«O‘xshashini olib kel»
Maqsad: O‘quvchilarning esda saqlash xotirasini o‘stirish.
Ishning borishi: Turli o‘yinchoq va buyumlarning tasvirlangan rasmlari o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘qituvchi yoki psixolog tomonidan o‘yinchoq yoki biror buyum tasvirlangan rasm bir-ikki sekund ichida ko‘rsatilib olib qo‘yiladi.
O‘quvchi ko‘rsatilgan rasmni xotirasida saqlab, stol ustida qo‘yilgan rasmlar orasidan topib ko‘rsatishi kerak.
«Bu qanday hayvon?»
Maqsad: O‘quvchilar xotirasini rivojlantirish.
Ishning borishi: O‘qituvchi o‘quvchilarga echki, buzoq, qo‘y, bo‘taloq, ot, ho‘kiz rasmlarini tarqatib chiqadi.O‘qituvchi hayvonlarning ovoziga taqlid qilib, ovoz chiqaradi, o‘quvchilar esa, eshitilgan ovozni tanib, shu hayvon tasvirlangan rasmni ko‘taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |