L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Ikkinchi gurux uchun tarqatma material



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. 
Mehnat taqsimoti va pul 
to‘g‘risidagi ta’limot. Smit o‘z davri uchun mos ravishda manufakturani ishlab 
chiqarishning eng ilg‘or shakli deb baholaydi, uning tarixan o‘tkinchiligini 
tushunmaydi. A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g‘oya yotadiki, unga 
ko‘ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo‘ladi. 
A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat,qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish 
sohalari) boylikning asosi deb biladi. U kapitalistik ishlab chiqarishning manufaktura 
bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progress (taraqqiyot)ning muhim omili 
mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi. Birinchidan, mehnat taqsimoti tufayli 
ayrim ishchilarning chaqqonligi va mohirligi oshadi. Ikkinchidan, bir turdagi ishdan 
boshqasiga o‘tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi. Uchinchidan, mehnat 
taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug‘diradi, ya’ni takrorlanadigan 
jarayonlar mashina qo‘llashga qulaylik yaratadi. 


 
109 
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan (bir xil 
mehnat, toliqish…) Manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib 
kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi. Smit tovar 
dunyosida pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini 
ko‘rsatib berdi. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan 
alohida ta’kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy 
jarayenlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g‘ildiragi» deb baholaydi. 
A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettining nazariyasiga nisbatan ancha 
chuqur va to‘laroq ishlab chiqdi. A.Smit qiymatni daromad bilan ham 
tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va renta har qanday 
daromadning, xuddi shuningdek har qanday almashuv qiymatining dastlabki uch 
manbaidir.
Demak, Smit kapitalizmiga xos yana bir qiymat- daromad nazariyasini o‘ylab 
topdi, bu yerda daromad ish haqi darajasi, foyda, renta bilan aniqlanadi. qiymatni 
daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga qarama - 
qarshidir. 
Daromadlar to‘g‘risidagi ta’limot. A.Smit jamiyat a’zolarining ishlab chiqarish 
vositalariga bo‘lgan munosabatlariga ko‘ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, 
kapitalistlar va yer egalari. Har bir sinf o‘zining asosiy daromadini: ishchilar, ish 
hakini, kapitalistlar foydani, yer egalari esa rentani oladilar. Ular o‘rtasida 
nomuvofiqlik yo‘q. Ish haqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikri bo‘yicha 
mehnat mahsuloti bo‘lib, mehnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy takror 
ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi bilan 
yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. U oddiy takror ishlab chiqarishda 
«ish haqi» ishchining butun mehnat mahsulotiga teng.
Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va ishchi 
o‘rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan. Ammo ish 
hakining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining qiymatidan 
foydalangan, ish haqining miqdori to‘g‘risida gap borganda esa tirikchilik harajatlari 
qiymati hisobga olinishi kerak, deydi. Smit foyda normasi va protsent (foiz)ning past 
darajasini iqtisodiy rivojlanish va «Millatning ravnaqi» ko‘rsatkichi deb harakterladi, 
ammo foyda normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish