L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Fizokratizm ta’limoti. F.Kene – fiziokratlar ta’limotlarining asoschisi



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

Fizokratizm ta’limoti. F.Kene – fiziokratlar ta’limotlarining asoschisi. 
Fiziokratlar (lotincha – tabiat hukmronligi) – bu 18-asrdagi fransuz 
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlarning maktabi Fransiyada 
feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida vujudga keldi. Ular tadqiqotining asosi – 
qishloq xo‘jaligi ahvolini yaxshilashdan iborat bo‘lgan. Ular qishloq xo‘jaligini 
iqtisodiyotning yagona unumli soha deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat 
qishloq xo‘jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta 
taqsimlanadi. 
Bu ta’limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy, butun zanjirning ajralmas 
qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vakillari F.Kene, A. 
Tyurgo mamlakatdagi usha davr iqtisodiy holatini har tomonlama taxlil etib 
iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo‘yicha qimmatli fikrlarni berdilar. Ular 
fermerlarni ximoya qilgan xolda avvalo merkantilizmdan vos kechib, boylikning 
asosiy manbai mexnat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi 
asosida «unumli mexnat» , «sof mahsulot», kapital to‘g‘risidagi ta’limotlar ilgari 
surildi.
Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baholar, erkin raqobat davlatning 
iqtisodga kam aralashuvi «tabiiy xol» deb tan olindi. Ularning fikricha, qiymat 
iste’mol qiymati bo‘lib, xatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin etiladi. Shundan 
dexqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soxa deb 
qaraladi. Bunday noto‘g‘ri fikrning paydo bo‘lishi Fransiyaning o‘sha davrdagi 
axvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. 
Kapital tushunchaning kiritilishi va uning boshlang‘ish va yillik bo‘nak kabi ikki 
qismga bo‘linishi iqtisodiyot tarixida muxim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma 
kapital g‘oyalari ham kelib chiqadi.
Fransua Kene (1694-1774) – fiziokratlar maktabining asoschisidir
. U 
nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy dasturini 
ham shakllantirdi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo‘lib, tibbiyot va biologiyaga 


 
24 
oid ko‘pgina asarlar yaratdi. U iqtisodiyot muammolari Bilan 60 yoshidan boshlab 
bevosita shug‘ullana boshladi.
F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy 
maqolalari Chop etilgan. 1758 yilda uning asosiy asari – «Iqtisodiy jadval» nashrdan 
chiqdi.
F.Kenening o‘rganish metodi shundan iborat ediki, u, yuqori davlat 
hokimiyatini tabiiy tartib qonunlarini yaxshi biladigan, o‘qimishli bir shaxs qo‘lida 
bo‘lishini maqsadga muvofiq deb bilgan. Ya’ni, «yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan 
va yirik yer egalaridan tashkil topmasligi kerakligini uqtiradi. «Ular, deydi u, birga 
qo‘shilib qonunning o‘zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etadi, millatni qul qiladi, 
adolatsizlikni keltirib chiqaradi, yirtqichlarga zulm o‘tkazadi va o‘taketgan 
beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin». 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish