L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Valyuta munosabatlari taxlili



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

Valyuta munosabatlari taxlili.
Iqgisodchi olimlar xalqaro valyuta 
munosabatlariga alohida z’tibor beradilar. Valyuta bozorida milliy valyuta chet zl 
valyutasiga almashtiriladi. Almashuv (valyuta) kursi- bu chet el valyutasi birligining 
milliy puldagi ifodasidir.
30-yillargacha tulov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda D.Yum, 
J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya ustun mavqega ega bulgan. Bu 
g‘oyaga ko‘ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi baholarning 
uzgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog‘liq, oqibatda barcha mamlakatlarning 
tulov balansi barqarorlikka intilish tendensiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi 
bilan olimlarning ko‘pchiligi neokeynschilik pozitsiyalariga o‘tib oldilar «Oltin 
standarti» XIX asrda va XX asrning ma’lum davrida amalda bulgan, masalan, Buyuk 
Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQShda 1934 yil 
dollarni oltinga aylantirish tugatildi). Yangi sharoitda tulov balansini tartibga solishda 
asosiy z’tibor davlatning hisob stavkasiga ta’siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa 
tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va zksportni rag‘batlantirish, 
buning uchun esa mehnatkashlarning ichki tulov imkoniyatlari talabini pasaytirish 
(deflyatsiya yuli) yoki milliy valyutani devalvatsiya qilish usuli taklif etiladi.
60-yillardagi iqisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz kechishga sabab 
buldi, yana neoklassik yulga qaytildi, ya’ni davlatning iqgisodiy, shu jumladan 
valyuta ishlariga aralashuvi cheklandi, valyutalar kursining erkin tebranishiga imkon 
berildi, bu esa o‘z navbatida avtomatik barqarorlashuviga olib kelishi kerak zdi. 
Ammo valyuta kursi o‘zgarib turishining tulov balansiga ta’siri cheklangan harak-
terga ega bo‘ladi (masalan, valyutaning «suzib yuruvchi kursi» paytida bu narsa aniq 
bulib qoldi), chunki tulov balansining barqaror emasligi muomala sohasiga emas, 
balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq. Tulov balanslari passivi davlatning chet 
eldagi harajatlariga, ayniqsa turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog‘liq bo‘ladi. Valyuta 
kursining qalqib turishining uzi ham xalqaro valyuta tizimining beqarorligini kuchay-
tiradi. Sunggi yigirma yil ichida industrial rivojlangan mamlakatlar chegaralangan
ammo har xolda tartibga solinadigan kursdan elastik valyuta kursiga o‘tib oldilar. 


 
70 
Absolyut elastik valyuta kursida almashuv kursi valyuta bozoridagi teng kuchli 
valyuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chog‘ida esa valyuta kursi Markaziy 
bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs buyicha xorijiy valyutani 
harqancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o‘ziga oladi.
Valyutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog‘liq.
1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda ichki baholarning 
o‘sishi valyuta kursining pasayishiga olib keladi (harid qilish qobiliyati pariteti 
nazariyasi);
2. Savdo oqimi bilan bog‘liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki 
yuqotilishi, defitsit, ya’ni valyuta arzonlashuvini keltirib chiqarish.
3. Kapital oqib o‘tishi. Mamlakat ichida faiz stavkalarining oshishi kapitalni jalb 
etadi va bu bilan milliy valyutaning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish