SELECT Parfum_Id, Brend_nomi, Ishlab_chiq_davlat, Direktor, mijoz
FROM Parfum_brendd
WHERE Brend_nomi LIKE '[!AD]*'
Bundan tashqari, "kvadrat qavslar" metasomvoldagi harflar to'plami faqat matndagi bitta pozitsiya uchun javob beradi. NOT operatoridan foydalansak, shunday natija olishimiz mumkin.
Ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyalari
Ko'pgina dasturlash tillarida bo'lgani kabi, SQL da ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyalari mavjud. Shuni ta'kidlash kerakki, SQL operatorlaridan farqli ravishda, funksiyalar MBBT ning barcha turlari uchun standartlashtirilmagan, ya'ni ma'lumotlar ustida bir xil operatsiyalarni bajarish uchun, turli MBBTlar o'zlarining funktsiya nomlariga ega. Bu shuni anglatadiki, bitta MBBT da yozilgan so'rov kodi boshqasida ishlamasligi mumkin va buni hisobga olish kerakligini bildiradi. Eng muhimi, bu matn ma'lumotlarini qayta ishlash, ma'lumotlar turlarini almashtirish va sanalarni boshqarish uchun funksiyalarga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |