3.Ish joyining tavsifi
Ish joyi sifatida laboratoriya stendi namoyon bo’lib, unda kod translyatorlarining to’rtta varianti mavjud: 3 dan 1 translyatori, 4 dan 1 kodlarini 4 dan 2 va 4 dan 2 kodlarini 2 dan 1 kodlariga o’zgartiradigan translyatorlar.
Bundan tashqari, sintezga taqqoslash sxemasi (TS), kodlarni shakllantiruvchi, ta’minot, nazorat va indikatsiya qurilmalari kiradi. 3 dan 1 nazorat sxemalari, o’zgartirgich translyatorlari hamda TS stendning old panelidagi tashqi o’tkazgichlar yordamida turli usulda birikib, o’zaro ulanadi. Sxemaning alohida elementlari va uzellari holati qurilma ichiga o’rnatilgan umumiy indikator va egiluvchan shup yordamida tekshiriladi. NS kirishlariga 3 dan 1 kodlarini shakllantiruvchi ulanib, u istalgan ketma-ketlikdagi so’zlarni 3S kodi sifatida vujudga keltiradi. O’rganilayotgan sxemalardagi konstanta nosozliklarini fizik modellashtirish sxemaning alohida nuqtalariga (a, b, v, g, d) «1» yoki «0» signallarini uzatish orqali amalga oshiriladi.
X1, X2, X3, Z1, Z2, va Z4 gacha bo’lgan shinalar mos ravishda sxemalarning kirishlari va chiqishlari hisoblanadi. Barcha o’rganilayotgan sxemalar K155 seriyasidagi IMS orqali bajarilgan.
Stend 5 V ga teng barqaror kuchlanishga ega mustaqil tarmoqli ta’minot bloki bilan jihozlangan.
YUklanish tokining qiymati 500 mA gacha bo’lishi mumkin, bu esa 2,5 Vt quvvatga mos keladi. Bunday quvvat yordamida K155 seriyasidagi 10-15 ta mikrosxemalarni ta’minlash mumkin.
Har bir guruhda 5 tadan uch pozitsiyali kalitlar bo’yicha uzib-yoqqichlarning ikki guruhi yordamida bittali konstanta nosozliklari o’rganilayotgan sxemalar ichiga kiritiladi:
KL1-KL5; Kl6-Kl10.
Ular yordamida sxemadagi nosozlikning joyi va xarakteri aniqlanadi, bunda kalitlarning me’yoriy holati – o’rtacha. Kalitni quyi holatga o’tkazish orqali sxemaning ko’rib chiqilayotgan nuqtasiga mantiqiy «0» nosozlik signali (zanjir uzildi) uzatiladi, kalitni yuqori holatga o’tkazish orqali esa mantiqiy «1» (+5V) nosozlik signali uzatiladi.
Laboratoriya stendida o’rganilayotgan sxemalarning buzilishlarini istisno etish uchun lamel’ va shetkali 5 ta mustaqil maydonga ega PK-1 galetli uzib-yoqqich yordamida sxemalar tanlanadi. Bunda diagnostika qilinayotgan sxemaga quvvat beriladi. PK-1 ning har bir maydoni avvalgisiga nisbatan bitta pozitsiyaga (lamel’ga) siljitilgan, bu esa aylanma ta’minot zanjirlariga ehtiyoj qoldirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |