Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ta’limotlar.
Hozirgi davrda jaxonda 200 dan ortiq. davlat mavjud, ulyarning soni sobiq
SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bulinishi va boshqalar tufayli keskin
oshdi. Shundan 188 davlat BMT a’zosidir. Bu tashkilot tuzilganidan buyon (1945 yil
24 oktyabr) quyidagilar e’tirof etildi: BMT a’zolari soni 51 tadan 188 ga usdi, dunyo
axolisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6, 1 milliardga yetdi (usish 3, 5
milliard), yalpi milliy mahsulot 7 trillion AQSH dollaridan 30 trillion dollarga yetdi,
ya’ni 4 martadan ko‘proq usdi.
Uzaro iqtiodiy va savdo munosabatlarining nafi tufayli keyingi davrda ilgari
qoloq bo‘lgan davlatlarning ayrimlari olib borilgan to‘g‘ri iqgisodiy siyosat tufayli ri-
vojlanish, taraqqiyot yuliga kirib oldilar, ularning soni tobora oshib bormoqa.
Shu sababli bu sohada iqtisodiy ta’limotlarda ha yo‘nalishlar vujudga keldi. Hozirgi
davr iqgisodiyotchilari U.Rostou, R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar
kolonializmning ijobiy tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga «taraqqiyot» olib
borganligini burttirib ko‘rsatishga intulmoqdalar. Guyoki mustamlakalar ilg‘or
mamlakatlar yordamida uz mustaqilligini ta’minlashga erishganlar. Bu tuzum ilror va
qoloq mamlakatlarga birdek naf ketirgan deb hsoblaniladi. R.Emerson fikricha,
kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot yo‘lidan borishga imkoniyat yaratdi.
Farbda «Noiloj rivojlanish», «Tashqi turtki» nazariyalari keng tarqalgan
(R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga
uchrashi tabiiy, shu sababli ularning bu ahvoldan chiqishining yagona yo‘li «Tashqi
turtki his»
«Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi variantlari J.Vayner,
G.Xaberler, Ch.Kindleberger tomonidan har tomonlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya
tarafdorlarining fikricha, rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina
bulganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlariga ixtisoslashish
ma’qul, sanoatni rivojlatirishga hojat yuq, chunki an’anaviy eksport tovarlari
hisobiga xalqaro bozordan kerakli masulotlarni almashib olish mumkin. Bu fikrga
qqshilib bulmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi.
Ba’zi olimlar rivojlanayotgan mamlakatlarni «industrlashtirish» nazariyalarini
ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyerlarning fikricha, shaxsiy iste’molni
ixtiyoriy qisqartirib, iqgisodiyotni moliyalash uchun jamg‘armalar yetarli emas,
71
davlat soliq tizimi orqali iyete’molni majburiy yo‘l bilan qisqartirish kerak. Ayrim
hollarda «me’yordagi inflyatsiya»dan foydalanish taklif etiladi.
P.Rouzenshteyn-Rodan, U.Xiller, G.Meyerlar o‘tish davrida chet el
mamlakatlari (birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar)tomonidan iqtisodiy va
texnikaviy yordam zaruriy chora sifatida ko‘rsatiladi, undan keyin esa bu ishlar «xu-
susiy chet el investitsiyalari» bilan almashadi deb hisoblaydilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarni industrlashtirish strategiyasi buyicha ham turli
g‘oyalar mavjud. Ba’zilar (V.Lyuis, P.Bauer) faqat qishloq xujaligi sohasi bilan
yengil sanoatni ustun darajada rivojlantirishni taklif etadilar, boshqalar boshida
oddiyroq, keyinchalik texnika va texnologiyasi murakkab bulgan tarmoqlarga o‘tishni
lozim deb hisoblaydilar. Qishloq xqjaligini rivojlantirish industrializatsiyaning hal
qiluvchi sharti sifatida belgilanadi. Amerika IIhgisodchilari X.Leybenshteyn va
V.Ryutenlar qishloq xo‘jaligini texnik rekonstruksiyalashni eng muhim masala deb
hisoblaydi. Bu davrda sanoat qishloq xo‘jaligi uchun kerakli tovarlarni ishlab
chiqarishi kerakligini ta’kidlaydi.
Yana bir eng dolzarb masala bu demografiya muammosidir. Aholining asosiy qismi
tez ko‘payayotgan joylarda iqgisodiy usish sust kechmoqda.
Davlatning iqgisodiy rivojlanishdagi roli masalasi muhimdir, bu haqda
yuqorida fikr yuritilgan edi, ma’lumki, klassik va neoklassik ta’limot tarafdorlari dav-
latning ishtirokini imkoni boricha cheklashni taklif etsa, Keyns va keynschilar hamda
neokeynschilik davlatning roli faol bulishini targ‘ib etadi. Bu holatda ham ana
shunday ikki xil qarash xususiyatlidir.
Amerikalik
iqgisodchi
G.Kolm
fikricha,
kam
rivojlangan
davlatlarda
planlashtirishning maqsadi bozor jarayonini faollashtirishga qaratilishi kerak.
Iqgisodiy rivojlantirishni rejalashtirish (plan) xususiy sektorni qo‘llash bozor
xo‘jaligi defektlarini tugatish uchun kerak deyiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar
iqgisodiyotining g‘arb andozalari asosida olib borish ham taklif etiladi, bu tarixiy
jarayon asosida ruy berishi kerak U.Rostou uzining «Ikgisodiy usish bosqichlari»
nazariyasida shu qoidani isbotlashga urinadi.
Keyingi davrda BMT tomonidan «Insoniy rivojlanish» konsepsiyasi ilgari
surilmoqda. «Insoniy rivojlanish» konsepsiyasiga ko‘ra mamlakatlarning iqtisodiy
o‘sishi ular aholisining turmush farovonligi bilan belgilanadi. Bunda iqtisodiy
o‘sishni belgilashda qo‘yidagi xususiyatlar hisobga olinadi:
1.
Inson muammolari markaziy muammoga aylanishi.
2.
Insoniy rivojlanish ikki narsani o‘z ichiga oladi: birinchidan – yaxshi sog‘liq,
chuqur bilim, xunar kabi insoniy qobiliyatlar majmuasi, ikkinchidan – ish bilan
ta’minlanganlik, ishlab chiqarishfaoliyati, siyosiy faoliyat va dam olish.
3.
Iqtisodiy o‘sish odamlar boyitishga nisbatan o‘lchanishi kerak.
4.
insoniy rivojlanishda faqo‘at iqtisodiyotni emas, balki butun jamiyatni qamrab
oladi.
5.
Odamlar rivojlanishning maqsadi va erishish omili ekanligi tan olinishi.
Insoniy rivojlanish darajasi insoniy rivojlanish indeksi (INI) bilan o‘lchanadi. IRI
qo‘yidagi ucha sosni o‘z ichiga oladi:
1.
Umrboqiylik.
2.
Ta’lim.
72
3.
Yashash darajalari.
«Insoniy rivojlanish» konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan izchil
targ‘ib qilib kelinmoqda. Bu ezgu ishda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan «Insoniy
rivojlanish bo‘yicha hisobot»lar nashr qilinmoqda. O‘zbekiston Rrespublikasida
birinchi marta 1995yil, so‘ngra 2000 yilgi dastur e’lon qilindi. O‘zbekistonda ijtimoiy
rivojlanish konsepsiyasining asosini aynan inson va uning manfaatlaritashkil etadi.
O‘zbekiston xukumati islohatlarning insonlar hayoti farovonligiga salbiy ta’sirini
imkoni boricha kamaytirish maqsadida Yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga bosqichma –
bosqich o‘tish yo‘lini tanladi. Va bu yo‘lda bir qancha muvaffaqiyatlarga erishildi.
1997 yilda boshlab mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish kuzatildi. Ayniqsa so‘ngi
yillarda jamiyatning barcha sohalarida o‘sishga erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |