ВСТАВКА menyusi
1. Разрыв . . . - Dastur tomonidan avtomatik tarzda sahifalarga ajratilish (yangi varaqaga, abzatsga, satrga, ustunga majburiy utish joyini belgilash).
2. Номера страницы . . . - varaqalarga yuqori yoki pastki qismiga, chap, urta yoki ung tomonda varaqa raqami (nomeri) qo‘shish mumkin. Bu buyruq tanlaganimizda quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
Shu oynadagi ПОЛОЖЕНИЕ ruyxat yordamida varaqalarning yuqori yoki pastki qismiga, ВЫРАВНИВАНИЕ ruyxati yordamida esa chap, urta yoki ung tomonda varaqa raqamini (nomerini) qo‘shish mumkin. Pastki qismida joylashgan НОМЕРА НА ПЕРВОЙ СТАНИЦЕ bayrokcha yordamida birinchi varaqada nomer kuyilishi yoki kuyilmasligini ta’minlaymiz. ФОРМАТ... tugmasi bizga nomerlar ko‘rinishini va nechanchisidan boshlashini o‘zgartirishimiz mumkin.
3. Дата и время... - Matnga avtomatik ravishda bugungi kun va vaqtni haqida ma’lumotni qo‘shish
4. Автотекст - Hujjatga avtomatik ravishda har xil doimiy yozuvlar qo‘shish
5. Поле . . . - Hujjatga har xil amallar yordamida vaqt, kun, varaq raqami va x.k. larni qo‘shish
6. Символ . . . - Matnga har xil belgilarni qo‘shish (masalan: © ® § ). Bu buyruq tanlaganimizda quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
Shu oyna orqali biz matnga har xil belgilarni kiritishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli shriftni tanlab, ush bu shrift tarkibiga kiruvchi belgilardan kerakligisini tanlab ВСТАВИТЬ tugmasini bosamiz. АВТОЗАМЕНА tugmasi yordasida esa biz kerakli belgiga qanaqadur harflar ketma ketligini beramiz, va natijada matndagi hamma shu ketma ketliglar shu belgiga aylanadi. КЛАВИША tugmasi esa biz tanlagan belgi uchun klaviaturada tezkor tugmalarni o‘rnatamiz (masalan ? belgi uchun CTRL + 1 tugmalarni o‘rnatishimiz mukin). Shu oynaning СПЕЦИАЛЬНЫЕ СИМВОЛЫ qismi yordamida maxsus kup ishlatiladigan belgilar uchun tayyor ketma ketliglarni kurishimiz mumkin.
7. Примечания - Belgilangan qism mazmuni haqida izoxlarni (sichqonchani shu qismga ko‘rsatganingizda ekranda hosil bo‘ladi) yaratish
8. Ссылка → Сноска . . . - Belgilangan qism mazmuni haqida pastki izoxlarni (varaqlar pastki qismida joylashadi) yaratish
9. Название . . . - Matn qismlariga yoki obyektlariga nom yaratish
10. Перекрестная ссылка . . . - Matnning bir qismidan boshqasiga tez utishni o‘rnatish
11. Оглавления и указатели . . . - Matnning shu qismida mundarija, rasmlar yoki jadvallar va asosiy suzlar ruyxatini qo‘shish.
12. Рисунок - Bu komanda yordamida hujjatiga rasmlar va har xil grafik obyektlar kuyiladi. Ush bu guruhda: Картинки - tayyor rasimlar koleksiyasidan, Из файла - kompyuterda saqlanuvchi rasmni, Автофигуры - tayyor grafik shakllar, Объект Word Art - grafik jixozlangan matn va xokazo.
13. Надпись - Matnga ustki yozuv qo‘shish. Ustki yozuv varaqada emas balki alohida qatlamda yaratiladi va uni varaqa buylab siljitish mumkin.
14. Файл … - Boshqa fayldan kursor turgan joyga matnni qo‘shish
15. Объект - Bu komanda umumlashgan komanda bo‘lib, har xil rasm, karta, diogramma, video, audio, matematik formulalar va boshqa bir qancha murakkab obyektlarni hujjatiga kuyishga xizmat qiladi.
16. Закладка - Matnning shu joyini bitta nom berib belgilab kuyish
17. Гиперссылка - Matnning bir qismidan boshqa qismiga tez utishni o‘rnatish
Do'stlaringiz bilan baham: |