Funksiya nomi
|
Qiymati
|
DatePart ()
|
Sana qismini qaytaradi: yil, chorak, oy, hafta, kun, soat, daqiqa, soniya
|
Year (), Month ()
|
mos ravishda yil va oyni qaytaradi
|
Hour (), Minute (), Second ()
|
Belgilangan sananing soatini, daqiqalarini va soniyalarini qaytaradi
|
WeekdayName ()
|
hafta kunining nomini qaytaradi
|
DatePart () funksiyasi qanday ishlashini ko'rib chiqamiz:
SELECT ID, [Davlat nomi], [Poytaxti], [Tashkil topgan], DatePart("m",[Tashkil topgan]) AS OY
FROM [Dunyo mamlakatlari]
DatePart () funksiyasi qo'shimcha parametrga ega, bu sananing kerakli qismini aks ettirish imkon beradi. Misolda biz oy raqamini ko'rsatadigan "m" parametridan foydalanganmiz (xuddi shu tarzda biz yilni "yyyy", chorak - "q", kun - "d", hafta - "w", soat - "h", daqiqa - "n", soniya - "s" va boshqalar).
SELECT ID, [Davlat nomi], [Poytaxti], [Tashkil topgan], DatePart("w",[Tashkil topgan]) AS HAFTA
FROM [Dunyo mamlakatlari]
Hisoblanadigan maydonlar
1. Matematik amallarni bajarish
Hisoblanadigan maydonlardan foydalanish usullaridan biri tanlangan ma'lumotlarga matematik amallarni bajarishdir. Tovarlar jadvalidan yana foydalanib, bu qanday amalga oshirilishini qaraymiz.
Har bir davlatning tashkil topganiga necha yil bo’lganligini hisoblaymiz. Buning uchun Tashkil topgan maydonidan davlatning tashkil topgan vaqtini ajratib olamiz va joriy yilni aniqlash funksiyasi (Year(Date()))dan ayiramiz.
SELECT ID, ID, [Davlat nomi], [Poytaxti], Year(Date()) - DatePart("yyyy",[Tashkil topgan]) AS yil
FROM [Dunyo mamlakatlari]
Pul birligi yevro bo’lgan mamalakatlarni aniqlaymiz buning uchun COUNT () funksiyasidan foydalanamiz:
SELECT COUNT(*)
FROM [Dunyo mamlakatlari]
WHERE [Pul birligi] =”yevro”
2. Psevdonimlardan foydalanish
Oldingi misolda biz pul birligi yevro bo’lgan nechta davlat borligini hisobladik va hisoblangan qiymat Expr1000 maydonida aks etdi. Biroq, kelajakda ushbu maydonga murojaat qilish biz uchun noqulay, chunki uning nomi ma'noga ega emas (MBBT maydonga bergan nom - Expr1000). So'rovda oldindan ko‘rsatgan holda maydonni nomlash, ya'ni psevdonim berish numkin. Avvalgi misolni qayta yozib va hisoblanadigan maydon uchun psevdonim beramiz:
SELECT COUNT(*) AS Yevro_Davlat
FROM [Dunyo mamlakatlari]
WHERE [Pul birligi]=’yevro’
Hisoblanadigan maydon ikkinchi_kurslar_soni nomini oldi. Buning uchun AS operatoridan foydalanildi, operatordan so'ng kerakli nomni ko'rsatiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, SQL-da faqat asosiy matematik operatsiyalar qo'llab-quvvatlanadi: qo'shish (+), ayirish (-), ko'paytirish (*), bo'linish (/). Amallar bajaralishi tartibini o'zgartirish uchun qavslardan ham foydalanish mumkin.
Psevdonimlar ko'pincha nafaqat hisoblangan maydonlarni nomlash uchun, balki mavjud maydonlarni qayta nomlash uchun ham ishlatiladi.
3. Maydonlarni birlashtirish (ulash)
Matematik amallardan tashqari, matnlarni birlashtiramiz va uni alohida maydonda aks ettirish mumkin. Matnlarni ulash (birlashtirish):
SELECT [Davlat nomi] + ' ' + [Poytaxti]
AS Davlat_Poytaxt
FROM [Dunyo mamlakatlari]
Do'stlaringiz bilan baham: |