Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
1. Tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha olish uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan sxemani yig‘ing.
2. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial nol bo‘ladigan (UKE=0) holatga o‘tkazing.
3. Ekranning o‘ng yuqori burchagidagi tugmani bosib sxemani ishga tushiring.
4. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling. Olingan natijalarni 1-jadvalga yozing.
13.1-jadval. UE sxemasi bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikalari
UKE, V
|
|
V
|
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
8
|
12
|
0
|
U, V
|
22mv
|
30mv
|
278mv
|
563mv
|
869mv
|
2v
|
3v
|
I, mkA
|
20A
|
24A
|
27A
|
56A
|
89A
|
209A
|
334A
|
12
|
U, V
|
61mv
|
57mv
|
320mv
|
615mv
|
616,6mv
|
917mv
|
2,15v
|
I, mkA
|
6A
|
5,5A
|
31,8A
|
61,1A
|
61,23A
|
91,29A
|
215,1A
|
5. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial 12V bo‘ladigan (UKE=12V) holatga o‘tkazing.
6. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling va ularni 1-jadvalda keltiring.
7 . Olingan natijalarga asosan umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning statik volt-amper xarakteristikalarini UKE=0V va UKE=12V uchun quring.
14-laboratoriya ishi
Mavzu: Emitter qaytargich xarakteristikasini tadqiq etish.
Ishni bajarishdan maqsad: Emitter qaytargich xarakteristikasini xarakteriograf yordamida olish va ishlashini tahlil qilish.
Sxemaning tavsifi
Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini xarakteriograf yordamida olish uchun sxema 1-rasmda keltirilgan.
GEN funksional generatorning chiqishidagi amplitudasi U = 10 V va chastotasi f = 1 Gs bo‘lgan kuchlanish qarshiligi 1 kOm bo‘lgan rezistor orqali tranzistorning bazasiga beriladi. TR vaqt relesining ishlash vaqti 2 sekundga teng qilib o‘rnatiladi. GEN generatordan arrasimon kuchlanish ( U = 10 V, f = 1 Gs) qarshiligt 1 kOm bo‘lgan cheklovchi rezistor orqali tranzistorning bazasiga beriladi.
Sxema ishga tushgandan keyin dastlabki 2 sekund davomida tranzistorning kollektoridagi kuchlanish 0 V va keyin esa TR vaqt relesining ishlashi natijasida 12 V bo‘ladi.
Ossillografning gorizontal plastinalariga V kanaldagi kuchlanish (tranzistorning bazasidagi kuchlanish), vertikal plastinalariga esa A kanaldagi kuchlanish (tranzistorning bazasidagi tok) beriladi. SHunday qilib, tranzistorning kirish xarakteristikalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ossillografning ekranida kuzatish mumkin. Sxemada baza tokini o‘lchash uchun tok bilan boshqariluvchi kuchlanish manbasidan foydalanilgan. Uning transformatsiya koeffitsientining o‘lchov birligi V/A = Om, sxemada 1 Om olinganligi uchun bazadagi tok 1mA bo‘lganda ossillografga 1 mV kuchlanish beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |