JAHON CH EM PIO NATLARI
E r k a k la r
T /r
Y il
0 ‘tkazilgan joyi
I o ‘rin
II o ‘rin
II I o ‘rm
1
.
1949
Praga,
Chexoslovakiya
SSSR (sobiq)
Chexoslo-
vakiya
Bolgariya
2.
1952
M oskva
SSSR (sobiq)
Chexoslo-
vakiya
Bolgariya
3.
1956
Parij, Fransiya
Chexoslo-
vakiya
Ruminiya
SSSR (sobiq)
4.
1960
Rio-de-Janeyro,
Braziliya
SSSR (sobiq)
Chexoslo-
vakiya
Rum iniya
5.
1962
Moskva
SSSR (sobiq)
Chexoslo-
vakiya
Rum iniya
6.
1966
Praga,
Chexoslovakiva
Chexoslo-
vakiya
Ruminiya
SSSR (sobiq)
7.
1970 Sofiya, Bolgariya
Germaniva
Bolgariya
Yaponiya
8.
1974
Mexiko, M eksika
P oPsha
SSSR (sobiq)
Yaponiya
9.
1978
Rim, Italiya
SSSR (sobiq)
Italiya
Kuba
10. 1982
Buenos-Ayres,
Argentina
SSSR (sobiq)
Braziliya
Argentina
11. 1986
Parii, Fransiya
A QSH
SSSR (sobiq)
Bolgariva
12. 1990
Rio-de-Janeyro,
Braziliya
Italiya
Kuba
SSSR (sobiq)
13. 1994
Afina, Gretsiya
Italiya
Gollandiya
AQSH
14. 1998
Tokio, Yaponiya
Italiya
Yugosla-
viya
Kuba
15. 2002
Buenos-Ayres,
Argentina
Braziliya
Rossiya
Fransiya
16. 2006
Tokio, Yaponiva
Braziliya
Polsha
Bolgariva
17. 2010
Rim, Italiya
Braziliya
Kuba
Serbiya
A y o lla r
1
.
1952
M oskva
SSSR (sobiq) Polsha
Chexoslo-
vakiya
2.
1956
Parij, Fransiya
SSSR (sobiq) Ruminiya
Polsha
3.
1960
Rio-de-Janevro,
SSSR (sobiq)
Yaponiya
Chexoslo-
Braziliya
vakiva
4.
1962
Moskva
Yaponiva
SSSR (sobiq)
Polsha
5.
1967 Tokio, Yaponiya
Yaponiya
AQSH
Janubiy
Koreya
6.
1970 Varna. Bolgariya
SSSR (sobiq) Yaponiya
Janubiy
Koreya
7.
1974
Gvadalaxara,
Meksika
Yaponiya
SSSR (sobiq)
Janubiy
Koreya
8.
1978
Leningrad
Kuba
Yaponiya
SSSR (sobiq)
9.
1982
Lima, Peru
Xitoy
Peru
AQSH
10. 1986
Praga,
Chexoslovakiya
Xitoy
Kuba
Peru
11. 1990
Pekin, Xitoy
SSSR (sobiq)
Xitoy
AQSH
12. 1994
San-Paulu,
Braziliya
K uba
Braziliya
Rossiya
13. 1998 Tokio, Yaponiya
Kuba
Xitoy
Rossiya
14. 2002
Berlin, Germaniya
Italiya
AQSH
Rossiya
15. 2006
Tokio, Yaponiva
Rossiya
Braziliya
Serbiya
16. 2010 Tokio, Yaponiya
Rossiya
Braziliva
Yaponiva
2.2. 0 ‘zbekistonda voleybolning vu ju d g a kelishi
va riv o jla n ish tarixi
Tarixni, ajdodlarimiz m erosini bilmay turib bugungi kunga baho
berish, kelajak loyihasini chizish va istiqlol binosini qurishga kirishish
boshi berk ko'chaga kirib qolish ehtimolidan holi emas. Shuning uchun
har bir sohani joylarda vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o ‘rganmay
shu sohani bugungi va ertangi istiqbolini ta’m inlash mushkul
muammodir. Voleybol jism oniy tarbiya va sport tizim ining yirik va
mustaqil irmoqlaridan bin hisoblanib, 0 ‘zbekiston, uning viloyatlari va
tumanlarida o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Voleybol 0 ‘zbekistonda
eng ommalashgan Sport turlari qatoriga kirsa-da, respublikam izning
barcha mintaqalarida u turli darajada «obro‘-e ’tibor» qozonib kelgan.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, vodiy shahar v a qishloqlarida
voleybol
boshqa viloyat
tum anlaridagiga
nisbatan
samaraliroq
«hurmat»ga sazovor bo‘lgan. Bunday vaziyatning sabablari deyarli shu
viloyatlar tarixiy-ijtimoiy negizlari bilan bogMiq deb taxm in qilinsa-da.
lekin m asala chuqur izlanishni, m avzuga oid tarixiy m a’lum otlam i ilmiy
asosda o ‘rganishni taqozo etadi.
V oleybol 0 ‘zbekistonda qachon, qayerda va qanday vaziyatda
vujudga kelgani haqida aniq m a’lum ot y o ‘q. Lekin ayrim taxminlarga
qaraganda Í 921—24-yillarda voleybol o ‘yini Q o‘qon, Toshkent va
Farg‘o n ada vujudga kela boshlagan. 0 ‘sha davm ing sport veterani
K .L ebedevning hikoyasiga binoan 1924—25-yillarda ko‘pgina yoshlarni
doira shakiida joylashib bir-birlariga to ‘p uzatish o ‘yinlari tarqala
boshladi. Q iziq, mazkur davrda voleybol bo'yicha qabul qilingan
halqaro m usobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo‘lib, m aydoncha
9x18 m, to ‘p bilan faqat uch m arta o‘ynash mumkinligi, o ‘yinchilar
tarkibi bir jam o ad a 6 kishidan iborat bo‘lishi, to‘rni balandligi 243 sm
(erkaklar uchun), hisob 15 ochkoga yetganda o ‘yinning bir boMimi
yakunlanishi, to ‘pni o ‘yinga kiritish - xullas. barcha o ‘yin qoidalari
zam onaviy voleybol o ‘y ¡ni qoidalariga o'xshash edi. Shunga qaramay
O kzbekistonda voleybol qoidalari 1924—25-yillarda hali ancha sodda
boMgan.
0 ‘sha davm ing sport ixlosmandi V.I.Perevoznikovning
aytishicha,
1926-yilda Toshkent shahridagi Chernishevskiy nomli
m aktab o ‘qituvchisi Moskvadan m usobaqa qoidalari, voleybol to ‘ri va
to‘pini blrinchi bor keitirgan. 1927-yilning 26-aprelida esa aynan shu
m aktabning voleybol to'garagi jam oasi birinchi rasmiy musobaqa
tashkil etib, unda u yuksak m ahorat ko‘rsatdi va m usobaqa g‘olibi
bo‘ldi. M azkur musobaqa voleybolni ommaviylashishi va shakllanishida
katta burilish kashf etdi. 1927-yilning yoz oylaridan birida voleybol
bo‘y ich a T oshkent shahar birinchiligi o ‘tkazilib, unda 9 ta voleybol
jam oasi ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol jam oasi bu
m usobaqada ham g ‘oliblikni q o ‘ldan bermadi.
V oleybolni
keng om m aviylasha borishiga KIM stadionida
o ‘tkazilib kelingan m usobaqalar katta ta’sir ko'rsatdi.
1927-yilda Toshkentda 6 ta voleybol maydonchasi mavjud bo‘lib,
ular C hernishevskiy va KIM nom li maktablarda, Mexanika texnikumida
(2 ta), «M etallist» sport to‘garagi qoshida va Profintem yozgi sport
klubida joylash gan edi.
1928-yilda Toshkentda kuzgi voleybol musobaqalari bo‘lib o‘tdi,
unda 10 ta erkaklar va 4 ta ayollar jam oalari qatnashgan edi. 1929-yildan
boshlab voleybol bo‘yicha T oshkent shahar birinchiligi muntazam
o 'tk azila boshladi.
1930-yillarda «Dinamo» k o ‘ngilli sport jam iyatida voleybol
jam oalari tuzildi. Ilk bor tuzilgan «Dinamo» voleybol jam oasining
birinchi
murabbiysi
B.A.Voronsov
0 ‘zbekistonda
voleybolning
rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shdi. Shu bilan bir qatorda malakali
mutaxassislami yetishm asligi, ayniqsa m ahalliy m illatga mansub
y o ‘riqchi,
m urabbiy
va
tashkilotchilami
sanoqli
bo‘lganligi
voleybolning uzoq viloyat va qishloqlarda quloch yozishiga xalaqit berib
keldi.
M ehnatkashlami, ayniqsa ayollami jism oniy tarbiya va sportga,
jum ladan, voleybolga jalb qilish maqsadida T oshkent shahar Kengashi
Toshkent mavze qo‘mitasi bilan birgalikda 1929-yil 25-apreldan 15-
maygacha Respublika miqyosida amaliy haftalik tashkil qilgan edi.
M azkur tadbir sezilarli natijalar berdi. Jum ladan, joylarda jismoniy
tarbiya va sport, aksariyat voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni keskin
ortib
borishi
ko‘zga
tashlandi.
Ko‘pgina
jo ylard a
voleybol
maydonchalari va boshqa sport inshootlari barpo etilishi avj olib bordi.
0 ‘quv-trenirovka ishlariga va mutaxassislarning m alakasini oshirishga,
alohida ahamiyat berildi. 1929-yil 30-sentabrda Sam arqandda mahalliy
millatga mansub bo'lgan yoshlardan iborat jism o n iy tarbiya va sport
bo‘yicha y o‘riqchi-tashkilotchilar tayyorlandi.
1933-yilda 0 ‘zbekiston Spartakiadasi o ‘tkazildi. Erkaklar o ‘rtasida
«Dinamo» va ayollar bahsida « 0 ‘ztrans» jam oalari birinchi o ‘rinni
egalladi.
1934-yil o 'zbek voleyboli uchun muhim burilish yili bo‘lib qoldi.
Jumladan, o ‘zbek voleybolchilari birinchi bor M oskvada mamlakat
birinchiligida ishtirok etdi. Shu yili voleybol birinchi bor 0 ‘rta Osiyo va
Qozog‘iston Spartakiadasi dasturidan o‘rin oldi.
1936-yilda Toshkentda «Jismoniy tarbiya turkum i» va «Fizkultura
UYI» ochilishi voleybolning yanada om m aviylashishida katta ahamiyat
kashf etdi. Bundan tashqari, Toshkent m oliya-iqtisod institutida
voleybol bo‘yicha m ashg‘ulot va musobaqalar o ‘tkazishga m o‘ljallangan
katta sport zali ochildi. Samarqandda shahar m a ’m uriyati va shahar
fizkultura Kengashi Qaroriga binoan 60 kishiga m o‘ljallangan voleybol
sport maktabi ochildi.
Shuni ham ta ’kidlash o ‘rinliki, o‘zbek voleybolini ilk bor ravnaq
topishida A.Saakov, G.L.Keshishev, V .X .Shnurov, V.F.Shveduks,
A.A.Bogachenko, B.A.Voronsov kabi m urabbiylam ing xizmati alohida
ahamiyatga ega.
1938-yilga kelib O ‘zbekistonda kuchli jam o alam in g soni 72 taga
yetdi. Bular SAGU «Dinamo», ODO, Q urihsh texnikum i, «Lokomotiv»,
VI
17
• y i r mli
P I
k iitu l
: nnsi
0 ‘zTRAN S,
SazPI
(Toshkent),
Farg‘ona,
Xorazm,
Buxoro,
Q oraqalpog‘iston, Samarqand, Q o‘qon va boshqa jamoalardir.
1938-yilning dekabridan boshlab birinchi bor Konstitutsiya kuniga
bag‘ishlangan a n ’anaviy musobaqalar tatbiq etildi.
1939-yilning fevral oyida Toshkentga Moskva «Lokomotiv»
jam iyatining kuchli voleybol jam oalari tash rif buyurishdi. 0 ‘tkazilgan
m usobaqalarda Toshkentning ayollar terma jam oasi 2:1 hisobi bilan
g ‘alaba qozonishgan bo‘lsa, erkaklar jam oasi magMub bo‘ldi.
V oleybolning
yanada
ommaviylashishiga
va
voleybolchilar
m ahoratining
oshishiga
1939-yilda
o ‘tkazilgan
mam lakat
birinchiligining Toshkentda tashkil qilingan zonal musobaqalari katta
asos bo‘ldi. B u zonal m usobaqalarda «Nauka» (Tbilisi), «Spartak»
(Stalinobod), «Uchitel» (Chkalov), «Lokomotiv» (Baku), «Uchitel»
(Kuybishev), «Spartak» (Ashxabad) va «Stroitel» (Toshkent) jam oalari
ishtirok etishgan edi. Toshkentning erkaklar jam oasi uchinchi, ayollar
jam oasi to ‘rtinchi o ‘rinni egalladi.
U)ug‘ V atan urushi yillarida m usobaqalar soni ancha kamaygan
bo‘lsa-da, voleybol aholini jismoniy-harbiy tomondan tayyorlashda o ‘z
vazifasini topdi. 0 ‘sha davr hisoblariga qaraganda 1941-yiIning 1-
yanvarida e ’lon qilingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikada voleybol
bilan shug‘ullanuvchilam ing soni 14429 kishini tashkil etgan.
1941-yilning oktabr oyida 0 ‘zbekistoning barcha vilovat, shahar va
tumanlarida harbiy o ‘quv shaxobchalari tashkil etilib, ular faoliyatida
jism oniy tayyorgarlikka alohida e ’tibor berildi. 1943-yil 18-iyulda
0 ‘zbekiston
sportchilari
va
sport
ixlosmandlari
«Mamlakat»
fizkulturachilar kunini nishonlashdi. «Pishchevik» stadionida mazkur
sanaga bag‘ishlangan voleybol musobaqalari bo‘lib o ‘tdi.
U rushning o g ‘ir yillariga qaramasdan 0 ‘rta Osiyo va Qozog'iston
Respublikasi Spartakiadasi o ‘tkazilib, undagi dastur bo‘yicha tashkil
etilgan voleybol musobaqalarida 0 ‘zbekistonning erkaklar jam oasi
birinchi o ‘rinni, ayollar jam oalari bahsida esa Q ozogiston sportchilari
yuqori natijaga erishishdi.
1944-yilda o ‘tkazilgan navbatdagi 0 'i t a Osiyo va Qozog'iston
Respublikasi Spartakiadasida o‘zbek voleybolchilari yuqori mahorat
namoyish etib, erkaklar va ayollar jam oalari birinchi o krinni egallashga
muyassar bo‘lishdi.
1945-yildan boshlab jism oniy tarbiya va sport hamda jam oalam i
qayta tiklash davri kuchga kira boshladi.
1946-yili Toshkent, Andijon, Sam arqandda shahar birinchiiiklari,
shu yil iyun oyida respublika birinchiligi o'tk azilg an bo‘isa, oktabrda
Toshkentning «Lokomotiv» jam oasi O dessa shahriga «mamlakat»
birinchiligida ishtirok etish uchun jo ‘nadi. M azkur musobaqada erkaklar
va ayollar jam oalari o ‘z guruhlarida to‘rtinchi va uchinchi o ‘rinlam i
egallashdi.
1947-yil 1-yanvarda berilgan hisobotlarga ko‘ra, voleybol bilan
muntazam shug‘ul!anuvchilaming soni 9278 kishini tashkil etgan.
Respublika bo‘yicha 1 razryadli voleybolchilar - 6 klshi, 2 razryadlilar
344 kishini o ‘z ichiga olgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, voleybolning
ommaviylik darajasi ham, voleybolchilam ing m ahorat saviyasi ham
ko‘ngildagidek boMmagan.
Jismoniy tarbiya va sport qo‘m itasining 1947-yilgi hisobotida bu
ahvol haqida Surxondaryo, Xorazm, B uxoro viloyatlaridagi sanoqli
sport inshootlarining, jum ladan, voleybol m aydonchalarining hech
qanday talablarga javob bermasligi qattiq tanqid ostiga olingan edi.
0 ‘zbekistonda voleybolning om m aviylik doirasi kengayishiga
respublikamizning 1948-yil 27-dekbrda qabul qilgan «Jismoniy tarbiya
va sportni aholi orasida rivojlantirish ham da sportning ommaviyligini
oshirish» haqidagi Qarori alohida kuch bag‘ishladi.
1949-yildan
qishloq
sportchilariga,
jum ladan,
kolxozchi-
voleybolchilar sport harakatini jadallashtirishga katta e ’tibor berildi. Shu
yili o‘tkazilgan qishloq sportchilarining VII Spartakiadasida ishtirok
etgan voleybol jam oalarining umumiy soni 29887 kishiga yetgan edi.
1947-yilda musobaqa qoidasiga o ‘yin 5 partiya davom etishi
haqidagi yangilik kiritilgandan so‘ng, shug ‘ullanuvchilardan katta
jismoniy tayyorgarlik, chidamkorlik va m atonat talab qilina boshladi.
0 ‘yinlar mazmuni va mohiyati yanada qiziqarli tom onga
0
‘zgara bordi.
Lekin shunday bo‘lsa-da, o ‘zbek voleybolchilarining mahorati hali
ittifoqdagi kuchli jam oalam ikidan ancha past edi.
Bulardan 1326 kishi institut talabalari bo‘lsa, qolganlari ishchilar,
kolxozchilar, xizm atchilarva bolalarni tashki! etgan edi.
1950-yillardan boshlab 0 ‘zbekiston voleybolida uzluksiz hujum
taktikasi ustunligi ko‘zga tashlana bordi. 0 ‘yinlarda turli taktik
kombinatsiyalar qo‘llana boshladi.
1950-yilning iyuüda Toshkent TemiryoMchilar bog‘ining sport
maydonchalarida erkaklar va ayollar jam oalari o ‘rtasida «Ittifoq»
Kubogi o‘yinlari o ‘tkazildi. 0 ‘zbek voleybolchilari bu musobaqada
m ag‘lubiyatga uchradilar. Bu m ag‘lubiyat asosli edi, chunki raqib
M oskvaning «D inam o» jam oasi edi. Hisob 0:3.
1951-yildan o 's m irla r o ‘rtasida «Ittifoq» birinchiligi o ‘tkazi!a
boshlandi. 0 ‘zbek o ‘sm iriari 14-o‘rin bilan kifoyalandilar.
1953-yilda m usobaqa jadvalida qishki m usobaqalar paydo bo ‘ldi.
1954-yildan boshlab voleybol bo‘yicha Ittifoq birinchiligi «A» va «B»
guruhlariga
bo‘lingan
holda
tashkil
etila
boshladi.
0 ‘zbek
voleybolchilari «B» guruhiga kiritildi. Shu yili «Ittifoq» musobaqalari
yopiq sport m aydonchalarida o'tkazila boshladi.
1954-yil 1-yanvarga kelib, voleybol bilan shug'ullanuvchilar soni
64942 kishiga k o ‘paydi. Lekin respublikada, viloyat, tuman va
qishloqlarda voleybolning mahorat darajasi ju d a past bo‘lib, yuqori
malakali voleyboichilar sanoqli edi.
1955-yilning sentabr oyida Toshkentda ilk bor 0 ‘zbekiston Davlat
jism oniy tarbiya instituti tashkil qilinib, uning tarkibida sport o ‘yinlari
kafedrasi faoliyat k o ‘rsata boshladi. 1955-yildan boshlab respublikamiz
voleybolchilari
«Ittifoq»
halqlari
Spartakiadasiga
tayyorgarlik
m ashg‘ulotlari va m usobaqalam i rejalashtirdilar.
C hunonchi, 1955-yiI yakunida Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi
taklifiga binoan T oshkentga Olma-Otaning erkaklar va ayollar jam oalari
tashrif buyurishdi. B irinchi o ‘yinda o'zbek ayollar jam oasi 3:0 hisobida
g ‘alaba qozongan b o ‘lsa, erkaklar jamoasi 2:3 hisobida mag‘lubiyatga
uchrashdi. Ikkinchi o ‘yinda ham ayollar (3:0), ham erkaklar (3:2)
jam oalari g ‘alaba nashidasini surishdi.
1956-yili (iy u l-av g u st) Moskvaning Lujniki sport majmuasida
«Ittifoq» halqlari Spartakiadasi ochildi. Spartakiadaning voleybol
m usobaqalarida respublikam iz erkaklar jam oasi 14 va ayollar jam oasi
13-o‘rinlar bilan kifoyalandilar.
0 ‘zbek voleybolchilari m azkur Spartakiadada yaxshi natijalarga
erisha olm aganlaridan so ‘ng,
1957-yildan boshlab «Ittifoqdosh»
respublikalar voleybol jam oalari bilan qator o ‘rtoqlik uchrashuvlari
uyushtirildi. Jum ladan, o ‘zbek voleybolchilari Boku, Tbilisi va Yerevan
jam oalari bilan kuch sinashib, barcha o ‘yinlarda mag‘lubiyatga
uchrashdi.
1958-yilda R espublikam izda maktablararo musobaqalar avj oldi.
Ayniqsa, bu d avrda Oliy o ‘quv yurtlari jam oalari o ‘rtasidagi
m usobaqalar q izg ‘in tus ola boshladi. SAGU va «Burevestnik» talabalari
ko‘ngilli sport jam iy ati jam oalari eng kuchlilar qatoridan jo y olishdi.
M aktab o ‘quvchilari orasida Toshkentning 64-m aktab o ‘sm irlar jamoasi
va 104-maktabning qizlar jam oasi mazmunli voleybol nam oyish qildüar.
1959-yilda
o ‘zbek
voleybolchilari
«Ittifoq»
halqlari
Spartakiadasida ishtirok etib, erkaklar 14-o‘rin, ayollar jam oasi esa 11-
o ‘rinni egalladi.
Shu yili, ya'ni 1959-yilda 0 ‘zbekiston D avlat jism oniy tarbiya
institut! o ‘zining birinchi bitiruvchilarini qutladi. U lar orasida voleybol
ixtisosligi bo‘yicha î 1 kishi oliy ma’lumotga sazovor b o ‘ldi (1 ta o ‘zbek
ayoli va 2 ta o ‘zbek yigiti voleybol bo‘yicha institutni tugatishgan edi).
1960-yilda «SKIF» voleybolchilari (erkaklar v a ayollar jamoasi)
yozgi respublika talabalar o ‘yinlarida eng yuqori natijalarga erishishdi.
Shu yili «SKIF» jam oalari X arkov shahrida o ‘tkazilgan «Ittifoq» yozgi
talabalar o ‘yinlarida qatnashib, erkaklar jam oasi 13-o‘rinni, ayollar
oxirgi 18-o‘rinni olishdi.
1961-yil
oktabr
oyida
Toshkentda
0 ‘zbekiston
ayollar
Spartakiadasi ochildi. Bu tadbir ayollar voleybolining ommaviyla-
shishida katta turtki boMdi.
1962-yilda
Toshkentda
M oskvaning
«Burevestnik»
ayollar
jam oasi, «SKIF» va 0 ‘zbekiston terma jam oalari uchrashuv o ‘tkazdi.
Bunda vakillarimiz g'alabani boy berishdi.
1963-yili «Ittifoq» xalqlari III Spartakiadasida Respublikamiz
erkaklar jam oasi 9, ayollar esa 15-o‘rinni egalladi.
0 ‘zbek voleyboli tarixida respublikamiz term a jam oalarining
halqaro musobaqalarda ishtirok etib kelishi alohida aham iyatga egadir.
Shuni ta’kidlash o ‘tinliki, o 'z b e k voleybolchilari o ‘zining ilk bor
halqaro uchrashuvini 1935-yil oktabr oyida Toshkentda Afg'oniston
terma jamoasi bilan
0
‘tkazgan. M azkur uchrashuv «Ittifoq» miqyosida
birinchi halqaro musobaqa bo‘lib o'rin olgan. Bu davrda halqaro
musobaqa qoidalari bir-biridan sezilarli darajada farq qilgan. Shuning
uchun Afg'oniston voleybolchilari bilan boMgan uchrashuv shu davlat
qoidalariga binoan o ‘tdi. Chunonchi, maydonchada 9 kishi o ‘zjoylarini
almashtirmasdan harakat qilishdi. Hisob 22 gacha davom etdi. 3
Do'stlaringiz bilan baham: |