Ishning bajarilish tartibi.
1-rasm
1-rasm elektr zanjir yig‘iladi. Bunda TG–tangens galvanometr, QU–qayta ulagich, R–rheostat, A–ampermetr, B – o‘zgarmas tok manbai, K – kalit.
2. Tangens-bussolni burib, uning tekisligi NS tekisligi bo‘yicha joylashtiriladi, ya’ni u er magnit maydoni meridianida joylashsin (bunda strelka ko‘rsatkichining bir uchi 00 ni, ikkinchi uchi 1800 gradusni ko‘rsatadi).
3. Elektr zanjiri tekshirilib, tok manbaiga ulanadi.
4. Reostat yordamida turli xil tok qiymatlari berilib, ko‘rsatkich og‘ishi yozib olinadi.
5. Har bir o‘lchash uchun er magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisi hisoblanadi.
6. O‘lchangan va hisoblangan kattaliklar quyidagi jadvalga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |