L. Mijozning kreditga layoqatliligi tushunchasi


Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinfl arga ajratish



Download 54,15 Kb.
bet6/8
Sana24.06.2022
Hajmi54,15 Kb.
#700041
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinfl arga ajratish



Ko‘rsatkichlar

I sinf

II sinf

III sinf

1.

Qoplash koeffi tsiyenti (Kq)

Kq≥2,0

2,0≥Kq≥l,0

l,0≥Kq

2.

Likvidlilik koeffi tsiyenti (Kl)

K1≥1,5

1,5≥K1≥1,0

1,0≥K1

3.

Muxtorlik koeffi tsiyenti (Km)

Km≥60 %

60 % ≥Km≥30 %

30 % ≥Km

Kreditga layoqatli har bir sinfdagi korxonalar bilan banklar har xil kredit munosabatlari tuza oladilar. 1-sinfga mansub qarz oluvc hilarga bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob raqami bo‘yicha kredit berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foiz larda ishonchli kreditlar berishi, kreditlar bo‘yicha ta’minganlik talab qilinmasligi mumkin.
2-sinfga mansub qarz oluvchiga esa umumiy asoslarda va odatdagi tartibda, ya’ni majburiyatni muvofi q shaklda ta’m inlanishi (kafolat, garov, kafi llik) sharoitida kredit beriladi, agar uning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ijobiy holda bo‘lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mumkin, ammo ishonchli kred itlar berilmaydi. Agar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kamchiliklar bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‘rishni talab qi lish, kre dit bo‘yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarini oshirish, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‘rish mumkin.
Bank uchun 3-sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ular kamdan kam hollarda yuqori turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‘ygan holatda eng yuqori foizlarda kreditlanadilar.
Agarda tahlil bo‘yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koeffi tsiyenti 0,5 dan (kk<0,5) kichik bo‘lsa, likvid mablag‘lari juda kam bo‘lsa yoki umuman mavjud bo‘lmasa, uning o‘z mablag‘lari miqdori ham kam bo‘lsa, u nolikvid balansga ega bo‘lgan, moliyaviy holati nochor korxona deb qaraladi va uni ‘-sinfga kiritish mumkin. Bunday korxonlarga odatda umuman kredit ajratilmaydi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning muhim bir xususiyati shundaki, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar korxonaning kreditga layoqatliligini baholashning yakuniy ko‘rsatkichlari hisoblanmaydi. Mijozlar faoliyati va ularning moliyaviy ahvolini yanada chuqurroq ko‘rib chiqishda, hamda kreditga layoqatliligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mijoz turli xil sinfl arga taalluqli bo‘lib chiqsa, u holda moliyaviy ahvoli haqida to‘g‘ri xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilik darajasini baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini tahlil qilish lozim
bo‘ladi.
. Kreditga layoqatlilikni baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning moliyaviy holatini baholashda aniq bir xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilikn ing asosiy ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha sifatida kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari tah lil qilinadi. Korxona kreditga layoqatliligining qo‘shimcha ko‘rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Ma’lumki, qisqa muddatli kreditlar xo‘jalik subyektlarining aylanma aktivlariga beriladi. Shuning uchun mijozning kreditni o‘z vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo‘jalik subyektlari aylanma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan bo‘lsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, kreditdan foydalanish samarasi va uni o‘z vaqtida bankka to‘lash imkoniyati ham shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. Biz aylanma mablag‘larning samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida oldingi paragrafl arimizda kengroq to‘xtalgan edik. Shu bois biz qisqacha bo‘lsa-da kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini keltirib o‘tmoqchimiz. Bu ko‘rsatkichlardan biri aylanma aktivlarning aylanish koeffi tsiyenti hisoblanadi.
Aylanma mablag‘larning aylanishi koeffi tsiyenti (Kl) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga qo‘yilgan mablag‘larning pul mablag‘lariga aylanish tezligini tavsifl ab, u ma’lum davr (oy, kvartal, yil) ichida aylanma mablag‘lari necha marta aylanganligini ifodalaydi:
realizatsiya qilingan mahsulot hajmi
Kob = .
aylanma mablag’larning o’rtacha xronologik qoldig’i
Kob.ni hisoblash aylanishni prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga imkon yaratadi. Aylanma aktivlarning aylanishi koeffi tsiyenti aylanma aktivlarning harakati tezligini ifodalaydi va tahlil qilinayotgan davrda mahsulotni sotishdan tushumlarning cheklanishi hamda aylanma aktivlarning o‘rtacha qiymatini hisoblab borishga imkon yaratadi.
Shuningdek, aylanma aktivlarning kunlarda aylanishini ham hisoblash mumkin. Bu ko‘rsatkich korxona aylanma mablag‘larining bir marta aylanishi (P-T-I/Ch-T-P) uchun necha kun ketishini ko‘rsatadi.
A = k (Aylanma mablag’larining o’rtacha qoldig’i × 360 kun aylanishi).
realizatsiya hajmi
Aylanma aktivlar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to‘lashi shuncha tez amalga oshiriladi.

Download 54,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish