To’garak chuvalchanglar tipi.
1.To’garak chuvalchanglarnjng tanasining ko’ndalang kesimi qanday shaklda?------ To’garak shaklda.
2.Ichki organlari qayerda joylashgan?----- Tana bo’shlig’ida.
3.To’garak chuvalchanglar qayerlarda hayot kechiradi?------ Chuchuk suv va tuproqda.
4.To’garak chuvalchanglar nimalarda parazitlik qiladi?------Odam, hayvon,o’simlik.
5.Odam askaridasi qayerda parazitlik qiladi?----- Odamning ingichka ichagida.
6.Tanasi qanday shaklda?-------Duksimon.
7.Urg’ochi va erkagining uzunligi qancha?------ 20-40 sm va 15-52sm
8.Tanasi tashqi tomondan nima b-n qoplangan?------ Pishiq va qalin kutikula.
9.Hazm qilish sistemasi nima o’xshaydi?----- Ikki uchi ochiq nayga.
10.Hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?------Og’iz—halqum—qizilo’ngach—o’rta ichak—keyingi ichak—orqa chiqaruv teshigi.
11.Askaridaning og’iz teshigi nima b-n o’ralgan?----- Uchta lab b-n.
12.Askaridaning jinsiy sistemasini nimaga o’xshatish mumkin?-----Bir uchi berk ingichka naychaga.
13.Jinsiy sitemasi tana bo’shlig’ida qanday joylashgan?------Buralib.
14.Askarida bir kecha kunduzda nechtagacha tuxum qo’yadi?----- 240000 ta
15.Askaridaning nam joyga tushgan tuxumlaridan nima chiqadi?------Lichinka.
16.Askarida odamga nima orqali yuqadi?----- Iflos qo’l va yaxshi yuvilmagan sabzavotlar orqali.
17.Askarida b-n zararlangan odamda nima kuzatiladi?-----Kishi ozib ketadi,rangi siniq bo’ladi,qorni muntazam og’riydi.
18.Ichakdagi askarida nima yordamida tozalanadi?------Maxsus dorilar.
19.Askaridani yuqturmaslik u-n nima qilinadi?------Sabzavot,meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish,gigena qoidalariga amal qilish kerak.
20.To’garak chuvalchanglarni yassi chuvalchanglardan asosiy farqi?-----Tana bo’shlig’ va anal teshigini rivojlanganligi.
21.To’garak chuvalchanglar qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan?----- Yassi chuvalchanglardan.
22.To’garak chuvalchanglarning nechta turi bor?-----12000
Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi.
1.Exinakok qaysi chuvalchanglar tipi va sinfiga mansub?------- Yassi,tasmasimon.
2.Exinakokning kattaligi?------0,3-0,3 mm
3.Exinakok nimalarda parazitlik qiladi?------It,bo’ri,tulki.
4.Exinakokning tana bo’g’imlar soni?-----5-6 ta
5.Exinakok tuxumlari yem-xashak orqali qaysi hayvonlarga yuqadi?-------Qoramol,ot,qo’y,tuya.
6.Exinakokning finnasi hayvonlarning tanasining qaysi qismida hosil bo’ladi?------ O’pka,jigar.
7.Exinakok finnasining kattaligi?------Chaqaloq boshidek.
8.Exinakokning oraliq xo’jayni nima hisoblanadi?-----Odam va o’txo’r hayvonlar.
9.Exinakokning asosiy xo’jayni nima hisoblanadi?------It va yirtqichlar.
10.Cho’chaqa tasmasimon chuvalchangi qaysi chuvalchanga o’xshaydi?------Qoramol tasmasimon chuvalchangiga.
11.Cho’chqa tas chuval.voyaga yetgan davrida nimalarda parazitlik qiladi?----- Odamning ichagida.
12.Lichinkasi qayerda parazitlik qiladi?------ Cho’chqada.
13.Cho’chqa tas chuval odamga qanday yuqadi?------ Cho’chqa go’shtini yaxshi pishirmasdan iste’mol qilish natijasida.
14.Bolalar gijjasining kattaligi va rangi?-----5-10 mm,oqish.
15.Bolalar gijjasi ruxumlarini qayerga qo’yadi?------Odamning orqa chiqaruv teshigi atrofiga.
16.Gijja tuxumlari odamga qanday yuqadi?-----Kasal odamning kiyimi,to’shagi orqali.
17.Bo’rtma nematodasi o’simlikning qaysi qismida parazitlik qiladi?------Ildizida.
18.Nematoda qaysi o’simliklarga ziyon yetkazadi?------G’o’za,pomidor,qovun,kartoshka,kanop,bodring.
19.Qaysi chuvalchang lichinkalik davrida ham ko’payish xususiyatiga ega?-----Exinakok,jigar qurti
20.Tasmasimon chuvalchanglardan qanday saqlanadi?-----Go’shtni yaxshi pishirib iste’mol qilish .
21.Jigar qurtidan qanday saqlanadi?------Ko’lmak suvlarni ichmaslik,ko’katlarni yaxshi yuvish kerak.
22.Askarida va bolalar gijjasidan qanday saqlanadi?------Qo’lni,mevani,sabzavot,poliz ekinlarini yaxshi yuvish kerak.
23.Parazit chuvalchnaglarni qaysi fan o’rganadi?------Gelmintalogiya.
24.Parazit chuvalchanglarga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqqan olim?-----K.I.Skryabin.
25.O’simlik gelmintlarini o’rgangan olim?----A.T.To’laganov.
26.Hayvon gelmintlarini o’rgangan olimlar?------M.ASultonov,J.AAzimov,E.X.Ergashev.
27.Parazit chuvalchanglarni qancha turi bor?------20000
Do'stlaringiz bilan baham: |