«Kim chaqirdi»
Maqsad: Bu o‘yin orqali bolalarning eshitish sezgisini va idrokini rivojlantirish. Ishning borishi: Bolalar doira shaklida o‘tiradilar, bolalardan birortasi ko‘zini yumib yoki orqasini o‘girib turadi, o‘quvchilardan birortasi shu o‘quvchining nomini aytib chaqiradi.Ko‘zini yumib turgan bola qaysi bola uni chaqirganini topa olishi kerak.
«Kimning qo‘lida nima bor?»
Maqsad: O‘quvchilarning sezgi, idrokini rivojlantirish.
Ishning borishi: Psixolog bolalarning doira bo‘lib, qo‘llarini orqalariga qilib turishlarini taklif etadi va qo‘llariga olma, behi, sabzi, nok qo‘yadi. Kimda olma bo‘lsa, meni oldimga yugurib kelsin deydi.
Shu tariqa biror bir mevaning nomi aytilganda, bolalar birin – ketin psixolog yoniga keladilar, o‘yin shu tarzda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |