Laboratoriya ishi №1 №292-001 yo‘lovchi havotaqsimlagichining vazifasi, tuzilishi, ishlashi va sinovi ishdan maqsad



Download 0,97 Mb.
Sana25.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#702293
Bog'liq
№1 лаб 292 йуловчи хаво таксим


LABORATORIYA ISHI №1
292-001 YO‘LOVCHI HAVOTAQSIMLAGICHINING VAZIFASI, TUZILISHI, ISHLASHI VA SINOVI
Ishdan maqsad: Yo‘lovchi havotaqsimlagichining vazifasi, tuzilishi, ishlashi va sinovi tormoz uskunalari, havotaqsimlagich, magistral va bosh qismi, vagon, kompressor, bosh rezervuar, g‘amlama rezervuar, tormoz silindri, pnevmatik, elektropnevmatik tormozlarni qisimlari o’rganish.
Havotaqsimlagichlar xaqida umumiy ma’lumotlar
Yo‘lovchi harakatli tarkibi 1952 yilgacha shartli № 217-219 Vestingauz sistemasidagi tez ta’sir qiluvchi uchtali klapanlar bilan jihozlangan, 1952 yildan boshlab esa Matrosov sistemasi­dagi shartli № 292-001 havotaqsimlagichiga alishtirildi. Bulardan tashqari yo‘lovchi harakatli tarkibida №218, №219 tez ta’sir qiluvchi uchtalik klapanlar, №305, 170, 371 elektrohavotaqsimlagichlari, halqaro yo‘nalishidagi poezd vagonlarida KES havotaqsimlagichi qo‘llaniladi.
Havotaqsimlagichlar harakatli tarkibniig har birligida o‘rnatiladi va tormoz magistralidan g‘amlama rezervuarni siqilgan havo bilan zaryadkalash uchli, tormoz silindrlarida tormoz magistralini razryadkalash kattalitiga teng bo‘lgan siqilgan havo bosimi hosil qilish, magistraldagi bosim oshganda, silindrlardan siqilgan havoni chiqarish bosqichida to‘la yoki qisman chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan.
292-001 havotaqsimlagichi
№ 292-001 havotaqsimlagichi yo‘lovchi harakatli tarkibini barchasida o‘rnatiladi va, qoidaga ko‘ra, elektropnevmatik tormoz sistemasida rezervuarli hisoblanadi.
Havotaqsimlagich korpusi 11 bo‘lgi magistral organi (rasm-6.1), qopqog‘i 15 va tezlashtiruvchi qismidan tashkil topgan. Korpusga porshenli 13, zolotnikli 8, qayta ulovchi po‘kagi 18 bo‘lgan vtulkalar presslab o‘rnatilgan. Bosh 11 va bo‘limli 3 zolotniklar magistralli porshen 12 o‘yimi ramasiga o‘rnatilgan va vtulka 8 oynasiga prujinalar bilan siqilgan.
Vtulka 19 yuzasiga tartiblarni qayta ulaydigan konussimon po‘kak 18 ishqalanib turadi, u harflarga tegishli ravishda korpusiga quyma kilingan harflar uch holatiga ega: K-yo‘lovchi tartibi (qayta ulagich dastagi pastga vertikal o‘rnatilgan), D - uzun tarkibli poezd tartibi (qayta ulagich dastagi qopqog‘i tomoniga buralgan), UV - tezlatgich o‘chirilgan, uzun tarkibli poezd tartibi (dastak keltirgichli flanets tomoniga buralgan).
Keltirgichli flanets tomonidai korpusga buferli 6 va turli fnltri bo‘lgan zaglushka 7 burab kiritilgan. Qopqog‘idan magistralni qo‘shimcha ishga tushirishda kamera bo‘lib xizmat qiluvchi, hajmi 1 l bo‘shlig‘i tashkil topgan. qopqog‘iga tez tormozlash fnltri 14 va buferi 16 o‘rnatilgan bo‘lib, u zaglushka 17 orqali ushlab kolinadi.
Tezlashtiruvchi qismiga tezlatgich porsheni 5 tiraluvchi pruji­na bilan yuklangan tez tormozlash 3 klapan egari presslangan bo‘lib, u tezlatgich porsheniga 5 tiraluvchi prujina bilan yuklangan. Bu prujina bilan porshen prokladkaga 4 siqilgan, rezinali manjeta bilan zichlangan, u prokladkalar va manjeta orasidagi bo‘shliq orasini o‘zaro aloqalovchi, diametri 0,8 mm bo‘lgan diskda teshikchasi bor. Klapan 3 ustama elkasi bilan bo‘ylama oralig‘i 3 mm bo‘lgan porshenni yarim xalqali xoshiyasiga kirib turadi.
Zaryadkada siqilgan havo tormoz magistrali orqali havotaqsimlagichga keladi. Bosima sekin-asta kamayishi bilan, tormoz magistralidagi siqilgan havo g‘amlama rezervuardan unga keltiriladi. Magistraldagi bosim 0,025 mPa ga tezda pasayishi bilan, bu jarayoi vagondan vagonga poezdni dum qismigacha tarqaladi. Tormoz magistralidagi bosimni kamayishi tormoz silindrlarini to‘ldirilishiga olib keladi. Silindrni to‘ldirilishi, g‘amlama rezervuardagi bosim, tormoz magistralidagiga nisbatan taxminan 0,02 MPa dan kam bo‘lmagunga qadar davom etadi. Bu bilan bosqichli tormozlash imkoni ta’minlanadi.
Demak, tormozlapshi biriichi bosqichida ikkita zolotnik - to‘suvchi va bosh zolotniknn siljshpi sodir bo‘ladi. Qayta bosqichda magistralli porshen faqat to‘suvchi zolotnikda siljiydi va bunda magistralni havo bilan qo‘shimcha ta’minlanishi sodir bulmaydi.
Tormoz silindridagi bosim kattaligi uning hajmiga bog‘lik, va g‘amlama rezervuardan keluvchi havo miqdori bilan aniqlanadi.
Tormozda chiqarish bo‘lishi uchun tormoz magistralidagi bosim oshiriladi. To‘siluvchi va bosh zolotniklardagi bosimlar farqi bilan chiqarish va havo bilan ta’minlash bosqichiga erishiladi.

Rаsm 1 №292-001 havotaqsimlagichi















Rаsm 2 №292-001 havotaqsimlagichi
Tez to‘xtatishda bosh va tarkibni dum qismidagi havotaqsimlagichlarni harakati bir muncha farq qiladi.
Bosh qismida tormoz magistralidagi bosnmni tez pasayishi sodir bo‘ladi. Havo zolotnik kamerasi va g‘amlama rezervuar bilan aloqalannb, tormoz snlindri bilan ulanadi. Tormoz silindrini to‘ldirilishi vaqti po‘kakdagi teshikcha o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Siqilgan havoni tormoz magistralidan havotaqsimlagichni ajralish klapanlari orqali poezd dum qismigacha havo bilan yuqori tempda tez ta’minlanishi sodir bo‘ladi, tezlatgichli ishlab ketish to‘lqini poezd bo‘ylab kechikib boradi.
Shuning uchun yaqindagilariga nisbatan uzoqda joylashgan xavotaqsimlagichlar tez to‘xtash emas, yordamchi tormozlash tartibida bo‘ladi. Bu, ayniqsa, uzun tarkibli poezdlar uchun katta axamiyatga egadir. Agar po‘kaknn drosselli teshikchalaridan o‘tib, siqilgan havoni silindrga boshlang‘ich kelib tushishi bo‘lmaganda edi, tor­moz snlindri shtokinn chiqishi sekin bo‘lar va tormoz yo‘li uzayar edi.
Elektropnevmatik tormoz sistemasida №292-001 havotaqsimlagichini tezlatgichi № 305 elektrohavotaqsimlagichi ishlab ketishi sababli ishlamaydi, chunki u g‘amlama rezervuardagi bosimni tez pasaytiradi va boshlang‘ich davrda magistralli porshenni tez to‘xtatishga o‘tishi uchun zarur bo‘lgan bosimlar farqi vujudga kelmaydi.
№ 292-001 havotaqsimlagichidagi magistralli organi ikki bo­simlar organi deb ataladi, chunki uning harakati tormoz silindri va g‘amlama rezervuar orasidagi bosimlar nisbatiga asoslangan.
№ 292-001 havotaqsimlagichlarining yutuqlari ularni ishlashni ikki bosqichida: yo‘lovchi va uzun tarkiblida har qanday yo‘lovchi poezdi uzunligida musbat + va manfiy - temperaturalarda ishlashidagi yuqori mustahkamligidadir.
Kamchiligi: tuzatish va ishlab chiqarishni qiyinlashtiruvchi, ishqalanuvchi metalli detallarning ko‘pligi, tormoz to‘lqini tezligining pastligi (yordamchi tormozlashda 120 m/s va 190-200 m/s tez to‘xtatishda), harakatni silindr hajmiga bog‘likligi, elek­tropnevmatik tormoz sistemasida tez to‘xtatish tezlatgichining ishlab ketmasligi.
Xalqaro to‘g‘ri boradigan yo‘lovchi vagonlari Evropa chet el temir yo‘llari tarkibiga kirgan xalqaro temir yo‘l ittifoqi (XTYI) talablarini qoniqtiruvchi tormoz uskunalariga ega. Bu talablar yarim mustaxkam bo‘lgan, chiqarishi bosqichli bo‘lgan pnevmatik tormozlarni xalqaro aloqada qo‘llanilishini ko‘zda tutadi. Normal zaryadli bosim 0,5 mPa o‘rnatilgan, chiqarishni engillashtirish 0,015 mPa ni tashkil qilishi kerak.
Tormozlashni birinchi bosqichi tormoz magistralidagi bosimni 0,03-0,04 mPa, to‘la to‘xtashi - 0,13-0,16 mPa ga kamaytirilshi bilan erishiladi.
Tormoz silindrniig tarkibli 95% maksimal bosimgacha to‘ldirish vaqti yo‘lovchili tartibida 3-5 s, yukli tartibida - 18-30 s. Maksimal 0,38±0,01 mPa bosimdan 0,04 mPa gacha tormoz silindridagi chiqarish vaqti 15-20 s yo‘lovchili tarkibida va 45-60 s yuklidadir.
Yo‘lovchi poezdlaridagi 15 izgonida bu vaqt 25 s dan oshmasligi kerak. Ishchi kamerasini zaryadlash teshikchasi orqali tormoz ma­gistrali bilan aloqalanishi tormoz silindridagi bosim 0,03 mPa dan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar katta tezlikda tormoz kolodkalarini siqilishini oshirish bilan tormozlash tezkor tartibini bajarish zarurati tug‘ilsa, tormoz silindrlaridagi maksimal bosim 0,38±0,01 mPa; pasaytirilgan tezlikda (50+70 km/soat va pastroqda) tormoz silindrla­ridagi maksimal bosim 0,17-0,18 mPa tashkil qilishi kerak.
Tormoz to‘lqini tezligi tez to‘xtatishda 250 m/s dan kam bo‘lmaganda bajariladi.
Ko‘rsatilgan texnik talablar xalqaro aloqadagi vagonlarda uch bosim qo‘llanilishiga asoslangan havotaqsimlagichlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Eng keng tarqalgan havotaqsimlagichlarga quyidagilar kiradi: xamdo‘stlik mamlakatlari, Germaniya, Vengriya, Ruminiya xalqaro aloqali vagonlari KES firmasni «Knorr-Bremze» turidagisi; Shvetsariya, Avstriya, Polsha vagonlarida erlikon turidagisi; Italiya, Fransiya vagonlarida Vestingauz turidagisi; CHexoslova­kiya vagonlarida DAKO turidagisi bilan jihozlangan.
KES havotaqsimlagichi xamdo‘stlik mamlakatlari temir yo‘llaridagi yo‘lovchi vagonlarida ishlatiladi va ular mexanik yuzga qarshi uskuna va siqilishni tezkor to‘g‘irlagichi bilan jihozlangan. 15-seriya vagonlari diametri 406 mm bo‘lgan ikkitadan tormoz silindrnga va hajmi 100, 150 l bo‘lgan ikknta g‘amlama rezervuarga, 14- va 77-seriya vagonlari esa - diametri 457 mm ikkitadan tormoz silindri va ikknta 150, 200 l xajmli g‘amlama rezervuarga ega.
Havotaksimlagich quyidagi qismlardan iborat: ishchi kamerasi bo‘lgan bosh qismi, ikki bosqichli bosim relesi, g‘amlama rezervuarni zaryadli klapani, tez to‘xtatishni tezlashtiruvchisi.
Havotaqsimlagich yo‘lovchili, tezkor va yuklangan tartiblariga ega.
Yukli tartibi yo‘lovchiligidan tormozni chiqarishi va tormoz sidindrini xavo bilan to‘ldirish vaqti bilan, tezkori esa silindrlaridagi bosimni ikki bosqichli avtomatik to‘g‘irlanishi bilan farqlanadn.
Yutug‘i: KES havotaqsimlagichlari tormozlashga yuqori sezuvchanligiga va tormoz silindridan havo chiqib ketganda, to‘ldirishga yuqori sezuvchanligiga egadir. Ishlatish tajribasi uni yuqori mustahkamligini tasdiqladi.
Kamchiligi: KES xavotaqsimlagichi xamdo‘stlik mamlakatlari temir yo‘llari sharoitlari uchun avtotormozni boshqarishda maxsus qoidalarga rioya qilishni talab qilinishi, elektropnevmatik tormozlardan foydalanishda keyinchilik keltirib chiqaruvchi bosqichsiz chiqarish va elektr boshqaruvi uskunalarini yo‘qligi kamchiligi hisoblanadi. KES havotaqsimlagichlari - 35° - 40° S temperaturagacha yaxshi ishlaydi, undan past temperaturalarda ularni ishlash qobiliyati yomonlashadi.
Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish