26
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib
berishdan iborat.
Bu maqsadga erishishnishning muhim shartlari sifatida
quyidagilarni ko‛rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‛rsatkichlarning holati
va harakatini obyektiv aks
ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan
yondashuv;
3) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini obyektiv
ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar
amaliyotida o‛ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushuntiradi;
4) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli
darajasini o‛stirishga yo‛naltirish;
Makroiqtisodiy ko‛rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‛sishi
yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‛z iqtisodiy
siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‛rsatkichlar, birinchidan, bizga
ma’lum vaqt oralig‛idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy
iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir
qiluvchi omillarni aniqlash
imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiktisodiy ko‛rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot
harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash,
qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‛rgazmali shaklda aks
ettirish imkonini beradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‛rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan
foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy
muvozanatlik holatini aks etiradi.
Mamlakatning makroiqtisodiyoti qay darajada ekanligi uning ayrim
ko‛rsatkichlari orqali aniqlanadi va uning o‛ziga xos tahlili ham mavjuddir.
Makroiqtisodiy tahlilning asoschisi bo‛lib J.Keyns hisoblanadi. U o‛zining 1936
yilda chiqqan “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”
nomli kitobida
makroiqtisodiy tahlil qilish ta’limotini yaratdi. Shuning uchun J.Keynsni
iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada tahlil qilishning asoschisi deb hisoblaydilar.
27
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish,
milliy iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‛yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‛rsatkichlardan
foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga narx berishda qo‛llaniladigan
ko‛rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‛rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha
subyektlari faoliyatiga umumiy narx berish, makroiqtisodiy tahlil o‛tkazish,
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‛jaligida raqobatga
bardoshliligi darajasini
aniqlash imkonini beradi.
Makroiqtisodiy holatni aks ettiruvchi asosiy ko‛rsatkichlar quyidagilar:
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy
daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy
tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol (C), Jamg‛arish (S) ko‛rsatkichlarining
hajmi va o‛sish sur’atlari;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
- mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‛sish
suratlari;
- resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‛rsatkichlar
(Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
- davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol narxlari indeksi, inflyatsiyaning
o‛sish sur’atlari;
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
- aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning
jamg‛armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko‛rsatkichlar
umumiy
makroiqtisodiy vaziyatga narx berishda qo‛llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD,
ShD, ShTD, C, S ko‛rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va
dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu ko‛rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida
aniqlanib, ularni hisoblashning asosini “Milliy hisoblar tizimi” (MHT) tashkil
etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‛tagani holda uning
28
standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‛rsatkichlarni hisoblash,
mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat
iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‛rganish, unga tizimli narx berish uchun
yuqorida sanab o‛tilgan barcha ko‛rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir
tomonlama yondoshuvga yo‛l qo‛yilishi mumkin.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‛yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‛rsatkichlardan
foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‛llaniladigan
ko‛rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‛rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha
subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‛tkazish,
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‛jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini
aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: