Lab ishlanma. An kim-12



Download 29,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/81
Sana19.03.2022
Hajmi29,05 Mb.
#500567
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
Lab ishlanma. An kim-12

6-LАBОRАTОRIYA ISHI
MAVZU:
KISLORODNING OLINISHI VA XOSSALARI 
 
Ishning maqsadi.
Kislorodning olinishi va uning xossalariga doir 
tajribalarni amalga oshirish va unga doir ko‘nikmalarni shakllantirish. 
Kerakli asbob va jihozlar. 
Probirkalar, kristalizator, avtomat ravishda 
ishlaydigan gaz olish asbobi, rezina nok, rezina tiqin, shisha va rezina naylar, spirt 
lampasi, gazometr, tubi kesilgan butilka, sklyankalar. 
Kerakli reaktivlar:
Kaliy permanganat, marganets (IV)-oksid, bertole 
tuzi, natriy nitrat, kaliy nitrat, vodorod peroksid, kaliy gidroksid, qizil qon tuzi, 
natriy peroksid, kali bixromat, oltingugurt, uglerod, aluminiy kukuni, temir sim, 
kons.sulfat kislota, yod-kraxmalli qog‘oz. 
 
Nazariy ma’lumot.
Kislorod – Yer po‘stlog‘ida eng ko‘p tarqalgan 
element bo‘lib, Yerdagi hayotiy faoliyat uchun eng zarur kimyoviy 
elementlardan hisoblanadi. Kislorod 1774-yil 1-avgustda J.Pristli va undan 
bexabar holda shu yil 30-sentabrda K.Sheyele tomonidan kashf etilgan 
bo‘lsada ,uni yangi modda sifatida Lavuazye batafsil izohlab berdi.Kislorod 
nomi Lavuazye taklifi bilan lotincha oxugenium-kislota yaratuvchi so‘zidan 
olingan va shu so‘zning birinchi harfi O uning kimyoviy belgisi qilib 
olingan. Uning davriy sistemadagi o‘rni 8 ga, elektron formulasi 1s
2
2s
2
2p
4

nisbiy atom massasi 15,9994=16 ga teng.Kislorod erkin holda atmosfera 
havosida, bog‘langan ya’ni birikma holida suv,minerallar, tog‘ jinslari va 
o‘simlik hamda hayvon organizmlarini tashkil qiluvchi barcha moddalar 
tarkibida uchraydi. Yer qobig‘ining 47% og‘irlik qismini tashkil etadi. 
Molekulyar kislorod havoda 20,94% hajmiy ulushni egallaydi.Suvning 
tarkibida bog‘langan kislorod 89% og‘irlik qismini tashkil etadi. 
Kislorodning nisbiy elektr manfiyligi barcha elementlar ichida faqat 
ftorning nisbiy elektr manfiyligidan kichik bo‘lgani uchun uning oksidlanish 
darajasi F
2
O
2
da +1ga , F
2
O da esa +2 ga teng bo‘ladi. Peroksidlarda 
(Na
2
O
2
) kislorodning oksidlanish darajasi +1 ga , superoksidlarda (KO
2
) ½ 
ga , ozonidlarda (KO
3
) ½ ga , boshqa barcha tarkibida kislorodi bor 
birikmalarda - 2ga teng .Valentligi –II(asosiy birikmalarda), III(is gazida), 
IV(Kislorod peroksidda) ga teng. 
Kislorod -183 C da suyuqlanadi-218,9 C da qattiq holatga o‘tadi. Suyuq va 
qattiq holdagi kislorod paramagnitik xossasi tufayli magnitga tortiladi. 
Kislorodning ikki xil allotropik shakli bo‘lib , kislorod O va ozon O dir. Kislorod 


Kuchkarov M.A. -42- Anorganik kimyo 
rangsiz, mazasiz, hidsiz gaz. Havodan 1,429g/l. Suvda juda kam eriydi. 1l suvda 
20
0
C da 25 ml kislorod eriydi. Yonmaydi, lekin yonishga yordam beradi. .
Kislorodda inert gazlar ftor, xlor, brom, yod, kumush, oltin va platinadan 
boshqa hamma elementlar oksidlanadi. Elementlar kislorodda odatdagi sharoitda 
oksidlanganda oksidlar yoki peroksidlar hosil bo‘ladi: 
2H
2
+O
2
=2H
2
O C+O
2
=CO

S+O 
2
=SO
2
4NH
3
+ 5O

= 4NO+6H
2

2H
2
S + O
2
=2H
2
O+ 2S CH
4
+2O
2
=CO
2
+2H
2

2Na+O
2
=Na
2
O
2
2Mg+O
2
=2MgO
Labaratoriyada kislorod ko‘pincha metal oksidlarini yoki kislorodli 
kislotalarning tuzlarini termik parchalash yo‘li bilan olinadi:
Simob oksidini parchalash yo‘li bilan: 
2HgO=2Hg+O
2
Bertole tuzini qizdirib parchalash:
2KClO
3
=2KCl+3O

Ishqoriy metallar nitratlarini qizdirib parchalash: 
2NaNO
3
= 2NaNO
2
+O

Kaliy permanganatni qizdirib parchalash: 
2KMnO
4
=K
2
MnO
4
+O
2
Suvni elektroliz qilish: 
2H
2
O=2H
2
+O

Vodorod peroksidni katalizator marganets(lV)-oksid ishtirokida suv va 
kislorodga parchalash: 
2H
2
O

= 2H
2
O+O


Download 29,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish