2. Alyuminiy metali kuchli ishqoriy muhitda nitrat ionlarini ammiakgacha qaytaradi:
3NaNO3+8Al+5NaOH+2H2O = 3NH3↑+8NaAlO2
3NO3-+8Al+5OX +2N2O = 3NH3↑+8A1O2-
Probirkaga 4 tomchi natriy nitrat eritmasidan solinadi, natriy gidroksidning 6N eritmasidan 1-2 tomchi qo`shib, bir bo`lak alyuminiy metali solinadi va isitiladi. Probirkaga og`ziga namlangan qizil laqmus qog`ozi tutiladi. Uning ko`karishi kuzatiladi.
Reaksiyani o`tkazish sharoiti:
qaytarish jarayoni unchalik kuchli bo`lmagan ishqoriy muhitda (jarayon shiddatli bormacligi uchun) bajariladi;
eritmada NH4+ ionlari bo`lsa, oldindan ishqor qo`shib qizdirish yo`li bilan yo`qotiladi;
- eritmada NO2- anionini bo`lishi ham NO3- anionini topishga halaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |