L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material. 
Fransiyada XVIII asrda 
fiziokratlar (lotincha «tabiat va xokimiyat») ta’limoti ham vujudga keldi.
Fiziokratlar maktabini shakllanishida feodal majburiyatlarning kuchayishi, 
dehqonlar ahvolini yomonlashuvi, qishloq xo‘jaligining tushkunligi, dehqonlar 
noroziliklarini kuchayishi va feodal munosabatlarga qarshi kurashi g‘oyasi o‘sgan bir 
davrda F.Kenening iqtisodiy qarashlari shakllandi. Fiziokratlar ta’limotining eng 
rivojlangan davri esa XVIII asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi. Fransua Kene 
(1694-1774) har tomonlama keng bilimli olim bo‘lib, Versal yaqinida kambag‘al 
dehqon oilasida dunyoga kelgan. U yoshligidan meditsinaga mehr qo‘yadi, qishloq 
jarroxidan dars oladi va meditsina amaliyoti unga shuhrat keltiradi, dvoryan unvoniga 
ega bo‘ldi va Versel saroyiga ko‘chib o‘tadi. U 50 yoshidan boshlab iqtisodiyot 
muammolari bilan bevosita shug‘ullana boshlaydi. 1758 yil uning asosiy va eng 
muhim asari «iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. Kene bu asarlarida fiziokratizm 
maktabi asoslarini yaratadi, uning nazariy va siyosiy dasturni ta’riflab beradiAgrar 
masalani xal etish fiziokratlarning asosiy vazifasi bo‘lib qoldi. Ular qishloq 


 
103 
xo‘jaligini mamlakat boyligini asosi deb tushundilar. 
Fiziokratlarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular merkantilistlardan farq 
qilib, o‘z tadqiqotlarini muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri 
ko‘chirdilar. Ammo fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo‘jaligi 
sohasi bilan cheklab qo‘yib yanglishdilar.
F.Kene iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosini stixiyali 
o‘zgarishni iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak-xohishiga bog‘liq bo‘lmagan 
tabiiy jarayon ekanligini to‘g‘ri ko‘rsata bildi. Ammo bu abadiy qonunlar deb 
yanglishdi: fiziokratlarning iqtisodiy ta’limotida «sof mahsulot» tushunchasi 
markaziy o‘rinni egallaydi. Ya’ni uning fikricha «sof mahsulot» faqatgina 
dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol qiymatlari faqat 
turli konbinatsiyalarda uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan 
mahsulotning shakli o‘zgaradi, lekin uning miqdori ko‘paymaydi shuning uchun «sof 
mahsulot» paydo bo‘lmaydi va boylik yaratilmaydi. Uning fikricha «sof mahsulot» 
miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog‘liq bo‘lib, bu chiqimlarga 
xom ashyo sarflari, materiallari va ish xaqi kiradi. 
Fiziokratlarning unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi ta’limoti «sof 
mahsulot» to‘g‘isidagi ta’limot bilan chambarchas bog‘liq uning davomi hisoblanadi. 
Kene «sof mahsulot» to‘g‘risidagi qarashlari oila jamiyatni uch sinfga: unumli 
sinf (fermerlar); yer egalari sinfi va «unumsiz» sinf (bu sinf sanoatchilar sinfi) deb 
ham aytiladi. Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo‘jaligi 
ishlari ham, fermerlar ham, ya’ni uningcha, «sof mahsulot» yaratuvchilarning 
hammasi kiradi. Yer egalari «sof mahsulot» yaratganligiga qaramasdan, shu bilan bu 
mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to‘lovi sifatida 
oladilar. «Samarasiz», «unumsiz» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa 
tarmoqlarda ishlaydi va «sof mahsulot» yaratmaydi deb hisoblaydi. 
Kene burjua jamiyatining asosiy sinflarini ko‘ra bilmadi. Yollanma ishchilar 
bilan kapitalistlarni birlashtirib yanglishdi. 
Fizokratlarning yana bir muhim xizmatlari shuki, ular burjua dunyoqarashi 
doirasida kapital tushunchasini taxlil etishgan. Dehqonchilikda qo‘llaniladigan 
kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo‘jaligi qurollari va inventarlar, mollar, 
urug‘liklar xodimlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kirishini to‘g‘ri 
tushuntiradi. Merkantilistlardan farqli ravishda pullarning o‘zi emas balki pulga 
olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital bo‘lib hisoblanadi, deydi. Ammo, 
kapitallarning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari 
sifatida kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan 
ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, tarixiy bo‘lmagan kategoriya deb 
ko‘rsatilgan.
F.Kene ta’limotida ishlab chiqarish chiqimlarini tadqiq qilish orqali kapitalning 
tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo‘ldi. Bunda kapitalning aylanish 
harakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang‘ich avans hisoblanib, unga 
qishloq xo‘jaligi inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarf harajatlar kiradi. 
yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug‘lik olish, qishloq xo‘jaligi 
ishchilari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi.



Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish