Laboratoriya ishi №12



Download 416,43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2022
Hajmi416,43 Kb.
#786192
Bog'liq
Karbonil brikmalarning kondensatlanish va tautomerlanish



Laboratoriya ishi №12 
 
Kаrbоnil birikmаlаrning kоndеnsаtsiya vа tаutоmеriya rеаksiyalаri bo`yichа sintеz 
(bеnzаlаtsеtоn, dibеnzаlаtsеtоn, аtsеtоsirkа efiri, bеnzоilаtsеtоn, bеnzal-аtsеtоfеnоn, 1,3,5-
trifеnilbеnzоl, dоlchin kislоtа, bеnzаlаnilin, fеnоlftаlеin, pеntа-eritrit) 
Benzalatseton sintezi 
Reaktivlar:
20 ml atseton, 19,7 ml benzoldegid, natriy gidroksid, xlorid kislota, benzol. 
Benzalatseton teriga kuchli ta’sir qiladi, shuning uchun u bilan ishlashda ehtiyot bo’lish 
kerak. 
Aralashtirgich bilan jihozlangan 100 ml sig’imli stakanda 20 ml atseton (atsetonning ortiq 
miqdori dibenzalatsetonning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun kerak), 19,7 ml yangi 
haydalgan benzaldegid va 10 ml suv bilan aralashtiriladi. Reaksion aralashma suv hammomida 
sovitiladi. So’ngra unga reaksion aralashmaning temperaturasi 25-30
0
C da saqlangan holda asta-
sekin 2,5 ml natriy gidroksidning 10% li eritmasi quyiladi. Aralashma ikki soat davomida xona 
temperaturasida aralashtiriladi. Kondensatlanish reaksiyasi tugashi bilan reaksion massaga 
(lakmus yordamida sinalganda kislotali muhit hosil bo’lguncha) suyultirilgan xlorid kislota 
qo’shiladi va ajratgich voronkaga quyiladi. Yuqoridagi – sariq moysimon organik qavat pastki 
suvli qavatdan ajratiladi. Suvli qavat 16 ml benzol bilan (8 ml dan ikki marta) ekstraksiyalanadi. 
Olingan benzolli so’rim organik qavatga qo’shiladi. Qo’shilgan organik eritma ajratgich 
voronkaga quyiladi, 5 ml suv bilan yuviladi va suv hammomida benzol haydab olinadi. Qoldiq 
vakuumda haydaladi (35-rasm). Dastlabki haydalgan ko’kish tusli bir necha millilitr distillat 
ajratiladi. Haydash mahsulotining qolgan qismi och-sariq rangli bo’ladi. Haydash vaqtida 148-
160
0
C da (25 mm sim. ust.) qaynaydigan fraksiya yig’iladi. Mahsulotni qayta haydab, 137-142
0

da (16 mm sim. ust.) qaynaydigan fraksiya yig’iladi. Benzalatseton uzoq saqlanganda 
kristallanadi. Benzalatseton-ning miqdori 10 g. 
Benzalatseton (metilstirilketon) – plastinkasimon, rangsiz kristall modda, spirt, efir, 
xloroform, benzolda eriydi. T
suyq
42
0
C; qaynash temperaturasi 260
0
C, 126
0
C (9 mm sim.ust.); 
15
15
d
1,0377; 
15
D
n
1,5836; molekulyar massasi 146,19.
Sifat reaksiyasi. Qo’sh bog’ni aniqlash. Probirkada 0,3-0,5 g benzalatseton xloroformda 
eritiladi va bromning xloroformdagi eritmasi qo’shiladi. Bromning rangsizlanishi qo’sh bog’ 
borligidan darak beradi. 

Download 416,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish