Ishning metodikasini qisqacha yozish va olingan natijalarini tablitsaga
kiritish
Yoqilg‘ining
miqdori (g)
Yuqolgan massa
(g)
Namlik miqdori
(g)
Uchuvchan birikmalar
miqdori
g
%
Laboratoriya ishi № 21
NEFT MAHSULOTLARINING UCHQUNLANISH VA YONISH
HARORATLARINI ANIQLASH
Neft mahsulotlari uglevodorodlarning murakkab aralashmasi. Ma’lum bir
haroratda
oson
qaynovchi
fraksiyalari
neft
mahsulotlarining
sirtida
uglevodorodlarning bug‘ini hosil qiladiki. Buning natijasida neft bug‘lari olov
yaqinlashtirsak yonib ketadi. Uglevodorod bug‘lari yonib bo‘lgandan so‘ng
to‘xtaydi.
Qizdirilayotgan neft mahsulotlarining sirtida shunday miqdorda neft bug‘lari
hosil bo‘ladiki unga olov yaqinlashtirsak yonib ma’lum vaqtdan so‘ng o‘chadi. Bu
haroratni uchqunlanish harorati deb ataymiz.
Neft mahsulotlarining haroratlarini yana oshirib borsak kam uchuvchan
birikmalar bug‘lanib, ma’lum momentga keladiki, bug‘ga olovni yaqinlashtirsak
uchqunlanishdan yonishga o‘tib ketadi. Neft bug‘lariga olovni yaqinlashtirsak
yonib tezda o‘chmasdan yonishni davom ettirsa bu haroratni yonish harorati deb
ataymiz.
Ishdan maqsad: neft mahsulotlarining uchqunlanish va yonish haroratlarini
aniqlash.
Qurilma va materiallar
1.Uchqunlanish va yonish haroratini aniqlash qurilmasi.
2.Neft va turli neft mahsulatlari (kerosin, neft yog‘lari).
Ishni bajarish tartibi
Neft mahsulotlarining yonish harorati ochiq turdagi qurilmalarda olib boriladi.
Chunki neft mahsulotlarining bug‘lari kislorod oqimi bilan uzliksiz to‘qnashib
turishi kerak.
51
Uchqunlanish haroratini aniqlash uchun 2 xil turdagi qurilmalar ishlatiladi.
Ochiq va yopiq tigelli. Yopiq tigelli qurilmada neft mahsulotlarining uchqunlanish
haroratini aniqlasak, bu qiymat ochiq holda olib borilganga nisbatan 20-30
0
С
gradus past bo‘ladi.
Ochiq holdagi qurilmalar diametri 64 mm, balandligi 47 mm, tigelning
qalinligi 1mm bo‘lgan temir tigel, qumli hammomga solingan. Tigelning tubi bilan
chashka orasidagi 5-8 mm qum solish kerak. Qumning balandligi neft
mahsulotlarining balandligi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
Qumli hamomni shtativga o‘rnatib termometrni 45 mm balandlikka
o‘rnatamiz. Suyuqlikning sathi tigl chetidan 12 mm pastda bo‘lishi kerak. Agar neft
mahsulotlarining uchqunlanish harorati. 210
0
С dan past bo‘lganda bu masofa 18
mm 210
0
С dan yuqori bo‘lganda.
Uchqunlanish haroratini aniqlash uchun qumli hammom qizdiriladi.
Termometr ko‘rsatgichi kuzatib boriladi. Neft mahsulotining haroratini dastlab 1
min 10
0
С ga ko‘tarish mumkin. Uchqunlanish haroratiga 40
0
С qolganda 1 min.
4
0
С tezlik bilan olib boriladi. 10
0
С qolganda 1 min. 2
0
С tezlikda olib boriladi.
Gorelka yoki olov tutub uchqunlanish harorati tekshiriladi. Tekshirish vaqti 2-3
sekunddan oshmasligi kerak. Uchqunlanish harorati deb, neft bug‘larini
yoqqanimizda yonib tezda o‘chsa bu haroratni uchqunlanish harorati deb qabul
qilamiz. Agar uchqunlanish harorati 150 0S dan yuqori bo‘lsa bu yonib o‘chish 6 s
davom etadi. 150
0
С dan past bo‘lsa davomiylik 4 s davom etadi.
Yonish haroratini aniqlash uchun 1 min. Tezlik bilan qizdirishni davom
ettiramiz. Neft bug‘lariga olovni tegizib-tegizib turamiz. Yonish harorati deb neft
bug‘lariga olov tegizganimizda yonib ketib 5 s dan ortiq o‘chmay turgan haroratni
yonish harorati deb qabul qilamiz. Tajribani 2-marta takrorlagan vaqtimizda
olingan natija o‘rtasidagi farq 6
0
С dan oshmasligi kerak.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |