1-rasm. Arduino Uno qurilmasi
1-Elektr manba ulanish porti;
2-USB interfeys;
3-Tashlab yuborish tugmasi;
4-14 ta raqamli kirish/chiqish portlari, ulardan 6 tasi KIM (keng impul’sli modulyatsiya)-chiqish porti sifatida ishlatilishi mumkin;
5-Ichki sxemalarni dasturlash uchun ulanish (ICSP);
6-16 MGts li kvartsli rezonator;
7-6 ta analogli kirish porti;
8- GND - заземление.
Qurilma bilan ishlashdan oldin uni AC/DC-adapteri yoki elektr batareyaga manbasiga yoki USB-kabel orqali kompyuterga ulash zarur.
Ishni bajarish uchun komponentlar
Amaliy mashg’ulotni bajarish uchun quyidagilar kerak bo`ladi (2-rasm):
2-rasm:
470 Om qarshilikka ega rezistor- (elektr sxemada R1 belgili);
LED –(elektr sxemada D1 belgili);
Maket (breadboard);
Maket platalasi uchun o`tkazgichlar;
“Arduino Uno” qurilmasi;
USB standart kabeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |