Kvant sonlar
Saad Lamjarred
Kvant sonlar — atom yadrosi, atom,
molekulalar va boshqa kvant sistemalar,
shuningdek, elementar zarralar, gipotetik
zarralar, kvarklar va glyuonlarning
energetik holatlari va fizik xossalarini
ifodalovchi butun yoki yarim butun
sonlar. Kvant sonlar tushunchasi fizikaga
dastlab atom spektrini oʻrganishda
kiritilgan. Atomdagi bogʻlangan
elektronlarning holatlari 4 kvant sonlar
bilan ifodalanadi; elektronning yadrodan
oʻrtacha uzoqligini ifodalaydigan bosh
kvant sonlar, (p); elektronni yadro atrofida
aylantiruvchi harakat miqdori momentini
ifodalaydigan orbital kvant sonlar (1);
tashqi magnit maydoni mavjud boʻlganda
elektron orbitalarining mumkin boʻlgan
yoʻnalishlarini aniqlaydigan magnit kvant
sonlar, (t) elektronning xususiy harakat
miqdori momentini ifodalaydigan sp in
kvant sonlar hisoblanadi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar