2-LABORATORIYA ISHI
Radioelementlarni tekshirishni o’rganish
Ishning maqsadi:
Radioelementlarning ishga yaroqliligini aniqlashni
o’rganish va oddiy elektr sxemadagi yaroqsiz elementni izlab topishni bilishdan
iborat.
Elektroradioelementlarning ishga yaroqliligini tekshirishning quyidagi
oddiy usullari bor:
Doimiy va o’zgaruvchan qarshiliklarni tekshirish
uchun qo’yidagilarni
bajarish
kerak:
Tashqi
ko’zdan kechirish, o’zgaruvchan rezistorning
harakatlanuvchi mexanizmi va uning qismlari holatini tekshirish, belgisi va
o’lchamlari bo’yicha qarshilikning normal qiymatini aniqlash, ruxsat etilgan
tarqatma quvvatini, aniqlik sinfini va ommetr bilan qarshilikning haqiqiy
qiymatini o’lchash hamda nominaldan og’ishini aniqlash, o’zgaruvchan
rezistorlarda sirg’aluvchan qismi harakatlantirilganda qarshilikning bir tekis
o’zgarishini baholash.
Barcha tipli kondensatorlarni tekshirish
. Elektr yaroqsizligiga quyidagilar
kiradi: kondensatorning elektr teshilishi; plastinalarining qisqa tutashuvi,
dielektrikning eskirishi hisobiga nominal sig’imning ruxsat etilgan qiymatlaridan
ham katta qiymatga o’zgarishi; kondensator ichiga suv kirishi, o’ta qizib ketishi,
deformasiyalar; izolyasiyasining buzilishi sababli sizib o’tish tokining oshishi.
Elektrolitik kodensatorlarda, to’liq yoki qisman sig’imning yuqolishi,
elektrolitning qurishi natijasida yuzaga keladi.
Agar tashqi ko’zdan kechirishda mexanik shikastlanishlar aniqlanmasa,
elektr tekshirish o’tkaziladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
qisqa tutashuvni tekshirish, oyoqlarining butunligini tekshirish, izolyasiya
qarshiligini tekshirish va sig’imni o’lchash.
Sig’im
1
12
asbobi bilan o’lchanadi, agar bunday asbob yo’q
bo’lsa, boshqa usullardan, masalan quyidagilardan foydalanish mumkin: katta
sig’imli kondensatorlar (sig’imi 1mkf va undan yuqori) ommetr yordamida
tekshiriladi. Bunda konedensator oyoqlariga ulangan ommetr strelkasi, agar
kondensator yaroqli bo’lsa asta-sekin o’z boshlang’ich holatiga qaytadi. Agar sizib
o’tish toki katta bo’lsa, asbobning strelkasi boshlang’ich xolatiga qaytmaydi.
O’rta sig’imli kondensatorlar (500 pf dan 1mkF gacha), kondensator
oyoqlariga ketma-ket ulangan telefon va tok manbasi yordamida tekshiriladi.
Kondensator yaroqli bo’lsa, zanjir ulangan onda, telefonda tiqqillash eshitiladi.
Kichik sig’imli kondensatorlar (500nf gacha), yuqori chastota toklari
zanjirlarida tekshiriladi. Kondensator antenna va qabul qilgich orasiga ulanadi.
Agar qabul qilgish balandligi kamaymasa, demak kondensator oyoqlarida uzilish
yo’q.
Induktivlik g’altaklarini tekshirish.
Tashqi ko’zdan kechirishda karkasning,
ekranning, oyoqlarining buzilmaganligiga, g’altakning barcha detallari bir-biri
bilan ishonchli bog’langanligiga, simlarning ko’zga ko’rib turgan uzilishlari, qisqa
tutashuvlar yo’qligiga izolyasiya qoplamalarining buzilmaganligiga ishonch hosil
qilinadi.
Izolyasiyaning, karkasning kuygan, qoraygan joylariga jiddiy e’tibor
beriladi.
Induktivlik g’altaklarini elektr tekshirilish - uzilishiga tekshiruv, qisqa
tutashgan o’ramlarni va g’altaklarning holatini aniqlashdan iborat. Uzilishga
tekshirish ommetr yordamida bajariladi. Qarshilikning katta bo’lishi uzilish yoki
bir necha simlarida yomon kontakt borligini anglatadi. Qarshilikning kichik
bo’lishi simlar aro qisqa tutashuv borligini ko’rsatadi. Oyoqlar qisqa tutashuvida
qarshilik nolga teng bo’ladi. G’altakning nosozliklarini aniqroq nomoyon qilish
uchun induktivlik o’lchanadi. G’altakning ishga yaroqliligini oldindan soz bo’lgan
va uning uchun mo’ljallangan asbobda ham aniqlash mumkin.
Yarim o’tkazgichli diodlar yaroqliligini tekshirish.
Yarim o’tkazgichli
diodlarni tekshirish uchun ularning to’g’ri
t
R
Do'stlaringiz bilan baham: |