Lab ishlanma. An kim-12


Vazifalar.  Reaksiya tenglamasini tenglang va xulosalarni yozing.  15-tajriba. Moddalarni kislorodda yondirish



Download 29,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/81
Sana19.03.2022
Hajmi29,05 Mb.
#500567
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Bog'liq
Lab ishlanma. An kim-12

Vazifalar. 
Reaksiya tenglamasini tenglang va xulosalarni yozing. 
15-tajriba. Moddalarni kislorodda yondirish

Ishning bajarilish tartibi.
Rasmda ko‘rsatilganidek asbob yig‘ib, nay orqali 
kislorod yuboriladi. Temir qoshiqchada oltingugurt, uglerod, aluminiy kukuni, 
temir sim qizdirilgan holda navbat bilan kislorodli idishga tushiriladi. 
 
28-rasm.
 
Vazifalar. 
Moddalarning kislorodda yonishini taqqoslang. Reaksiya 
tenglamalarini yozing. 
16-tajriba. Ozon hosil qilish

Ishning bajarilish tartibi.
Gaz olish asbobiga rasmda ko‘rsatilganidek 
o‘zgartirish kiritib, idishga kaliy permanganate va konsentrlangan sulfat kislota 
solinadi. Rezina nok orqali havo yuborilganda hosil bo‘lgan ozon yod kraxmalli 
qog‘ozga purkaladi va qog‘oz ko‘karadi. 
 



Kuchkarov M.A. -51- Anorganik kimyo 
7- LABORATORIYA ISHI 
MAVZU: OLTINGUGURT VA UNING BIRIKMALARI 
 
Ishning maqsadi.
Oltingugurtning olinishi va uning xossalariga doir 
tajribalarni amalga oshirish va unga doir ko‘nikmalarni shakllantirish. 
Kerakli asbob va jihozlar.
 
Gaz olish asbobi, shisha nay, spirt lampa,
 
probirkalar, rezina tiqin, konussimon kolba, stakan. 
Kerakli reaktivlar:
Oltingugurt, rux, xlorid kislota, natriy tiosulfat, 
natriy sulfide, nitrat kislota, kaliy permangant, kaliy bixromat, temir (III) xlorid, 
aluminiy kukuni, rux kukuni, sulfat kislota, mis kuporasi. 
Nazariy ma’lumot
.
Oltingugurt qadimdan ma’lum bo‘lgan element. U 
davriy sistemani VI(holkogenlar- ruda hosil qiluvchilar) guruhida joylashgan
tashqi energetik pog‘onasida 6 ta elektron (ns
2
np
6
) bo‘lib bu elektronlar s va p
pog‘onachalarda joylashgan.Bu elementlarning atomlari ikkita elektron 
biriktirib olib o‘zining tashqi qavatini inert gazlarnikiga o‘xshash tugallangan va 
oktet qavatga ayylantirishga intiladi. Ionlanish energiyasi -11.87 eV, elektronga
moyilligi – 2,7 eV, elektromanfiylik- 2,5 ,valentligi – II, , IV, VI, oksidlanish 
darajasi – 2,0, +2,+4,+6,
 
Oltingugurtning umumiy massasi er sharining 0,1% ini 
tashkil qiladi. Oltingugurt erkin holatda vulqonli rayonlarda uchraydi. Bu 
oltingugurt er qaridagi metall sulfidlarining parchalanishi natijasida, suv va 
bakteriyalar ta’sirida hosil bo‘lgan vodorod sulfidning oksidlanishi natijasida hosil 
bo‘ladi. Oltingugurt quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi: 1.Vulqonlar otilishi 
natijasida hosil bo‘lgan vodorod sulfid va sulfit angidrid ko‘rinishida. 2.Sulfidlar 
ko‘rinishida: FeS
2
– pirit, Cu
2
S – mis yaltirog‘i, ZnS – rux aldamasi, PbS – 
qo‘rg‘oshin yaltirog‘i, HgS – kinovar, Cu
2
S ∙ Fe
2
S

yoki FeCuS
2
– xalkopirit, 
Sb
2
S
3
– antimonit, Ag
2
S – kumush yaltirogi, As
2
S
2
– realgar, As
2
S
3
– 
auripigment, MoS
2
– molibdenit, NiS – millerit, Ag
3
SbS
3
pirargirit, CoAsS – 
kobaltin, AsFeS – mishyak kolchedani. 
3.Sulfatlar ko‘rinishida: CaSO
4
– angidrit, CaSO
4
∙ 2H
2
O – gips, MgSO
4
∙ 
H
2
O – kizerit, Na
2
SO
4
∙ 10H
2
O – glauber tuzi, SrSO
4
– selestin, BaSO
4
– barit, 
PbSO
4
– anglezit, CaSO
4
∙ Na
2
SO
4
– glauberit. 4.Oltingugurt birikmalari ba’zi 
mineral suvlar tarkibida, dengiz va okean suvlarida, toshko‘mir tarkibida (1,5% 
gacha), tabiiy gaz tarkibida, o‘simliklar tarkibida (oqsil moddalar 0,8 dan 2,4% 
gacha oltingugurt tutadi), hayvonlar organizmida (odam organizmida har xil 
birikma ko‘rinishida 0,2% atrofida oltingugurt mavjud. Bundan tashqari ba’zi 
mikroorganizmlar (bakteriya va suv o‘tlari) tarkibida ham oltingugurt birikmalari 
mavjud. Tabiatda oltingugurtning quyidagi barqaror izotoplari uchraydi: 
95,02%
32
16
S, 0,75%
33
16
S, 4,21%
34
16
S, 0,02%
36
16
S.
Oddiy sharoitda oltingugurt qattiq modda bo‘lib, kristall yoki amorf 
tuzilishga ega bo‘ladi. Oltingugurtning kristall holatdagi allotropik 
modifikatsiyalaridan eng muhimi ikkita: rombik yoki oktaedrik oltingugurt (α – 
oltingugurt) va monoklinik yoki prizmatik oltingugurt (β – oltingugurt). Tabiatda 
uchraydigan rombik oltingugurtning solishtirma massasi 2,07, suyuqlanish 


Kuchkarov M.A. -52- Anorganik kimyo 
temperaturasi 112,8° C. Rombik oltingugurt 95,5°C dan past 
temperaturalardagina barqaror bo‘ladi, 95,5° C dan yuqorida monoklinik 
oltingugurt barqarordir. Monoklinik oltingugurt prizma shaklidagi tiniq 
kristallardan iborat bo‘lib, uning solishtirma massasi 1,96 g/sm
3
, suyuqlanish 
temperaturasi 119,3°C. Rombik oltingugurtni 100° C da uzoq vaqt tutib turilsa, u 
monoklinik oltingugurtga aylanadi. 95,5° C da monoklinik oltingugurt bilan rombik 
oltingugurt muvozanat holatida bo‘ladi:
S
rombik
↔ S
monoklinik
Bu temperatura rombik va monoklinik oltingugurtlarning bir-biriga aylanish 
temperaturasidir. Rombik oltingugurt monoklinik oltingugurtga aylanganida uning 
hajmi ortadi. Agar muvozanat holatida turgan oltingugurt bosim ta’sir ettirilsa, Le-
SHatele prinsipiga muvofiq modifikatsiyalarning bir-biriga aylanish temperaturasi 
ko‘tariladi. Bosim 1 atm oshirilganda modifikatsiyalarning bir-biriga aylanish 
temperaturasi 0,05° ko‘tariladi.
Xona temperaturasida u ishqoriy metallar, mis, kumush va simob bilan 
reaksiyaga kirishadi. 
Oltingugurt xlor bilan reaksiyaga kirishishi uchun uni suyuqlanish 
temperaturasigacha qizdirish kerak. Vodorod bilan oltingugurtning birikishi uchun 
ancha yuqori temperatura talab qilinadi.Oltingugurt tabiiy manbalardan olishda
uning qanday holatda ekanligini, konni qurshab turgan sharoit hisobga olinadi. 
Agar kon u qadar chuqur bo‘lmasa,lintugurt xuddi toshko‘mir kabi shaxta
usuli kabi qazib chiqariladi. Ko‘pincha tug‘ma oltingugurtda har xil tog‘
jinslari, jips va tuproq aralashgan bo‘ladi. Shu sababli avval uni suyuqlantirib
qo‘shimchalardan qisman tozalanadi. 

Download 29,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish