4. Ichki valuta bozorida xorijiy valutani sotish va sotib olish tartibi
O‘zbekiston Respublikasida chet el valutasida ichki valuta bozorida operatsiyalar valuta operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan banklar orqali amalga oshiriladi.
Valuta litsenziyasiga ega bo‘lgan banklar chet el valutasini sotish va sotib olish huquqiga egalar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2000-yil 11-avgustda qabul qilingan „Ochiq valuta pozitsiyasini yuritish“ qoidasida ochiq valuta pozitsiyasi uchun quyidagi limitlar o‘rnatilgan:
ixtiyoriy valutada ochiq valuta pozitsiyasi limiti har bir ope-ratsion kun oxirida valutali banklarda o‘z mablag‘ining 50 %idan oshmasligi va bankning umumiy ochiq valuta pozitsiyasining limiti har operatsion kunning oxirida uning o‘z mablag‘larining 20 %idan oshmasligi lozim;
summar ochiq valuta pozitsiyasi uzun valuta pozitsiyasi ko‘ri-nishida o‘rnatiladi. Valutani sotish va sotib olishda bank faqat ochiq valuta pozitsiyasidan foydalanmaydi. Kunora banklarda umumiy valuta pozitsiyasi „Nostro“ schoti bo‘yicha olib boriladi. Agar to‘lovlar kirim bilan qo‘shilib ketsa, bir hisobdan boshqa hisobvarag‘i mablag‘larini o‘tkazishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, bunda bank kunora ochiq maxsus hisobvarag‘i bo‘yicha tekshirish o‘tkazadi.
Chet el valutasini sotish va sotib olishda bank valuta pozitsiyasi limitiga rioya qilishi kerak. Bank valuta operatsiyalarini bajarganda valuta zaxiralarining bir qismini sarfl aydi. Bunda bankning xorijiy valutalar bo‘yicha majburiyati va talablari orasidagi nisbat o‘zgaradi. Bankning xorijiy valutalarni sotish va sotib olish jarayonidagi valutalar bo‘yicha talab va majburiyatlari nisbati holati banklarning valutaviy holati deyiladi. Valutaviy holat ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin.
Xohlagan bir valuta bo‘yicha ochiq valuta pozitsiyasi deganda bankning shu xorijiy valuta bo‘yicha aktivlarining majburiyatlaridan oshgan summasi tushuniladi va u uzun valuta pozitsiyasi deb yuritiladi. Aksincha, shu valuta bo‘yicha majburiyatlar aktivlardan oshsa, ya’ni xorijiy valutani sotish uni sotib olishdan yuqori bo‘lsa valuta pozitsiyasi qisqa bo‘ladi.
Agar valuta bo‘yicha talablar va majburiyatlar teng bo‘lsa valuta pozitsiyasi yopiq bo‘ladi.
Valuta pozitsiyasining umumiy summar holati (summasi) deganda barcha valutalar bo‘yicha uzun (qisqa) pozitsiyalar umumiy summasi tushuniladi.
Agar bank operatsion kun davomida valuta operatsiyalarini olib borishda ochiq valuta pozitsiyasi bo‘yicha qo‘yilgan limitdan ortiq operatsiya amalga oshirgan, ya’ni valutani ko‘p sotib olgan bo‘lsa, u holda valuta pozitsiyasi ortiq sotib olingan valutani sotib yubor ish yo‘li bilan balanslashtirib yopiladi.
Vakolatli banklar ochiq valuta pozitsiyasi limitiga hisoblangan foizlar, ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar va boshqa moddiy qiymatliklarni sotish yoki sotib olish bilan bog‘liq valuta operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Vakolatli banklar o‘zlarining joylaridagi fi liallari uchun ochiq valuta pozitsiyasining chegarasini mustaqil belgilashlari mumkin. Lekin fi liallar bo‘yicha belgilangan ochiq valuta pozitsiyasining yig‘indisi bank bo‘yicha uning o‘z mablag‘larining 20 %idan oshmasligi lozim.
Vakolatli banklar har oyda oyning uchinchi kunigacha Markaziy Bankka o‘zlarining ochiq pozitsiyalari va unga rioya qilinganligi to‘g‘risida hisobot berishlari lozim. Hisobot quyidagi shaklda tuziladi:
Ochiq valuta pozitsiyasi limitini hisoblash.
Aytaylik tijorat bankining o‘z mablag‘lari miqdori 50000 ming so‘m bo‘lsin. Bank xorijiy valutalar bo‘yicha quyidagicha pozitsiyaga ega (nominal bo‘yicha ming1):
13-jadval
Valutalar
|
Sotish-sotib olish operatsiyalari
|
Muddatli operatsiyalar
|
Umumiy (summar)
pozitsiya
|
uzun
|
qisqa
|
uzun
|
qisqa
|
uzun
|
qisqa
|
AQSH dollari
|
80
|
|
|
–100
|
|
–20
|
Yevro
|
40
|
|
|
–10
|
30
|
|
Daniya kronasi
|
|
–30
|
|
90
|
60
|
|
Avstraliya dollari
|
10
|
|
–
|
|
10
|
|
Islandiya kronasi
|
–200
|
|
40
|
|
–160
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 2010yil 24-avgustda xorijiy valutalar bo‘yicha quyidagi kurslar belgilangan:
AQSH dollari
|
1613,01
|
Yevro
|
2067,01
|
Avstraliya dollari
|
1437,35
|
Kanada dollari
|
1539,28
|
Shveysariya franki
|
1561,03
|
Tijorat bankining xorijiy valutalar bo‘yicha pozitsiyalari (ming so‘mda):
Do'stlaringiz bilan baham: |