I shning bajarish tartibi
Asbob (17-rasm) marmar bo‘laklari va xlorid kislota (1:1) bilan zaryadlangan Kipp apparati (1), ketma-ket ulangan (9) va (10) Tishyenko sklyankalari (9) sklyankaga suv yoki natriy gidrokarbonatining to‘yingan eritmasi solingan bo‘lib, bularda karbonat angidrid, vodorod xlorid va mexanik qo‘shimchalardan tozalanadi (10) sklyankaga konsentrlangan sulfat kislota solingan bo‘lib, bu yerda gaz quritiladi va karbonat angidrid to‘ldirib tortish uchun 250-300 ml hajmli kolba (11) dan iborat. Kolbani yuving va quriting. Kolbaning og‘ziga jips kiradigan probka tanlab oling va probkaning qayerigacha kirib turganini belgilang (kolba bo‘g‘zining probkaning oxiri turgan joyga rezina xalqa kiygazib qo‘ying). Kolbani probkasi bilan birga texno-kimyoviy tarozida 0,01 g gacha aniqlik bilan torting. Kolbaning havo bilan birga olingan og‘irligi (V1) yozib qo‘yiladi. Kipp apparatidan chiqqan nay uchini kolba tubigacha tushirib, uglerod (IV) oksid bilan to‘ldiriladi. Uglerod (IV) oksid 3-5 minut davomida yuborilganidan keyin kolbaning og‘zi bekitiladi, birinchi tortilganda probka kolbaga qanday kiritilgan bo‘lsa, bunda ham shu joygacha borsin. Kolbani tortib, ichidagi uglerod (IV) oksidi bilan birga olingan og‘irligi V2 yozib qo‘yiladi. Kolbadan havo to‘la siqib chiqarilganiga va uglerod (IV) oksid bilan to‘liq to‘lganiga ishonch hosil qilish uchun kolbani yana bir necha marta, ya’ni bir xil og‘irlikka erishilgunga qadar (yoki og‘irliklar orasidagi farq taxminan 0,01 g dan oshmasligi kerak) uglerod (IV) oksid bilan to‘ldirib tortiladi. Shundan keyin kolbaning belgisigacha suv to‘ldiriladi va o‘lchov silindri yordamida uning hajmi o‘lchanadi: suvning hajmi Vga teng bo‘ladi. Barometr va termometrga qarab, tajriba paytidagi bosim (R) va temperatura (t) yozib olinadi.
Kuzatishlarni yozish tartibi.
1.Kolbaning probka va havo bilan birgalikdagi og‘irligi-V1.
2.Kolbaning uglerod (IV) oksidi bilan birgalikdagi og‘irligi - V2.
3.Kolbaning tajriba o‘tkazilgan sharoitdagi hajmi -V, ml.
4.Tajriba o‘tkazilayotgan paytdagi temperatura - t, 0S
5.Bosim R1 mm sim. ust.
Natijalarni ishlab chiqish
1. Quyidagi formulalardan foydalanib, kolba hajmi V0 ni va SO2 va 760 mm simob ustuni bosimiga keltiring:
V0 =V1P1T0/P0T1
bu yerda, V- kolbaning hajmi yoki tajriba sharoitidagi SO2 ning hajmi, R1- atmosfera bosimi: T1- uyning absolyut shkala graduslarida olingan temperaturasi (T1=T0+t): P0- normal bosim, T0= 273K.
2. Normal sharoitda 1l havo 1,29 g kelishini bilgan holda, kolba hajmidagi havo V3 hisoblanadi.
3. Normal sharoitda 1 l vodorod 0,09 g kelishini bilgan holda kolba hajmidagi havo V4 xisoblanadi.
4. Kolbadagi uglerod (IV) oksidining og‘irligi V ni hisoblanadi. Buning uchun SO2 to‘ldirilgan kolba og‘irligidan V2 bo‘sh kolba hajmini egallagan havoning og‘irligi yig‘indisini ajratish kerak.
V = V2 - (V1 - V3)
5. SO2 ning vodorodga nisbatan zichligi hisoblanadi, buning uchun kolbadagi SO2 ning og‘irligini, shu hajmdagi vodorod og‘irligiga bo‘linadi.
Dv = B / B4
6. M= 2Dv asosida SO2 ning molekulyar og‘irligi hisoblanadi.
7 . Nisbiy hatoni foizlarda hisoblanadi.
Metall ekvivalentini vodorodni siqib chiqarish usuli bilan aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |