Laboratoriya ishi №1 Mavzu: moddalarning fizik konstantalarini aniqlash I shning nazariy asosi



Download 125,79 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2022
Hajmi125,79 Kb.
#688518
1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya №1

I shning bajarish tartibi
19-rasmda ko‘rsatilganidek asbob yig‘ing. Byuretkani (a) rezina nay bilan ulang, voronka orqali shisha nayni (b) suvga to‘ldiring. Byuretka va kolbacha (g) shisha naylar o‘tkazilgan probkalar bilan yaxshilab berkitiladi. Tajriba boshlashdan oldin asbobning germetikligini tekshirib ko‘ring. Buning uchun shisha nayli (b) voronka 10-15 sm ko‘tarib, mahkamlab qo‘yiladi, keyin 3-5 minut davomida byuretkadagi suv sathining holati kuzatiladi. Shu vaqt ichida suv sathi o‘zgarmasa, asbob yaxshi yig‘ilgan bo‘ladi, ishni boshlash mumkin. Tarozida taxminan 0,03 g ga yaqin magniy bo‘lagidan yoki kukunidan tortib oling. Probirkadagi probkani chiqarib oling, voronkali shisha nayni yuqoriga yoki pastga surib, byuretkadagi suv sathini nolda yoki undan pastroqda to‘xtating. Suyultirilgan sulfat kislotadan 5-6 ml o‘lchab oling va uni kichkina voronka orqali kolbachaga quying (nima uchun?). Kolbachaning devoriga kislota tegmaydigan qilib magniy lentasini yopishtiring. Kolbachani probka bilan maxkam bekiting, bunda magniy lentasi kislotaga tegmasin. So‘ngra voronkani yuqoriga va pastga surib byuretkadagi va voronkadagi suv sathlarini tenglashtiring (nima uchun?). Byuretkadagi suv sathini pastki menisk bo‘yicha 0.1 ml aniqlik bilan hisoblang va yozib qo‘ying. Kolbachani silkitib metallni kislotaga tushiring. Nima sodir bo‘ladi? Metallning hammasi erib bo‘lgach, kolbachani uy tamperaturasigacha sovitib, byuretkalardagi suvning sathini yozib qo‘ying. Tajriba vaqtidagi uy temperaturasini (t) va barometrdagi (P) ni yozib qo‘ying.
Kuzatilgan hodisalarni yozish tartibi:
1. Magniyning og‘irligi - V,g
2. Temperatura - t, 0C
3. Bosim - P, mm. sim. ust.
4. Byuretkadagi suvning reaksiyagacha bo‘lgan sathi - a1
5. Byuretkadagi suvning reaksiyadan keyingi sathi - a2
Tajriba natijalarini ishlab chiqish
1. t-temperaturada va P-bosimda magniy siqib chiqargan vodorodning hajmini hisoblash:
V = a2 - a1
2. Topilgan hajmni quyidagi formula bo‘yicha normal sharoitga keltirish:
b
u yerda , T = t + 273 - absolyut temperatura:
h - shu temperaturadagi suv bug‘ining bosimi (ilovadagi 1-jadvalga qarang).
3. Normal sharoitda bir mol vodorod 22,4 l kelishini bilgan holda, siqib chiqarilgan vodorodning massasi (D) hisoblab topiladi.
4. E = B/D formula bo‘yicha magniyning ekvivalenti hisoblanadi, bu yerda B - tajriba uchun olingan magniyning massasi, D - ajralib chiqqan hajmdagi vodorodning massasi.
5. Magniyning topilgan ekvivalentini uning nazariy ekvivalenti bilan solishtirib, necha foiz xato qilinganligi quyidagi formula bo‘yicha topiladi:

Elementlar bir-biri bilan o‘zlarining ekvivalentiga proporsional miqdorlarda birikadi. Shu qoidadan foydalanib, metall ekvivalentini bevosita aniqlash mumkin. Masalan: magniy metali ekvivalentini bevosita aniqlash uchun ma’lum miqdor metall olinib, u oksidga aylantiriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan oksiddagi metall bilan kislorod miqdorini aniqlab metallning ekvivalenti hisoblab topiladi.
Tajriba quyidagicha olib boriladi:
Tarozida 0,2 g magniy kukuni tortib olinadi va uni shu tarozida avvval tortib qo‘yilgan chinni tigelga solinadi. Shundan so‘ng magniyni mo‘rili shkafda nitrat kislota eritmasida eritiladi. 0,2 g magniyni to‘la eritish uchun 2 n nitrat kislota eritmasidan qancha kerakligini hisoblang. Kislota eritmasini tigelga oz-ozdan magniy to‘liq eriguncha quying. Hosil bo‘lgan magniy nitrat eritmasini ehtiyotlik bilan bug‘lating. So‘ngra tigelda qolgan qattiq moddani ochiq alangada cho‘g‘languncha qizdiring (mo‘rili shkafda). Nima uchun? Modda cho‘g‘langach tigelni alangadan oling va eksikatorda sovuting. Sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini ish daftariga yozib qo‘ying.
Tigel sovigandan keyin uni (ichidagi moddasi bilan birga) texno-kimyoviy tarozida torting. So‘ngra tigeldagi modda ikkinchi marta cho‘g‘ holigacha qizdiriladi va eksikatorda sovitilgandan keyin yana tortiladi. Bu jarayon so‘nggi ikkita tortish natijasi bir xil bo‘lguncha (ya’ni magniy nitrat batamom parchalanguncha) takrorlanaveradi. Topilgan natijalar asosida magniyning ekvivalenti hisoblab chiqariladi.
Tajriba natijalarini hisoblash.
1. Chinni tigelning og‘irligi (a).
2. Magniy kukunining og‘irligi (v).
3. Chini tigelning magniy oksid bilan og‘irligi (s).
4. Hosil qilingan magniy oksidning og‘irligi (s-a).
5. Magniy bilan birikkan kislorodning og‘irligi (s-a)-v.
6. Magniyning ekvivalenti:
E=8b/(s-a)-b
Download 125,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish