Reaksiyaning bajarilishi. Rux tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga ammoniy gidroksid eritmasidan avval 1 tomchi keyin esa ko‘p mikdorda ko‘shiladi. CHo‘kma tushishi va keyinchalik uning erishi kuzatiladi.
2. Kaliy ferrotsianid bilan o‘tkaziladigan reaksiya.
K4[Fe(CN)6] rux ionlari bilan kaliy va rux ferrotsianidning ok cho‘kmasini xosil kiladi.
3ZnCl2 + 2 K4[Fe(CN)6] = Zn3K2[Fe(CN)6]2↓ + 6KCl
3Zn2+ + 2K+ + 2[Fe(CN)6]4- = Zn3K2[Fe(CN)6]2↓
CHo‘kma kislotalarda erimaydi, lekin ishkorlarda erib sinkatlar xosil kiladi. Alyuminiy va xrom ionlari bu reaksiyaga xalakit bermaydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Rux tuzining 3 – 4 tomchi eritmasiga shuncha reaktiv ko‘shiladi va aralashma kaynaguncha kizdiriladi. Kaliy ferrotsianid K4[Fe(CN)6] rux ionlari bilan HCl va NH4OH da eriydigan ok rangli cho‘kma beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |