2-portlariga ham IP manzil beramiz bu 2-portlarni biz Switch qurilmasiga ulaymiz. Toshkent routerimizga 192.168.1.1 Moskva routerimizga esa 192.168.10.1 deb IP manzil ko’rsatamiz.
Ularni ham Port Status deb nomlangan joyga belgi qo’yib portni yoqib olamiz.
Routerlarni birigi ulab olganimizdan so’ng, ularni Switchlarga ulaymiz, Switchlarni esa kompyuterlarga ulab chiqamiz. Switch hamda komputerlani Fast Ethernet portlari orqali ulaymiz. Switchni esa Routerning GigabitEthernet 0/1 portiga ulaymiz. Ishning so’ngida komputerlarga IP manzilarni hamda yonalishlarni ko’rsatib o’tamiz. Komputerning Desktop oynasidan IP configuration tanlab IP beramiz hamda Default Geteway ga routerning yo’nalishini ko’rsatamiz.
Toshkent tarmog’iga ulangan kompyuterlarga yo’nalish IP manzili 192.168.1.1 bo’ladi Moskva tomondigilar uchun esa 192.168.10.1 bo’ladi.
Sozlamalarni qilib bo’lganimizdan so’ng tarmoq komputerlariga Ping berib tekshirib ko’ramiz.
Misol uchun 0 chi 12 chi PC larni tekshirib ko’ramiz: Buning uchun PC ning sozlamalar oynasidan Desktopni tanlaymiz va Command promnt ni tanlaymiz
Va ping 192.168.10.2 ni terib tekshiramiz
T armoq soz holda ishlamoqda, bir birlari bilan xabar almishinish jarayonini ham ko’rishimiz mumkin.
Gigabit Ethernet nima?
Ethernet-ning yana bir turi hisoblash tarmog'ida 1000 Mbit / s tezlikni taklif qiladi, shuning uchun gigabit nomini oldi. Gigabit Ethernet (GE) Fast Ethernet paydo boʻlganidan bir necha yil oʻtib chiqarildi, lekin 2010-yilda internetga boʻlgan talab oshmaguncha keng qoʻllanilmadi. U 803.2 kvadrat formatidan foydalanadi va yarim dupleks va toʻliq dupleks rejimlarida ham ishlaydi. Ushbu tizimning maksimal uzunligi 70 km gacha bo'lishi mumkin, shuning uchun ko'pgina universitetlar va kompaniyalar undan foydalanadilar. GE ning 1, 10, 40 va 100 gigabit kabi turli versiyalari mavjud. Gigabit Ethernetning bir nechta tipik turlari mavjud, masalan, 1000BASE-CX maksimal masofalari 25 m boʻlgan Gigabit Ethernet ulanishlari uchun boshlangʻich standartdir, 1000BASE-KX IEEE 802.3ap standartining bir bfdhqismi boʻlib, elektr orqa panellar orqali Ethernet ishlashi va uning belgilangan masofasi hisoblanadi. 1m, 1000BASE-SX 770 dan 860 nanometrgacha, yaqin infraqizil (NIR) yorug'lik to'lqin uzunligidan foydalangan holda ko'p rejimli tolalar orqali ishlash uchun optik tolali Gigabit Ethernet standartidir.
Fast Ethernet va Gigabit Ethernet: ular bir-biridan qanday farq qiladi?
Fast Ethernet ham, Gigabit Ethernet ham tarmoqqa ulanish uchun ishlatiladi. Ular tolali kalit, optik tolali kabel , ethernet kabel va shunga oʻxshash baʼzi qurilmalar bilan ishlashi mumkin. Biroq, ular bir-biridan qanday farq qiladi? Quyida Fast Ethernet va Gigabit Ethernet o'rtasidagi asosiy farqlar keltirilgan.
Fast Ethernet va Gigabit Ethernet o'rtasidagi eng oddiy farq ularning tezligidir. Fast Ethernet maksimal 100 Mbit/s tezlikda ishlaydi va Gigabit Ethernet 1 Gbit/s gacha tezlikni taklif etadi, bu Fast Ethernet-dan 10 baravar tezroq.
Fast Ethernet ning ikki tomonlama kechikishi 100-500 bit marta. Aksincha, Gigabit Ethernet 4000 bitlik kechikishga ega.
Gigabit Ethernet-dagi konfiguratsiya muammolari Fast Ethernet-ga qaraganda murakkabroq. Ba'zan Gigabit Ethernet ga, masalan, 10 gbe kalit bilan ishlash uchun yuqori moslikdagi tolali kalit kerak bo'ladi.
Fast Ethernet bosib o'tgan masofa ko'pi bilan 10 km. Biroq, Gigabit Ethernet ning chegarasi 70 km.
Gigabit Ethernet Fast Ethernet-dan qimmatroq. Fast Ethernet-ni Standard Ethernet-dan yangilash oson va tejamkor, Gigabit Ethernet-ni Fast Ethernet-dan yangilash murakkab va qimmat.
Gigabit Ethernet standart 1000Mbps maʼlumot uzatish tezligini qoʻllab-quvvatlaydigan maxsus ishlab chiqilgan tarmoq qurilmalarini talab qiladi, masalan, Gigabit Ethernet switch. Fast Ethernet maxsus tarmoq qurilmalarini talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |