Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti
Kafedra: Multimedia
Labaratoriya ishi -1
Reklama qilish uchun materiallar tayyorlash va jalb qilish uchun ijtimoiy strategiya ishlab chiqish
Bajardi: 221-18 guruh talabasi
Abdurakhmonov Abdurauf
Toshkent – 2022
Mavzu: Reklama qilish uchun materiallar tayyorlash va jalb qilish uchun ijtimoiy strategiya ishlab chiqish.
Reja:
Reklama tushunchasi.
Reklama maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasida reklama faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlari.
Reklama strategiyasini ishlab chiqish.
Reklama tushunchasi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida mahsulotlar ishlab chiqarishning turlari nihoyatda ko‘paydi. Ayni paytda raqobat ham kuchayib bormoqda. Raqobat aslida bu yaxshi ma'noda sifat uchun kurashishdir. Bozor manfaatlari aynan shu raqobat asosiga quriladi. Yaxshiroq bir kerakli mahsulot ishlab chiqarish, ko‘proq sotish, foyda olish uning asosiy mezonidir. Reklama esa bunga yanada yordam beradi. Binobarin, reklama ko‘zga tez tashlanadi. U daromad to‘g‘risidagi ijtimoiy fikrni o‘stiradi. Natijada tadbirkorlar imkon qadar yangilikka intiladi.
«Marketing», «Reklama» so‘zlari shiddat bilan hayotimizga kirib keldi, ayniqsa bu tushunchalar XX asrga kelib juda rivojlanib ketdi. Marketing – ingliz tilida «Bozor» ma'nosini bildirsa, reklama so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, «Reclamare» - chaqiriq, baqiriq, jalb qilish ma'nosini bildiradi. Ingliz tilida esa «Adverting». Reklama to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot, ya'ni «Informatsiya» bilan bog‘liq bo‘ladi. Chunki har bir reklama zamirida axborot ma'lumot yotadi.
Informatsiya termini ham lotincha bo‘lib, «Informatio»dan kelib chiqqan. Reklamadan hozirgi vaqtda jahon ishlab chiqarish amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Tovarlarning xaridorlarga o‘tishi hamisha ham o‘z-o‘zidan bo‘laveradigan ish emas. Tovar tanqis bo‘lib turgan sharoitlardagina bozor tovarning sifati, bahosi, qanday maqsadlarda ishlatilishi, mavsumiyligi va talabni yuzaga keltiruvchi boshqa omillarni ko‘p surishtirmay, hammasini hazm qilaveradi. Shu bilan birga, bunda tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab qondirilmay qolaveradi. Risoladagidek rivojlanib borayotgan bozor sharoitlarida buyumlarni iste'molchi oladigan bo‘lishi uchun ularning ko‘pchiligini tegishlicha hozirlash, faollik bilan tijorat targ‘ibotini olib borish kerak bo‘ladi. Ana shu o‘rinda xaridorlarning diqqatini tovarlarga jalb qilib, odamlarning qiziqishi va xohishi istagiga ta'sir o‘tkazadigan, rusum bo‘lib qolgan talablar o‘rniga yangilarini yuzagakeltiradigan reklama muhim bo‘lib qoladi. Mana shunday reklama talabehtiyojlarni shakllantiradi. Shundan kelib chiqib ular o‘z imkoniyatlari doirasida ishlabchiqara oladigan tovarlari uchun talabni o‘rganadilar. Shu bilan birga kutilmagan tezlikda jadal rivojlanayotgan firmalar mijoz muammosiga katta e'tibor qarata boshlaydilar, to munosib ishlab chiqilgan marketing dasturlari paydo bo‘lgunga qadar, yaxshi an'analar asosida qurilgan, yo‘llangan mijoz yondashuviga tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |