Sulfit anioni SO32- ni topish. Cho`kma(I)ni distillangan suv bilan 2-3 marta yuviladi. Yuvilgan cho`kmani yarmi HCl ning 2N eritmasida isitib eritiladi. So`ng hosil bo`lgan eritmaga kraxmal bilan ko`k tusga kiritilgan yod eritmasidan bir necha tomchi qo`shiladi. Eritmani rangsizlanishi tekshirilayotgan eritmada SO32- anionlari borligini ko`rsatadi.
Karbonat anioni CO32- ni topish. Cho`kma(I)ning qolgan yarmiga vodorod peroksidning 8-10% li eritmasidan qo`shiladi (CO32-ni topishga halal beradigan SO32-ionini
oksidlash uchun). Shundan so`ng xlorid kislotaning 2N eritmasidan 6-8 tomchi qo`shiladi va chiqayotgan CO2 gaz o`tkazuvchi nay orqali ohakli suvdan o`tkaziladi. Ohakli suvning
loyhalanishi CO32- ioni borligini bildiradi.