25
Takror ishlab chiqarish nazariyasi.
Iqtisodiy ta’limotlar rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval»
asari juda kata rol uynadi. Bu asarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni, takror
(uzliksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi birinchi
marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi.. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi
beriladi va tayor mahsulotning aylanish tamoyillari ko‘rsatiladi, bu o‘sha davr uchun
katta kashfiyet edi. F.Kene jamiyatdagi uchta sotsial guruh – ya’ni fermerlar (unumli
sinf), mulkdorlar (yer egalari), sanoatchilar (unumsiz sinf)- o‘rtasida mahsulot va
pulning ayirboshlanish jarayonini ko‘rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonini
tahlil etishda baholarning o‘zgarmasligi asos qilib olinadi. Bunda almashuv
ekvivalentlik tamoyili asosida ro‘y berayapti, deb faraz qilinadi. Bu jarayon tashqi
bozor ta’sirisiz, ya’ni faqat ichki bozor sharoitida yuz berayapti, deb qaraladi.
Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo‘lishi zarurligi qayd
etiladi, ma’lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muxim. F.Kenening takror ishlab
chiqarish nazariyasida jamiyatni sinflarga bo‘lishi kamchiligi bo‘lsa, milliy
iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada tahlil qilishi bo‘lajak iqtisodiy modellar uchun
kurtak vazifasini bajaradi.
A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti.
F.Kene g‘oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781)tomonidan davom ettirildi
va chuqurlashtirildi. Ammo u o‘zini F.Kene shogirdi yoki davomchisi deb
hisoblamagan. U Parijda dvoryanlar oilasida tug‘ildi.
Olim va davlat arbobi A. Tyurgoning iqtisodiy g‘oyalari ancha mukammal
bo‘lib o‘sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyatdagi jarayonlarni ancha izchil tahlil etadi
va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligini e’tirof etiladi. Bu xulosa
to‘g‘ri xulosadir. A. Tyurgo sanoat va xizmat soxalariga ijobiy yondashadi. U kapital
va qo‘shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal etadi, sanoat,
ssuda va kapital xaqida fikr yuritadi. Lekin oxir oqibatda fizokratizm qobig‘idan
chiqa olmaydi, qo‘shimcha mahsulotning asosiy mahsulotining asosiy shakli yana
yerga, yer rentasiga qaytadi.
A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-1770
yillarda chop etilgan) «Boylikning paydo bo‘lishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi
mulohazalar» asarida nisbatan to‘la yoritilgan.
U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi,
feodalizmni islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga (F.Kene
fikri) ishonmadi.
1774 yili qirol Lyudovik 16-chi A.Tyurgoni moliya bosh nazoratchisi
lavozimiga tayinladi. Bu lavozimda 2 yilga yaqin ishlagan A.Tyurgo mamlakat
iqtisodiyotini har tomonlama erkinlashtirish uchun imkoniyat yaratib beruvchi bir
qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Masalan,
mamlakat ichkarisida donning erkin savdosini tashkil etilishi, natural yer
majburiyatini pulli yer solig‘i bilan almashtirilishi, sanoat sohasida tadbirklorlikning
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hunarmandchilik birlashmalarining bekor qilinishi
shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: