Teodolit tekshirishlari
1. Gorizontal doira adilakini tekshirish 2T30 teodolitidagi kabi bajariladi.
2. Iplar to‘rini tekshirish — 2T30 teodolitidagi kabi tekshiriladi.
3. Kollimatsion xatoni tekshirish (ko‘rish trubaning ko‘rish o‘qi trubaning aylanish o‘qiga perpendikulyar emasligi) 2T30 teodolitidagi kabi bajariladi.
4. Vertikal doira zenit o‘rni 50m dan uzoqroqda joylashgan nuqtaga ko‘rish trubasi teodolitni Dch va Do‘ holatida qaratiladi va vertikal doiradan sanoqlar olinadi. NO‘ teng:
Sanoq olishdan avval vertikal doira adilagi puffakchasi o‘rtaga keltiriladi (puffakcha uchlari tutashtiriladi).
NO‘ bir necha bor har xil nuqtalar bo‘yicha topilib, o‘rtacha arifmetik kiymati hisoblanadi.
NO‘≤± 15" bo‘lishi kerak, aks holda tuzatish qo‘yidagicha bajariladi:
- vertikal doira adilaki tuzatkich vintlarini berkitib turgan qopqoq razvodnoy klyuch yordamida ochiladi;
- trubaning vertikal to‘g‘rilagich vinti yordamida vertikal doira limbida tuzatilgan sanoq (Dch - NO‘) yoki (Do‘ - NO‘) o‘rnatiladi;
- vertikal doira adilagini o‘rnatish vinti yordamida adilak puffakchasining uchlari tutashtiriladi.
Gorizontal doira sanog‘i 6° 01′00″ .
Vertikal doira canog‘i 0° 38′5″
42-rasm. 2T5 teodoliti mikroskopi ko‘rish maydoni
5. Ko‘rish trubasi aylanish o‘qini gorizontalligini tekshirish
Bu tekshirish quyidagicha bajariladi:
- teodolit tik devordan 2 — 3m uzoqlikda o‘rnatilib, gorizontal holatga keltiriladi;
- ko‘rish trubasini teodolitni Dch holatida ko‘rish trubasi ~ 25 — 35° ga ko‘tarib, devorda iplar to‘ri markaziga to‘g‘rilab nuqta M belgilanadi;
- iplar to‘ri markazi aniq M nuqtaga qaratilib DchM da gorizontal doiradan sanoq olinadi;
- ko‘rish trubasi taxminan gorizontal holatigacha pastga tushiriladi va devorda T nuqta iplar to‘ri markazi bo‘yicha belgilanadi va Dcht sanoq olinadi;
- teodolit Do‘ xolatiga o‘tkazilib, truba avval M, so‘ng T nuqtaga qaratiladi va Do‘M, Do‘t sanoqlar olinadi;
- trubaning aylanish o‘qini gorizontal emasligi xatosi i hisoblanadi.
i= 0,25 (Dcht - DchM) - (Dot - DoM).
Tekshirish kamida 2 marta bajariladi. Agar i >15" bo‘lsa, teodolit ustahonada tuzatiladi.
6. Optik shovunni tekshirish
Tekshirish tartibi:
-teodolit shtativ ustida o‘rnatiladi va shtativ tagiga nuqta belgilangan taxtacha (marka) qo‘yiladi yoki tepasiga kichkina mix qoqilgan qozik qoqib qo‘yiladi;
- optik shovun iplar markazi shu belgilarga ko‘targich vintlarni burab to‘g‘rilanadi;
- teodolitni 180° ga aylantirib, iplar to‘ri markazi nuqtadan qanchaga surilib ketganligi aniqlanadi;
- agar nuqta iplar to‘ri aylanasi radiusining yarmidan ko‘pga surilgan bo‘lsa, optik shovun quyidagicha tuzatiladi;
- ko‘rish trubasi tirgovichlari orasida joylashgan doira shaklidagi qopqoqcha ochilib, optik shovun prizmasini ushlab turgan ikkita vint ozgina bo‘shatiladi, so‘ng ulardan bittasi otvyortka yordamida buralib, iplar to‘ri markazi surilish masofasining yarmiga nuqta tomon siljitiladi. Ikkala vint yana mahkamlab qo‘yiladi va qopqoqcha yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |