Talab qilib olingunga qadar depozitlar – bu bankni oldindan ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag‘lardir.
Ularga joriy, hisob-kitob, budjet va hisob-kitoblarni amalga oshirish yoki mablag‘lardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq hisobvaraqlardagi mablag‘larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag‘idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob-kitoblar uchun mo‘jallangan. Bu hisobvaraqdagi mablag‘lar harakati naqd pul, pul o‘tkazish, boshqa hisob-kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bank likvidligini boshqarish nuqtayi nazaridan qaraganda joriy va budjet hisobvaraqlari, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish bo‘yicha hisobvaraqlar, maxsus hisobvaraqlar banklar uchun foydaliroq hisoblanadi.
Chunki bu mablag‘lar yuqori likvidlilikka ega. Bu depozit turin ing asosiy kamchiligi – ular bo‘yicha foizlarning juda kam miqdorda to‘lanishi yoki umuman to‘lanmasligidir. Bundan tashqari joriy va budjet hisobvaraq egalari o‘zlarining statuslaridan kelib chiqib kredit olmaydilar, bu esa banklarga mablag‘larni o‘z rejalari asosida ishlatishga imkon beradi.
Talab qilib olguncha bo‘lgan depozitlarga banklarning korrespondent banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘larini ham kiritish mumkin. Bu hisobvaraqlar ular hisob-kitoblarni va to‘lovlarni bir tomonlama tartibda yoki bir-birlarining topshiriqlari bo‘yicha amalga oshirish maqsadida ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan vakillik hisobvarag‘i „Nostro“ schoti, mazkur bank boshqa bank uchun ochgan vakillik hisobvarag‘i „Loro“ schoti deb yuritiladi va bunday hisobvaraqlarini ochish banklararo imzolangan shartnomaga muvofi q amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqlardan to‘lovlar, qoidaga ko‘ra, ulardagi mablag‘lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi kerak. Ular bo‘yicha mavjud mablag‘lardan ko‘proq operatsiyalar o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda, vakilga alohida balans hisobvarag‘idan overdraft krediti berilishi mumkin.
Talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarga kontokorrent hisobvarag‘i mablag‘larini ham kiritish mumkin mumkin.
Xalqaro bank amaliyotida talab qilib olinguncha yuqoridagi depozitlardan tashqari nau-hisobvaraqlar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini yozib berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiritiladi.
Talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada mablag‘ni qo‘yish yoki olish mumkin;
depozit muddati chegaralanmagan;
kam miqdorda foiz to‘lanadi;
bu turdagi depozitlar bo‘yicha Markaziy bankka o‘tkaziladi-gan majburiy rezervlar salmog‘i yuqori va hokazo.
Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‘lar tarkibida ta lab qil ib olinguncha bo‘lgan depozitlar turlicha hajmga ega. Bu odatda, bank resurslarini shakllantirishning eng arzon manbayidir. Mablag‘larning yuqori harakatchanligi tufayli talab qiluvchi hisobvaraqlardagi qoldiq doimiy emas, ba’zida juda o‘zgaruvchan. Hisobvaraq egasi istagan paytda mablag‘larini olish ehtimoli bank oborotida yuqori likvid aktivlarning hissasi ko‘p roq bo‘lishini talab qiladi. Bu esa kamroq likvidlikka ega bo‘lgan, biroq yuqori daromad keltiruvchi aktivlar hissas ining qisqarishi evaziga yuz beradi. Shu sababli banklar ta lab qilib olingungacha bo‘lgan hisobvarag‘i egalariga past foiz to‘laydilar yoki umuman to‘lamaydilar. Biroq, banklar bu hisobvaraqlardagi mablag‘lar ning yuqori darajadagi harakatchanligiga qaramasdan, ularning minimal, doimiy qoldig‘ini aniqlash va ulardan barqaror kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Muddatli depozitlar – bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‘yilgan muddatda o‘zgarmas bo‘lishi lozim va ular joriy to‘lovlar uchun ishlatilmaydi.
Muddatli qo‘yilmalar mablag‘larni shartnoma bo‘yicha muddat va shartlarda to‘liq bank ixtiyoriga berishni anglatadi, bu muddat tugashi bilan muddatli qo‘yilma xohlagan paytda egasi tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Muddatli qo‘yilma bo‘yicha to‘lanadigan foiz hajmi depozit muddati, summasi va shartnomaning pul qo‘yuvchi tomonidan bajarilishiga bog‘liqdir. Qo‘yilmaning muddati va summasi qanchalik katta bo‘lsa, foizi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizd ek amaliyotda, asosan, 1, 3, 6, 9, 12 oy yoki yanada uzoqroq muddatga qo‘yilmalar rasmiylashtiriladi. Bunday aniq chegara lar pul qo‘yuvchilarni o‘zlarining mablag‘larini ratsional tashkil qil ish va qo‘yilmalar qo‘yish, shuningdek, banklarga o‘zlarining likvidliklarini boshqarish uchun sharoit yaratadi. Pul qo‘yuvchi tomonidan qo‘yilma bo‘yicha mablag‘larni muddatidan old in olinganda u shartnomada ko‘rsatilgan foizlardan to‘liq yoki qisman mahrum bo‘lishi mumkin. Odatda bunday hollarda foizlar talab qilib olingungacha qo‘yilmalarga to‘lanadigan foizlar hajmigacha pasaytiriladi.
Muddatli depozitlar bankka depozitlarning boshqa turlariga nisbatan barqaror resurs bazasini ta’minlaydi. Shu bois tijorat bankl ari muddatli depozitlar salmog‘ini ko‘paytirishga harakat qil ishlari lozim.
Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
aniq muddatga ega va ular bo‘yicha o‘zgarmas (depozit siyo-satida ko‘rsatilgan) foiz to‘lanadi;
joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi;
mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim, aks holda foiz to‘lash bo‘yicha shartnoma bekor qilinadi va talab qilib olingungacha bo‘lgan depozit miqdorida foiz to‘lanishi mumkin;
mablag‘lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‘nal-tiriladi;
majburiy rezerv normasi nisbatan past bo‘lishi mumkin va hokazo.
Jamg‘arma depozitlari aholi pul jamg‘armalarining to‘planishi uchun xizmat qiladi. Jamg‘arma depozitlarga pul mablag‘larini jamg‘arish yoki saqlash maqsadida shakllantirilgan qo‘yilmalar kiradi. Ularning xususiyatli tomonlari – saqlashning rag‘batlantirilishi va yuqori daromadlilik darajasi, ma’lum davr ichida jamg‘arila borishi kabilardir.
Jamg‘arma depozitlari deganda, faqatgina aholi mablag‘larining muddatli qo‘yilmalar yoki talab qilib olingungacha hisobvaraqlarida jamg‘arilishi bilan bog‘liq har qanday operat siyalar tushuniladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari bal ansida aholi qo‘yilmalari „Kredit tashkilotlarida buxgalter iya hisobining yangi schotlar reja“siga muvofi q balans schotdan hisoblanadi.
20206-schotda – jismoniy shaxslarning talab qilib olingungacha depozitlari.
20406-schotda – jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari.
20606 – jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari.
Qo‘yilma summasi bank kassasiga naqd pulda yoki naqd pulsiz qo‘yilishi mumkin. Qo‘yilmaning shakllanish usuliga ko‘ra bu operatsiyalar buxgalteriya hisobida turlicha aks ettiriladi. Masalan: qo‘yilmani bank kassasiga naqd to‘laganda quyidagi buxgalteriya hisob-kitoblari amalga oshiriladi.
Debet schoti № 10101 – „Kassadagi naqd pul“.
Kredit schoti № 20206 – Agar qo‘yilma „Talab qilingungacha“ hisobvarag‘idan pul o‘tkazish yo‘li bilan shakllansa, unda hisobkitoblar quyidagicha:
Debet schoti № 20206
Kredit schoti № 20406
Qo‘yilma summasining boshqa kredit tashkilotidan kelishi qu yidagicha aks ettiriladi:
Debet schoti № 10501 – „Boshqa banklar vakillik hisobvaraqlaridan qabul qilishga“.
Kredit schoti № 20206
6-jadval