2. Topshiriqning bajarilishi
―Masofali o‘qitishni tashkil etish va uning o‘quv metodik ta‘minoti‖ modulini o’quv maqsadlarini ishlab chiqish. Pedagog odatda, o’z oldiga o’quvchilar o’quv materialining mazmunini tushunib, o’zlashtirib olib, ma‘lum bilimlarni egallab amaliyotda qo’llashga o’rgansin degan maqsadni qo’yadi. ―Masofali o‘qitishni tashkil etish va uning o‘quv metodik ta‘minoti‖ modulining o’quv maqsadli shajarasi. O’qituvchi o’quv jara‘yonining modulliblokli usulini ishlab chiqishi zarur bo’ladi. Tizim tarkibiga kiruvchi xar bir modul o’zining mazmuni va mohiyati bilan o’quvchilar tomonidan chuqur o’zlashtirish maqsadlari ishlab chiqiladi. ―Masofali o‘qitishni tashkil etish va uning o‘quv metodik ta‘minoti‖ modulining o’quv maqsadli nazorati quyidagi xususiyatlar bilan baholanadi: biladi, tushuntiradi, tadbiq eta oladi. ―Masofali o‘qitishni tashkil etish va uning o‘quv metodik ta‘minoti‖ modulining o’quv maqsadlariga erishish uchun pedagok turli uslublarni ishlab chiqadi.
3. Topshiriqning bajarilishi
Endi o‘quv materiallarini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtaylik. To‘laqonli onlayn o‘qitish loyihasi ko‘rsatma, axborot, nazorat, kommunikativ va boshqarish bloklaridan iborat bo‘ladi.Masofaviy o‘qitish kursi faqatgina mashg‘ulotlar matnigina emas, balki, tarmoqda zarur axborotlarni qidirish, ma‘lumotlar almashish, ma‘lumotlar bazasiga murojaat etish, INTERNET tizimidagi davriy axborot manbalaridan foydalanishdir. Masofaviy o‘qitish o‘zining xususiyatiga ko‘ra individiual o‘qish bo‘libgina qolmay, o‘qituvchi va boshqa o‘quvchilar bilan muloqot qilish imkoniyatini ham rivojlantirishi zarur.Masofaviy o‘qitishning sifati o‘quv kurslarini tashkil etilishiga bog‘liq. Keyingi paytlarda kasbiy darajadagi MO‘ kurslarini yaratish bo‘yicha integrallashtirilgan uckunaviy dasturiy qobiqlar ko‘plab yaratilmoqda. Ular masofaviy kurslarni yuritishda quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi: uskunaviy modul – veb-sahifa, test, so‘rovlar yaratish vositalari, turli kurs elementlarining bir-biri bilan bog‘lanishi va boshqalar; interaktiv modul – chat, veb-forumlar, kursning ichki elektron pochtasi, e’lonlar doskasi, individual sahifalar; boshqaruvchi modul – o‘rganuvchilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi, o‘rganuvchilar faolligini kuzatish vositalari, ularning o‘zlashtirishini nazorat qilish ma’lumotlar bazasi va boshqalar; namoyish qilish moduli – o‘rganuvchilar foydalaniladigan veb-o‘quv materiali; arxiv modul yoki kurs mediatekasi – o‘rganuvchi o‘quv maqsadida qo‘llashi mumkin bo‘lgan matnlar, rasmlar, animatsion, video- va audio- fayllar va shu kabi materiallar kollektsiyasi. Masofaviy ta’limda yuzaga keladigan muammolardan yana biri bu o‘quv materialining foydalanuvchi uchun moslashuvchan bo‘lishidir. O‘quv jarayoni samarasini ko‘tarishda o‘rganuvchi imkoniyatlariga moslashuvchan o‘quv materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bunda o‘quv materialida 2- D, 3-D tasvirlar, izoh, ko‘rsatma, taqdimotlardan tashqari video, audio ma’lumotlardan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida keltirilgan masofaviy o‘qitish tizimini tashkil qilish borasidagi mas’ul xodimlar, dasturchilar, masofaviy kurs o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar tizimni tashkil qilishda muhim muammolardan biri sifatida qaraladi. Biz bu bo‘limda masofaviy o‘qitish tizimini tashkil qilishda duch keladigan va yechilishi lozim bo‘lgan muammolarning asosiylarini ko‘rib chiqdik. Bu borada mavjud bo‘lgan muammolar juda ko‘p. Internetning masofaviy ta’lim portali bu maxsus Internet saytlar (onlayn resurslar). Ush bu saytlarning asosiy vazifasi - ta’lim jarayonini tashkil qilish, 52 yoki boshqa so‘zlar bilan o‘quvchi va o‘qituvchi urtasida elektron on-layn mulokotni urnatish, o‘qituvchilarga o‘quv materiallarni joylashtirish va o‘quvchilarga shu ma’lumotlar bilan hamda boshqa masofaviy ta’lim servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish
Do'stlaringiz bilan baham: |