3. Kaliy permanganat KMnO4 kislotali muhitda NO2- ionlarini NO3- ionlarigacha oksidlaydi, bunda eritmaning qizil-pushti rangi yo`qolib, rangsizlanadi:
5KNO2 + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5KNO3 +2MnSO4+ K2SO4+3H2O
5NO2- + 2MnO4 + 6H+ = 5NO3-+2Mn2++3H2O
Probirkaga 3-5 tomchi KMnO4 eirtmasidan va suyultirilgan H2SO4 eritmasidan 2-3 tomchi solib, aralashma 50-60°S gacha suv hammomida isitiladi. Keyin 5-6 tomchi KNO2 eritmasi qo`shiladi. Bunda KMnO4 eritmasining rangsizlanishi kuzatiladi.
Reaksiyani o`tkazish sharoiti:
eritmaning pH qiymati 7 dan bir oz kichik bo`lishi kerak;
isitish (qaynaguncha emas) reaksiyaning borishiga imkoniyat yaratadi.
permanganat tomonidan oksidlanuvchi boshqa qaytaruvchilar NO2 ni topishga halaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |